×

AQSh: Psixologiya boʻyicha 10 haftalik bepul onlayn kurslar!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

4551 marta

Yale University va Coursera hamkorlikda psixologiyaga qiziquvchilar uchun The Science of Well-Being onlayn kurslarini taqdim etmoqda. Kurslar mutlaqo bepul boʻlib, psixologiya fanlari professori Laurie Santos tomonidan olib boriladi. Ushbu kursda ishtirokchilar yanada baxtli boʻlish va samarali odatlarni shakllantirishga qaratilgan bir qator vazifalarni bajarishlari zarur. Kurs davomida professor Laurie Santos baxt haqidagi notoʻgʻri tushunchalarni va bizni oʻzgartirishga yordam beradigan tadqiqotlarni ochib beradi. Onlayn kurs 10 hafta davom etib, minnatdorchilik, baxt, meditatsiya, lazzatlanish (gratitude, happiness, meditation, savoring) mavzulariga bagʻishlanadi.

Grant kimlar uchun?

Psixologiya va shaxshiy kamolotga qiziquvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Onlayn kusrda oʻqish mutlaqo bepul. Kurs yakunida sertifikat olish istagidagi ishtirokchilardan 49 AQSh dollari miqdoridagi toʻlov talab etiladi

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Dasturga barcha davlat fuqarolari ariza topshirishlari mumkin (fuqarolikka oid cheklovlar yoʻq).
  2. Nomzod psixologiya fanlariga qiziqish bildirishi va hayotini yaxshi tomonga oʻzgartirish, yaxshi odatlar orttirishga tayyor boʻlishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak (videolarda ingliz va ispan tillaridagi subtitrlar mavjud).

Batafsil ma’lumot shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

The Science of Well-Being onlayn kursida qatnashish uchun shu yerdan roʻyxatdan oʻtish yetarli boʻladi. Darslar roʻyxatdan oʻtilgan kunning oʻzidanoq boshlanadi.

Grant haqidagi qoʻshimcha ma’lumotlarni tashkilotchining rasmiy sayti yoki savol – javoblardan olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!