Amerika Qoʻshma Shtatlarining Nyu York shahridagi Doctors without borders/Médecins Sans Frontières (MSF-USA) tashkiloti 2020-yilgi Summer Internship 2020 haq toʻlanadigan amaliyot dasturlariga turli soha vakillaridan arizalar qabul qilinmoqda. Dastur davomida amaliyotchilar tashkilotdagi turli boʻlimlar xodimlariga yordamlashgan holda amaliy tajribaga ega boʻlish bilan birga tibbiy yordam koʻrsatish va targʻibot ishlari haqida asosiy bilimlar bilan tanishadilar.
Tashkilot taqdim etayotgan lavozimlar va ularning vazifalari haqida batafsil shu yerda tanishing.
Grant kimlar uchun?
Bakalavr darajasiga ega koʻngillilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu amaliyot dasturida soatiga 15 USD miqdorida haq toʻlanadi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
- Nomzod bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak.
- Nomzod bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak.
- Nomzod ingliz tilida qiyinchiliksiz muloqot qila olishi kerak.
- Dastur uchun nomzodlar raqobat asosida tanlanadi.
- Katta hajmdagi arizalar kelib tushishi sababli faqatgina saralab olingan nomzodlargagina javob yoʻllanadi.
- Arizalar yil davomida qabul qilinadi va nomzod bir nechta dasturga baravariga ariza topshirishi mumkin. Agar u saralashdan muvaffaqqiyatli oʻtsa eng erta boshlanadigan dastur uchun javob yuboriladi.
- Amaliyotchi boʻlish uchun nomzod AQShda ishlash huquqiga ega boʻlishi kerak. Tarjimai holida Nyu Yorkda yashamasligi koʻrsatilgan nomzod amaliyot uchun Nyu Yorkka kela olishini biriktirilgan xatida (cover letter) aniq qilib koʻrsatishi shart.
- Barcha nomzodlar amaliyot mobaynida Nyu Yorkda yashashlarini oʻzlari taminlashga mas’uldirlar. Agar nomzodning tarjimai holi uning Nyu Yorkda yashamasligini koʻrsatsa, u biriktirilgan xatida amaliyot uchun Nyu Yorkka kela olishini aniq koʻrsatishi shart.
Barcha talablar: shu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
Tarjimai hol va biriktirilgan xatlar internships@newyork.msf.org manziliga joʻnatilishi zarur. Elektron pochta orqali hujjat joʻnatayotganda xatning mavzu satri quyidagicha boʻlishi lozim: agar nomzod “IT internship for the summer” dasturiga ariza topshirayotgan boʻlsa xatning mavzu satri “IT intern-summer 2020” boʻlishi kerak. Hujjatlar iloji boricha PDF yoki Microsoft Office Word formatlarida boʻlishi zarur. Agar bittadan ortiq dasturga ariza topshirilayotgan boʻlsa, har bir dastur uchun koʻrsatilgan namunadagidek alohida elektron xat joʻnatilishi kerak.
Dasturga bir yilda 3 marta hujjat topshirish mumkin, ayni vaqtda eng yaqin dedlayn – 2020-yil 17-aprel.
Kerakli hujjatlar:
- Tarjimai hol (CV)
- Biriktirilgan xat (cover letter)
Ma’lumot uchun: internships@newyork.msf.org manziliga murojaat qiling