×

AQSh: Postdoktorlar uchun toʻliq grant; yillik 91 000 AQSh dollar stipendiya; tadqiqot uchun alohida 5 000 AQSh dollar; Princeton Universityda dars bering!


Grant

MUHLAT

06.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2098 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Nyu-Jersi shtatida joylashgan Princeton University – Prinston universiteti tarkibidagi The Princeton Society of Fellows in the Liberal Arts 2020-2023-yillar uchun Postdoctoral Fellowships for 2020-2023 dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitetda ijtimoiy, gumanitar va alohida tabiiy fanlar sohalari boʻyicha fanlararo postdoktor (doktorlik ishini himoya qilgan/qilayotgan) nomzodlarga beriladi. Grant uch yil muddatga moʻljallangan. Grant 5 nafar tadqiqotchiga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Postdoktorlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan 5 nafar nomzodga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  1. Uch yil muddatga har yilga yillik taxminan 91 000 AQSh dollar stipendiya ajratiladi.
  2. 5 000 AQSh dollar tadqiqot uchun mablagʻ beriladi.
  3. Universitet yaqinida yashash uchun joy
  4. Nomzodlar 3 yil davomida mutaxassisligi boʻyicha kafedrada yarim stavka dars beradilar.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod universitetning ijtimoiy, gumanitar va alohida tabiiy fanlar sohalari boʻyicha fanlararo postdoktorlik yoʻnalishlaridan biriga ariza topshirgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod tadqiqotchilik salohiyatiga ega boʻlishi va PhD dissertatsiyasini 2018-yil 1-yanvardan keyin himoya qilgan boʻlishi lozim. Agar hali ilmiy ishini himoya qilmagan boʻlsa, mazkur dastur boshlangunga qadar, ya’ni 2020-yil 15-iyungacha himoya qilib ulgurishi kerak.
  4. Nomzod yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi lozim.
  5. Nomzod Princeton Society of Fellowsgagina ariza berishi mumkin.
  6. Princeton Universityning Doctoral degrees in Education, Jurisprudence kabilarda oʻqiydigan nomzodlar bu grantga ariza topshira olmaydi.
  7. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish zarur. Ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi aniq koʻrsatilmagan. Ammo universitetda dars berish uchun kamida IELTS 7,5-8,0 kerak boʻladi.
  8. Nomzod tanlangan sohaga tegishli bakalavr/magistr/PhD yoki unga ekvivalent darajaga ega boʻlishi kerak.
  9. Nomzod mustaqil va guruhda ishlash, kommunikativ qobiliyatlarga ega boʻlishi kerak.

Grant talablari va cheklovlar haqida batafsil: shu yerda berilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning ijtimoiy, gumanitar va alohida tabiiy fanlar sohalari boʻyicha fanlararo postdoktorlik yoʻnalishlaridan birida tadqiqot olib boradigan izlanuvchilarga beriladi. Grantga arizalar 2019-yil 6-avgustga qadar qabul qilinadi. Nomzodlardan PhD ishini 2020-yil 15-iyungacha himoya qilish talab qilinadi.

Kursga ariza berish onlayn tarzda: shu yer orqali amalga oshiriladi. Jarayon boʻyicha qoʻshimcha savol tugʻilganda: fellows@princeton.edu manzili orqali aniqlang.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Onlayn toʻldirilgan ariza.
  2. Diplomlar va ularning baholar varagʻi (diplom ilovasi).
  3. Ingliz tili sertifikati. Ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi aniq koʻrsatilmagan. Ammo universitetda dars berish uchun kamida IELTS 7,5-8,0 kerak boʻladi.
  4. Cover letter.
  5. Curriculum Vitae/resume.
  6. Dissertation Abstract.
  7. Writing sample.
  8. Research Proposal.
  9. Two Course Proposals.
  10. Progress to Degree Letter or Evidence of Completed Ph.D.
  11. 3 ta tavsiyanoma.

Nomzodlarni saralash ularning yuqori akademik oʻzlashtirishi va yutuqlari, tadqiqot olib borishga layoqati, sohaga tegishli kasbiy tajriba, dars berish mahorati kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar nomzodlarga dedlayn muddatidan keyin imkon qadar tez vaqt ichida eʼlon qilinadi.

Murojaat uchun: fellows@princeton.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!