×

AQSh: Mukofot jamg’armasi 3 000 AQSh dollari bo’lgan fototanlov


Grant

MUHLAT

07.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2821 marta

Florida shtatining Sarasota shahrida joylashgan Embracing Our Differences notijorat tashkiloti o’zining navbatdagi Embracing Our Differences Exhibition Competition tanloviga taklif etmoqda. Tanlovda barcha havaskor va professional rassomlar, talabalar, shu sohaga qiziquvchi ijodkorlar yoshi, irqi va millatidan qat’iy nazar ishtirok etishlari mumkin. Dastur g’oliblarini aniqlash uchun saralash bosqichida eng yaxshi deb topilgan 50 ta ijodiy ish tanlab olinadi va Sarasotaning Bayfront Park bog’ida namoyish etiladi. Tanlov yakunida qatnashchilar uch nominatsiya bo’yicha taqdirlanadilar.

Grant kimlar uchun?

Barcha rassomlar, havaskorlar va boshqa ijodkor shaxslar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantning manfaatli jihatlari

Tanlovda ishtirokchilar quyidagi uch nominatsiya bo’yicha taqdirlanadilar va ularning har biriga 1 000 AQSh dollari miqdoridagi  jami 3 000 AQSh dollari mukofot beriladi:

  1. “Best-in-Show Adult”
  2. “Best-in-Show Student”
  3. “People’s Choice”

Birinchi va ikkinchi nominatsiya g’oliblari hakamlar hay’ati va mutaxassislar tomonidan, uchinchi nominatsiya g’olibi esa ko’rgazmaga tashrif buyurgan mehmonlar fikriga ko’ra aniqlanadi.

Talablar:

  1. Nozod dunyoning istalgan mamlakatidan bo’lishi mumkin.
  2. Tanlovda barcha havaskor va professional rassomlar, talabalar, shu sohaga qiziquvchi ijodkorlar yoshi, irqi va millatidan qat’iy nazar ishtirok etishlari mumkin.
  3. Nomzodlar o’z ishlarini onlayn va pochta orqali yuborishlari mumkin.
  4. 13 yoshdan kichik bo’lgan nomzodlar ishlarini faqat pochta orqali yuborishlari mumkin.
  5. Ijodiy ishga qo’shimcha ravishda uning sarlavhasi va rasmni izohlovchi 200 so’zdan iborat matn ham yozilishi kerak.
  6. Tanlovda bir nomzod bir necha ishi bilan qatnashishi mumkin.
  7. Muallif avval boshqa tanlovlarda qatnashgan rasmlarini ham tanlovga yuborishi mumkin. Ammo, yangi va tanlov mavzulari doirasidagi ijodiy ishlarga ustunlik beriladi (tanlov mavzulari bilan bu yerda tanishing).

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzod ijodiy ishining elektron nushasini (taken picture or scan) 2020-yil 7-oktabrga qadar tanlovga onlayn taqdim etishi yoki quyidagi manzilga pochta orqali (CD diskda) yuborishlari mumkin:

Embracing Our Differences, P.O.
Box 2559, Sarasota,
FL 34230-2559
USA

 Har bir ish sarlavha, rasm va uning mazmunini oshib beruvchi 200 so’zdan iborat izohdan tashkil topgan bo’lishi talab etiladi. Bir nomzod bir vaqtning o’zida bir nechta ishi bilan tanlovda qatnashishi mumkin. Buning uchun ishtirokchidan har bir ish uchun alohida ariza to’ldirishi talab etiladi. Onlayn arizalar faqat 13 yoshdan katta ishtirokchilar uchun bo’lib, undan kichik nomzodlar ishlarini faqat pochta orqali yuborishlari mumkin. Dastur g’oliblarini aniqlash uchun saralash bosqichida eng yaxshi deb topilgan 50 ta ijodiy ish tanlab olinadi va 2021-yilning boshida Sarasotaning Bayfront Park bog’ida namoyish etiladi. Tanlov yakunida qatnashchilar uch kategoriya bo’yicha taqdirlanadilar.

  • Tanlovga hujjatlar 2020-yilning 7-oktabriga qadar qabul qilinadi.
  • Keyingi bosqichda eng yaxshi 50ta asar 2021-yilning boshida ko’rgazmaga qo’yiladi
  • Ko’rgazma yakunida uch nominatsiya bo’yicha g’oliblar aniqlanadi
  • “Best-in-Show Adult” va “Best-in-Show Student” nominatsiyalari bo’yicha g’oliblar hakamlar hay’ati va mutahassislar tomonidan aniqlanadi.
  • “People’s Choicenominatsiyasi g’olibi esa ko’rgazmaga tashrif buyurgan mehmonlar fikriga ko’ra aniqlanadi.

Hujjatlarga qo’yilgan talablar:

Original ishlanmaning qanday formatda bo’lishidan qat’iy nazar ulardan olinadigan elektron nusxa (taken picture or scan) katta formatda bo’lishi (billboard size) hamda quyidagi formatlarga javob berishi zarur:

  1. Hajmi kamida 300 dpi
  2. Formati JPG,JPEG, TIFF, PDF yoki EPS
  3. Kamida8” (325.12 mm wide) kenglikda va 8.8” (223.52 mm high) balandlikda
  4. Gorizontal holatda bo’lishi talab etiladi.

Talabga javob bermaydigan format yoki kattalikdagi ishlanmalar qabul qilinmaydi. Hujjatlarga qo’yilgan talablar haqidagi batafsil ma’lumot bu yerda. Oldingi tanlovda g’olib bo’lgan asarlar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Tanlov haqidagi to’liq ma’lumotni tashkilotchining rasmiy sayti yoki savol-javoblardan topishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

Tel: 34230-2559 yoki 941-404-5710

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!