×

Ocean Awareness Contest: 18 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilar uchun ijodiy ishlar tanlovi!


Grant

MUHLAT

10.06.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

19787 marta

Bow Seat Ocean Awareness Programs notijorat tashkiloti 11-18 yoshdagi oʻsmirlar uchun navbatdagi navbatdagi Ocean Awareness Contest ijdokorlik ishlari tanlovini eʼlon qilmoqda. Bu tanlov yoshlarni ijodkorlik ishlarini yaratish va kreativ muloqot orqali atrof-muhitga oid muammolar haqida oʻrganish, ularning dunyo bilan aloqasini tadqiq etish va ijobiy oʻzgarishlarni targʻib qilishga undaydi.

Bow Seat Ocean Awareness Programs tashkiloti bu turdagi tanlovlarni 2012-yildan buyon oʻtkazib keladi. Bu yilgi tanlovning mavzusi: Tell Your Climate Story (Iqlimga oid hikoyangizni soʻzlang).

Bunda ishtirokchilardan oʻzgaruvchan iqlim voqeligi haqidagi shaxsiy tajriba, tushuncha yoki tasavvurlarini ijodiy ifoda etish soʻraladi. Ishtirokchilar bu imkoniyatdan iqlim inqirozi va uning oʻz oliasi va jamiyatiga qanday taʼsir qilishini oʻrganish, shuningdek, rivojlanayotgan dunyoga oʻzlarining individual munosabatini tadqiq qilish uchun foydalanishi kerak.

Tanlovda ishtirokchilar oʻzlari yaratgan vizual san’at asarlari (qoʻlda yoki raqamli tarzda ishlangan), nazm (sheʼr) va sheʼr oʻqish, nasr (ijodiy yozma ish), film, ijro sanʼati (musiqa va raqs), interaktiv va multimedia ishlari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda 2 xil yosh kategoriyasi boʻyicha qatnashish mumkin:

  • Junior divison – 11-14 yoshlilar kategoriyasi.
  • Senior division – 15-18 yoshlilari kategoriyasi.

Tanlovda nomzodlar yakka tazrda yoki guruh sifatida ishtirok etishlari mumkin. Barcha oʻquvchilar katta yoshli homiyning (oʻqituvchi, ota-ona, murabbiy va h.k.) kontakt maʼlumotlarini taqdim etishi lozim.

Oʻtgan yillardagi tanlovlar va ularda gʻolib deb topilgan ishlar haqida shu yerda bilib oling.

Grant kimlar uchun?

11-18 yoshdagi maktab, kollej va litsey oʻquvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov gʻoliblari vizual san’at asarlari (qoʻlda yoki raqamli tarzda ishlangan), nazm (sheʼr) va sheʼr oʻqish, nasr (ijodiy yozma ish), film, ijro sanʼati (musiqa va raqs), interaktiv va multimedia ishlari nominatsiyalari boʻyicha taqdirlanadilar. Har bir nominatsiya uchun alohida gʻoliblar aniqlanib, ularga oltin, kumush, bronza, marvarid hamda alohida eʼtirof mukofoti beriladi.

Mukofot:

11-14 yoshli qatnashchilar (Junior Division):

  • Oltin mukofoti – 1000 AQSh dollari
  • Kumush mukofoti – 750 AQSh dollari
  • Bronza mukofoti – 250 AQSh dollari
  • Marvarid mukofoti – 150 AQSh dollari
  • Alohida eʼtirof mukofoti – 100 AQSh dollari

Shuningdek, tanlovda gʻolib boʻlgan asarlar Bow Seat tomonidan tashkil etiladigan badiiy ko’rgazmalar, ko’rgazmali chiqishlar va film namoyishlarida qatnashish, tashkilotning onlayn galereyasida namoyish etilish imkoniyatiga ham ega boʻlishi mumkin.

Shuningdek nazm nominatsiyasi uchun alohida “Voice of the Sea” mukofoti joriy qilingan. Bunda har bir yosh kateroriyasi boʻyicha eng yaxshi sheʼr tanlab olinadi va ular mos ravishda 1000 va 1500 AQSH dollari bilan mukofotlanadi (bu oltin mukofotidan alohida boʻlgan qoʻshimcha mukofot).

Talablar:

 Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Nomzod dunyoning istalgan mamlakatidan bo’lishi mumkin.
  2. Nomzod 11-18 yoshdagi maktab, kollej yoki litsey oʻquvchi boʻlishi kerak (yoshni tasdiqlovchi hujjat topshirish talab etilishi mumkin). Oliy taʼlim muassasasida oʻqishni boshlaganlar ishtirok eta olmaydi.
  3. Tanlovning 11-14 yoshli qatnashchilari Junior division boʻlimiga, 15-18 yoshlilari Senior division boʻlimiga hujjat topshirishlari zarur.
  4. 13 yoshdan kichik bo’lgan nomzodlarning ishtiroki uchun ota-onasi/vasiysi tomonidan ruxsatnoma berilishi kerak. Batafsil
  5. Nomzodlar yuqorida sanalgan nominatsiyalardan biriga mos boʻlgan ishni topshirishi kerak.
  6. Tanlovga yakka holda yoki guruh boʻlib (guruh ishtirokchilari soni cheklanmagan) qatnashish mumkin. guruh boʻlib qatnashganda guruh yetakchisi tayinlanadi va u xabar almashuvchi aʼzo sifatida xizmat qiladi. guruh gʻolib boʻlganda mukofot puli ishtirokchilar oʻrtasida teng taqsimlanadi.
  7. Tanlovda jami olti nominatsiya boʻyicha ishlanmalar qabul qilinib, har bir nominatsiya uchun alohida gʻoliblar aniqlanadi va ular oltin, kumush, bronza, marvarid hamda aʼlohida eʼtirod mukofoti bilan taqdirlanadi.
  8. Har bir nomzod bir nominatsiya uchun faqat bitta ishi bilan ishtirok etishi mumkin. Lekin bir vaqtning oʻzida boshqa nominatsiyalar uchun ham ish topshrish imkoniyatiga ega.
  9. Tanlovda ishtirok etish bepul.
  10. Tanlovning oldingi yillardagi qabullariga topshirilgan ishlar qabul qilinmaydi.
  11. Ishlar oʻquvchi(lar)ning asl ishi, shaxsan oʻz(lar)iga tegishli boʻlishi lozim. ChatGPT yoki DALL-E kabi sunʼiy intellekt vositalarida yaratilgan ishlar qabul qilinmaydi.
  12. Ijodiy ishga qo’shimcha ravishda uning mazmunini ochib beruvchi kamida 100 so’zdan iborat matn ham yozilishi kerak (ingliz tilida).
  13. Ishlar ingliz tilida boʻlishi yoki inglizcha tarjimasi bilan birga topshirilishi kerak. Videolar istalgan tilda boʻlishi mumkin, lekin inglizcha subtitr bilan birga topshirilishi kerak.

MUHIM: Yuqoridagi talablarumumiy tarzda keltirilgan. Tanlov talablari shu yerda batafsil tanishib chiqing.

Shuningdek, har bir nominatsiya boʻyicha topshiriladigan ishlarga ham alohida talablar qoʻyilgan boʻlib, ular bilan ham BU YERDA tanishib chiqish lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzod ijodiy ishini 2024-yil 10-iyungacha onlayn tizim orqali yuborishi kerak. Arizada nomzod shaxsiy maʻlumotlari, qaysi nominatsiya uchun hujjat topshirmoqchiligi, ijodiy ishining mavzusi va unga yozilgan izoh haqidagi savollarga javob berishi kerak.

Har bir nomzod bir nominatsiya uchun faqat bitta ishini tadqim etishi mumkin. Lekin bir vaqtning oʻzida boshqa nominatsiyalar uchun ham ish topshirish imkoniyatiga ega.

MUHIM: Ish topshirishga kirishishdan oldin tanlovga ish topshirish jarayoni haqida BU YERDA batafsil tanishib chiqiing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!