×

OneBeat: Musiqachilar uchun AQSHda 1 oylik rezidensiya dasturi – ishtirok etish bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

16.09.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

5004 marta

Dunyo boʻylab musiqa borasida tajriba almashish, yangi asarlar yaratish va musiqa sohasida hamkorlik qilish maqsadida tashkil etilgan OneBeat dasturi dunyoning turli mamlakatlaridan navbatdagi tajriba almashinuv dasturi uchun arizalar qabul qilmoqda. Ushbu dastur maqsadi – dunyo musiqachilari orasidagi hamkorlikni mustahkamlash va original asarlar yaratish.

Hozirda 2024-yilning bahorgi va kuzgi mavsumiga arizalar qabul qilinmoqda.

Joriy qabulda45 ta davlatdan jami 50 nafar istirokchi (25 nafari bahorgi, 25 nafari kuzgi dastur uchun) qabul qilinishi rejalashtirilgan. Dastur 30-33 kun davom etadi. Bunda ishtirokchilar AQSHda hamkorlikda ijod qiladi, shuningdek, 10-14 kunlik musiqa turini uyushtiradi.

Mazkur dastur AQSH davlat departamentining Taʼlim va madaniy masalalar byurosi tashabbusi hisoblanadi va AQSH hukumati tomonidan moliyalshtiriladi.

Grant kimlar uchun?

Havaskor va professional musiqachilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan quyidagi moddiy imtyozlarga ega boʻladi:

  • Dasturga qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar, jumladan, AQSHga borish va qaytish, turar joy xarajatlari qoplanadi.
  • Ishtirokchilarga kunlik gonorar ham beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzodlar 2024-yil 1-sentabr holatiga koʻra, kamida 19 yosh; 2024-yil 31-oktabr holatiga koʻra, koʻpi bilan 25 yosh boʻlishi lozim.
  • Nomzod belgilangan davlatlardan birining fuqarosi boʻlishi kerak (bu davlatlar orasida Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Qozogʻiston ham bor).
  • Qatnashmoqchi boʻlgan musiqachilardan biror oliy yoki oʻrta taʼlim muassasasida musiqa boʻyicha oʻqiganlik talab etilmaydi. Taʼlim darajasidan qatʼi nazar, barcha musiqachilar ariza berishi mumkin.
  • Musiqaning istalgan sohasida faoliyat yurituvchi (ijod qiluvchi musiqachilar ariza berishi mumkin.
  • Nomzod ingliz tilini oz boʻlsa-da, muloqot qila oladigan darajada bilishi kerak.
  • Barcha ishtirokchilar elektron pochtadan faol foydalanishi va onlayn mashgʻulotlarda qatnashish uchun internetga ulanish imkoniga ega boʻlishi kerak. Ishtirokchilarning barchasi noutbuk yoki kamerasi boʻlgan boshqa qurilmaga hamda dasturda qatnashishi uchun aloqasi ishonchli (uzilib qolmaydigan) interetga ega boʻlishi kerak

Nomzodlar quyidagi mezonlarga asosan saralab olinadi:

  • Musiqadagi mahorati.
  • Boshqalar (boshqa madaniyat va millatlar) bilan hamkorlikda ishlash olish qobiliyati.
  • Ijtimoiy faolligi.
  • Raqamli savodxonlik (elektron va raqamli vositalarda ishlay olishi).

Talablar bilan batafsil shu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2023-yil 16-sentabr, soat tongi 09:00 gacha qabul qilinadi. Biroq nomzodlarga ariza topshirishni eng oxirgi kunga taqamaslik tavsiya qilinadi.

Arizalar onlayn tarzda BU YERDA qabul qilinadi. Onlayn arizani toʻldirish uchun dastlab tizimda roʻyxatdan oʻtib (register), akkaunt ochish kerak. Shundan soʻng arizada soʻralgan maʼlumotlar kiritib, kerakli hujjat va fayllar yukalanadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon va koʻp beriladigan savollarga javoblarni batafsil oʻqib chiqing.

Savollar yuzasidan apply@1beat.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!