×

AQSh: Rivojlanayotgan davlatlar jurnalistlari uchun 3 oylik amaliyot; turar joy va safar xarajatlari toʻliq qoplanadi; stipendiya beriladi!


Grant

MUHLAT

06.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1425 marta

The Dag Hammarskjöld Fund jamgʻarmasining AQShning Nyu York shahrida boʻlib oʻtadigan United Nations Journalism Fellowships amaliyot dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Dasturda rivojlanayotgan davlatlar fuqarosi boʻlgan 25-35 yoshgacha, radio, TV, bosma nashrlar va web-jurnalistlar qatnashishlari mumkin. Dasturda ishtirok etuvchilar Birlashgan Millatlar Tshkilotining diplomatic missiyalari, uchrashuvlarida qatnashish va ushbu jarayonni yoritib boprish bilan birga bebaho tajriba orttirish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Dastur 2020-yilning noyabr oyidan 2021-yil boshiga qadar 3 oy davomida AQShning Nyu York shahrida boʻlib oʻtadi. Sammit uchun 10 nafar ishtirokchiga toʻliq, 20 nafariga esa qisman grant beriladi.

Grant kimlar uchun?

25-35 yozshgacha radio, TV, bosma nashrlar va web-jurnalistlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda qatnashish imkoniga ega boʻlgan ishtirokchiga safar xarajatlari toʻliq qoplanishi va bepul turar joy, shuningdek, kundalik xarajatlar uchun stipendiya ajratilishi rejalashtirilgan.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod rivojlanayotgan davlat fuqarosi boʻlishi kerak. Oʻzbekistonlik nomzodlar ariza bera oladilar.
  2. Nomzod 25-35 yoshgacha oraliqda boʻlishi kerak.
  3. Nomzod radio, TV, bosma nashrlar va web-jurnalistlar boʻlib ishlayotgan boʻlishi lozim.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak, chunki BMTning barcha OAVga taqdim etadigan hujjatlari ingliz tilida beriladi.
  5. Nomzod 3 oy AQShning Nyu York shahrida amaliyot oʻtashi uchun ishxonasidan ruxsat olishi kerak.
  6. Nomzod oʻz ishxonasidan ish haqi saqlanishi haqida hujjat olishi kerak, chunki nomzod amaliyot yakunida hisobot tayyorlaydi va hisobotdan nomzod ishlayotgan tashkilot material sifatida foydalanishi kerak boʻladi.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga 2020-yil 6-martgacha hujjat topshirish mumkin. Dasturda ishtirok etish va grant uchun shu yerda berilgan arizani toʻldirish hamda soʻralgan hujjatlar bilan birga pochta yoki DHL, FedEx, Airborne kabi kuryerlik xizmatlaridan biri orqali dedlaynga qadar quyidagi manzilga joʻnatish kerak boʻladi:

Dag Hammarskjöld Fund for Journalists

512 Northampton Street, No. 124A

Edwardsville, PA 18704 USA.

Kerakli hujjatlar:

  1. Toʻldirilgan va imzo qoʻyilgan ariza.
  2. 2019 va 2020-yilda e’lon qilingan ishlaringizdan namunalar.
  3. Agar yuborayotgan ishlaringiz ingliz tilidan boshqa tilde yozilgan bo`lsa, ularning inglizcha tarjimalarini ham qo`shib joʻnatish kerak: masalan, kasseta, disk, qogʻoz nashrlar kabi maqola, reportaj va hokazolar uchun.
  4. Videoyozuvlar DVD yoki CD (eng ma’quli NTSC) formatida boʻlishi kerak. Radioda ishlaydiganlar MP3 formatidagi yozilgan fayllarni joʻnatadilar.
  5. 2ta tavsiyanoma.
  6. Siz ishlayotgan tashkilot rahbaridan stipendiyaga sizning nomzodingizni tasqidlash haqida hujjat.
  7. 300tagacha soʻzdan iborat motivatsion xat yoki siz bu amal;iyotdan nimalarni kutayotganingiz haqidagi fikrlaringiz yozilgan matn.
  8. 2ta passport hajmidagi fotosurat.
  9. Pasport nusxasi.

Dastur haqida batafsil ma’lumot olish hamda bogʻlanish uchun fellowship2020@unjournalismfellowship.org manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!