×

AQSh: Muzeyshunoslik, san’at va san’at tarixi mutaxassislari uchun haq toʻlanadigan amaliyot; oylik stipendiya – 1 000 AQSh dollar!


Grant

MUHLAT

30.06.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1902 marta

AQShda joyashgan Birmingem san’at muzeyi (Birmingham Museum of Art) 2020-yilgi The Goodrich Internship (Paid) amaliyot dasturiga arizalar qabulini e’lon qildi. Dastur san’at, san’at tarixi, muzeyshunoslik yoki shunga oʻxshash sohada oʻqiyotgan bakalavriat, magistratura yoki PhD talabalariga haq toʻlanadigan amaliyot oʻtash va shu orqali oʻz amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish imkoniyatini taqdim etadi. Amaliyot 2020-yilning sentabr oyidan boshlanadi.

Amaliyot oʻtash muddati – 1 yil. Shu bir yil davomida amaliyotchi Muzeyning 4ta – Kuratorlik, Ta’lim, Roʻyxatga olish va Rivojlantirish (Curatorial, Education, Registration, and Development) boʻlimlarida amaliyot oʻtaydi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat, magistratura yoki PhD bosqichida san'at, san'at tarixi, muzeyshunoslik yoki shunga oʻxshash sohada oʻqiyotganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dasturda qatnashishni qoʻlga kiritganlar quyidagi imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  • Oyiga 1000 AQSh dollari miqdorida ish haqi toʻlanadi;
  • Amaliyot toʻliq stavkali hisoblanmaydi (ya’ni kun boʻyi muzeyda ishlanmaydi).

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

Ushbu dasturga ariza topshirmoqchi boʻlgan nomzod san’at, san’at tarixi, muzeyshunoslik yoki shunga oʻxshash sohada oʻqiyotgan bakalavriat, magistratura yoki PhD talabasi boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjatlar 2020-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Topshirilishi lozim boʻlgan hujjatlar:

  • Onlayn toʻldirilgan ariza.
  • Qisqa motivatsion xat.
  • Nomzod nega ushbu amaliyotga qiziqqanini, ushbu dasturdan nima kutayotganini va oʻzi Muzey faoliyatiga qabday hissa qoʻsha olishini izohlovchi qisqa izoh (500 soʻzdan oshmasligi kerak).
  • 2ta tavsiyanoma.
  • Hozirgacha olingan baholar roʻyxati.
  • CV va boshqa nomzodning mahorati, ish tajribasini koʻrsatuvchi hujjatlar.

Yuqorida sanab oʻtilgan hujjatlarning deyarli barchasi onlayn tarzda ariza topshirilayotganda soʻraladi. Onlayn arizaga ilova qila olmaydigan, lekin ahamiyatli boʻlgan hujjatlar aforschler@artsbma.org elektron manziliga yoki quyidagi manzilga yuborilishi mumkin:

Anne Forschler

Birmingham Museum of Art

2000 Rev. Abraham Woods, Jr. Blvd.

Birmingham, AL, 35203.

Murojaat uchun: aforschler@artsbma.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!