×

AQSh: raqs, musiqa, teatr va boshqa san’at yo’nalishlarida iqtidor egalari uchun 16 000 dollar stipendiya!


Grant

MUHLAT

15.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1202 marta

AQShda joylashgan Wake Forest University tomonidan Presidential Scholarships for Distinguished Achievement grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar shu universitetda o’qitiladigan bakalavr kurslarida o’qish uchun beriladi. Grantlarni san’at sohasida katta yutuqlarga erishgan, san’at, raqs, munozara, musiqa va teatr yo’nalishlarida yuksak qobiliyat va qiziqishga ega talabalar yutib oladilar. Dastur doirasida taxminan 12 nafar iqtidorli va faol talabalarga grant ajratilishi rejalashtirilgan.

Wake Forest universitetida o’qitiladigan barcha bakalavr kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida saralab olingan 12 nafar talabaga 4 yillik bakalavr kursi uchun har yili 16 000 AQSh dollari miqdorida stipendiya belgilanadi. Agar talabaning ko’rsatkichlari pasayib ketmasa, grant har yili berib boriladi.

Talablar:

 

  • Nomzod maktabni (kollejni, litseyni) tamomlagan bo’lishi kerak. Ariza topshirishda oxirgi 4 yillik baholar ko’rsatiladi.
  • Nomzodning baholari juda yuqori bo’lishi zarur.
  • Nomzod musiqa, teatr, raqs kabi san’at yo’nalishlarida yuksak iqtidorga ega ekanliklarini amalda turli yutuqlar orqali namoyish etgan bo’lishi kerak.Grantni yutib olish uchun shu yo’nalishlardagi bakalavr kurslariga o’qishga kirish majburiy emas, umumiy iqtidor namoyish etilsa kifoya.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Qabul uchun TOEFL yoki IELTS kabi testlardan necha ball talab etilishini o’zingizni qiziqtirgan kurs sahifasidan bilib olishingiz mumkin.
  • SAT va ACT testlari natijalarini topshirish ixtiyoriy. Topshirgan va topshirmagan nomzodlarning arizalari teng hisoblanadi.
  • Grantni yutib olish uchun talabadan tasmaga yozib olingan raqs yoki musiqa namunalari, yaratgan asarlari (va shu kabilar) namunalari va tavsiyanoma taqdim etishi kerak bo’ladi.
  • Grantni yutib olgan talaba universitet san’at tadbirlarida faol ishtirok etishi kerak bo’ladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun Wake Forest universiteti bakalavr kurslaridan biriga o’qishga hujjat topshirish kerak. Arizalar 2020-yil 15-noyabrgacha onlayn tarzda, bu yerda topshiriladi. Ariza topshirish sahifasida ariza topshirishning uchun 4 xil tizim ko’rsatilgan, ulardan istalgan bittasidan foydalanish mumkin.

Prezidential Scholarship granti uchun ariza shakli bu yerda yuklangan. Ushbu sahifada hozir 2019-20 o’quv yili uchun ariza shakli joylangan. Sentyabr oyida sahifada 2020-21 o’quv yili uchun ariza va tavsiyanoma shakllari joylanadi.

Savollaringiz bo’lsa, admissions@wfu.edu elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!