×

AQSh: O‘qituvchilar uchun barcha xarajatlari qoplanadigan amaliyot dasturi!


Grant

MUHLAT

09.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

8820 marta

Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasi o‘rta maktab, kasb-hunar kolleji va akademik litsey o‘qituvchilarining ilmiy va kasbiy salohiyatini oshirish maqsadida the 2021 Eurasia/South Asia Fulbright Teaching Excellence and Achievement (TEA) Program.malaka oshirish dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur 12-18 yoshdagi maktab o‘quvchilariga dars beruvchi o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan.

Bu dastur doirasida qatnashchilar AQSh oliygohlarida 6 hafta malaka oshirishda bo‘ladilar. Fulbright TEA dasturi 2020-yilning kuzi va 2021-yilning bahorida bo‘ladi va qatnashchi shu ikki mavsumdan birida malaka oshirishi  mumkin. Dastur davomida madaniy tadbirlar, seminarlar, trening va ma’ruzalar bo‘ladi.

Ushbu dasturdan maqsad o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashinuvini ta’minlash va ularning salohiyatini yaxshilash.

Grant kimlar uchun?

O‘qituvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Fulbright TEA dasturi to‘liq grant hisoblanadi va uning tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • J-1 vizaga ko‘mak.
  • Jo‘nab ketishdan oldin O‘zbekistonda o‘tkaziladigan tayyorlov.
  • AQShga borish, kelish va mahalliy transport xarajatlari qoplanadi.
  • Dastur to‘lovi to‘lab beriladi.
  • Turar-joy va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.
  • Baxtsiz hodisa va kasallik uchun sug‘urta qilib beriladi.
  • Kunlik xarajatlar uchun stipendiya beriladi.
  • Kasbiy rivojlanish uchun kerakli xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ ajratiladi.
  • Dastur so‘nggida Vashingtonda o‘tadigan tadbirda qatnashish imkoniyati.
  • Dasturdan qaytgach AQSh elchixonasi va maktablarining grant dasturlariga ariza berish imkoniyati.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nozmod to‘liq stavkada ishlovchi maktab o‘qituvchisi bo‘lishi va ingliz tili, ingliz tili (EFL), tabiiy va ijtimoiy fanlar, matematikadan dars berishi kerak. Maxsus fanlardan dars beradigan o‘qituvchilar bu dasturga ariza bera oladi.
  2. Nomzodning maktabda dars o‘tish bo‘yicha kamida 5 yillik ish tajribasi bo‘lishi kerak.
  3. Nomzod oliy ma’lumotga ega bo‘lishi zarur.
  4. Nomzod TOEFL iBT’dan kamida 45-46 ball to‘plagan bo‘lishi zarur. Ariza berish vaqtida TOEFL imtihonidan o‘tish shart emas, agar nomzod ilk saralashdan o‘tsa unga fevral oyida TOEFL imtihoni tashkil etib beriladi.
  5. Nomzod dasturdan qaytgach maktabda ishini davom ettirishi kerak.
  6. Nomzod dasturga to‘liq ariza bergan bo‘lishi zarur.
  7. Dasturda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ishtirok etishlari mumkin emas.
  8. The International Leaders in Education Program (ILEP), Edmund S. Muskie Graduate Fellowship Program, Partners in Education (PiE), Fulbright Teacher Exchange Program, and Fulbright Foreign Language Teaching Assistant Program dasturlarida ilgari ishtirok etgan nomzodlar Fulbright TEA Media Literacy dasturiga qabul qilinmaydi.
  9. Ilgari AQShdagi malaka oshirish dasturlarida ishtirok etgan nomzodlar AQShnign O‘zbekistondagi elchixonasiga murojaat qilib dasturga ariza berishlari mumkin yoki yo‘qligini so‘rashlari zarur. Saralash jarayonida ilgari bunday dasturlarda qatnashmagan nozmodlarga ustunlik beriladi.
  10. Nomzod yuqoridagi sohalar bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi va ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak.
  11. Dasturda O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2020-yil 9-martga qadar qabul qilinadi. Ariza berishdan avval yo‘riqnoma bilan tanishib chiqing.

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn tarzda to‘ldirilgan ariza.
  2. Nomzod ishlaydigan maktab tomonidan to‘ldiriladigan “Institutional Support and Reference Form”. Hujjatning inglizcha shakli bo‘lishi kerak.
  3. Nomzod ishlaydigan maktab direktori tomonidan nomzodning dastur uchun AQSHga jo‘nab ketishi tasdiqlangan
  4. Nomzod pasportining 2-3-betlari nusxasi, fotosurat va resume kabi qo‘shimcha hujjatlar.

Hujjatlar 2020-yilning 9-martdan kechikmay topshirilishi kerak. Batafsil ma’lumot uchun savol-javoblar sahifasini o‘qib chiqing.

Savollar bo‘yicha: Tashkent-ELP@state.gov emailiga Fulbright TEA mavzusi ostida murojaat qilishingiz yoki AQShning O‘zbekistondagi elchixonasining +998 78 120 5450, +998 78 140 2432 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!