×

AQSh Montana State University: Bakalavr bosqichi uchun 15 000 AQSh dollargacha grant!


Grant

MUHLAT

15.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

821 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Montana shtatida joylashgan  Montana State University 2021-yilning bahorgi (yanvar oyida boshlanadigan) kurslari uchun Office of International Programs Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning bakalavr kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant uch yilgacha beriladi. Grantga nomzod talabaning SAT yoki ACT imtihonlari boʻyicha baholari yuqori boʻlishi talab etiladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Montana State University bakalavr yoʻnalishlarida kontrakt toʻlovi bir oʻquv yili uchun taxminan 27 400 USD.

Grant yutib olgan nomzodlarga 3 yilgacha muddatga kontrakt pulini qisman qoplash uchun 3 000 dan 15 000 USDgacha mablagʻ beriladi. Grant muddatini har yiliga uzaytirish ushun oʻzlashtirish koʻrsatkichi a’lo darajada boʻlishi talab qilinadi. Ya’ni, GPA kamida 4,0 dan 3,0 boʻlishi kerak.

Dastur grant yutib olgan nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni nomzodning oʻzi toʻlashi lozim boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod universitetning kunduzgi (full-time) bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod SAT yoki ACT boʻyicha yuqori ballga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6.0 yoki TOEFL kamida 71 ball boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning barcha bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Oʻqishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlarning hammasi grantga da’vogar hisoblanadi. Shuning uchun grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi.

Oʻqishga va grantga hujjat topshirish muhlatlari farq qiladi. Ayni vaqtda bahorgi (yanvar oyi boshida boshlanadigan) semestr uchun ariza berish mumkin. Dedlayn o’qish uchun 2020-yil 15-noyabr, grant uchun 15-oktabr.

Hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Avval shu yerda qay tartibda hujjat topshirish haqida oʻqib chiqing.
  • Dastlab shu yerda onlayn tarzda ariza toʻldiriladi. Arizani qogʻoz variantda topshirish uchun esa, International Undergraduate Application Formdan yuklab olib, chop etish mumkin.
  • Onlayn ariza uchun 38 USD, qogʻoz variantda ariza berish uchun 30 USD badal toʻlash kerak. Pulni shu yerda toʻlash mumkin. Badal toʻlanmaguncha ariza koʻib chiqilmaydi.
  • Til sertifikatini topshirish. IELTS kamida 6.0 yoki TOEFL kamida 71 ball boʻlishi kerak.
  • Attestat/kollej diplomi va diplom ilovasini topshirish.
  • Shu yerga ACT sertifikati yuklanadi. Kod: 2420.
  • Shu yerga SAT sertifikati yuklanadi. Kоd: 4488.

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Attestat/diplom va diplom ilovasi nusxasi. Talabga koʻra baholar kamida 75% ijobiy boʻlishi kerak.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 6.0/TOEFL 71 ball yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
  • ACT/SAT sertifikati.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma talab qilinishi mumkin.
  • Esse yoki motivatsion xat soʻralishi mumkin.

Qaysi kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab boshqa hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini batafsil oʻrganib chiqing.

Norasmiy hujjatlarni globalstudy@montana.edu manziliga, rasmiy hujjatlarni esa pochta orqali quyidagi manzilga joʻnatish kerak:

Office of International Programs

Attn: International Admissions

PO Box 172260

183 Strand Union Building

Bozeman, MT 59717 USA

Nomzodlar grantga ACT va SAT imtihoni baholari, yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichi va aʼlo baholari kabi mezonlar asosida saralanadilar.

Ma’lumot uchun: globalstudy@montana.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!