×

AQSh: San’at boʻyicha postdoktorlar uchun 60 000 AQSh dollar grant; sayohat xarajatlari uchun 5 000 AQSh dollar; joy – 10 ta!


Grant

MUHLAT

23.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1380 marta

AQShning Kaliforniya shtati, Los Anjeles shahrida joylashgan The Getty Foundation jamgʻarmasi va American Council of Learned Societies tashkiloti Getty/ACLS Postdoctoral Fellowships in the History of Art dasturiga hujjatlar qabul qilmoqda. Ushbu dastur san’at sohasi va shunga yaqin sohalardagi tadqiqotlar ustida ishlamoqchi boʻlganlarga tajriba orttirish uchun ajoyib imkoniyatlar taqdim etadi. Grant 10 nafar nomzodga beriladi. Muddat – 2020-2021-oʻquv yili.

Grant kimlar uchun?

Postdoktor (doktorlik ishini himoya qilgan/qilayotgan)lar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan 10 nafar nomzodga 2020-21-yillarda quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. 60 000 USD mablag ajratiladi.
  2. Sayohat va boshqa xarajatlar uchun 5 000 USD  beriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
  2. Nomzod 2014-yil 1-sentabrdan 2018-yil 31-dekabr oraligʻida PhD/doktorlik ishini himoya qilgan boʻlishi kerak.
  3. Gumanitar fanlar boʻyicha doktorlik ishi himoya qilayotgan/oʻqiyotgan nomzodlar, ishlarining san’at sohasidagi chuqur oʻrni borligini koʻrsatib bera olsalar, ariza berishlari mumkin.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va hujjatlarini shu tilda topshirishi kerak.
  5. Nomzod butun dunyo san’ati va san’at tarixiga ma’lum tushunchalarni olib kira oladigan san’at sohasi va shunga yaqin sohalardagi tadqiqotlar ustida ishlashi kerak.
  6. Ijodiy ish (roman yozayotgan, film suratga olayotgan va h.k.)lar ustida ishlayotganlar bu grantga ariza bera olmaydi.
  7. Nomzod tegishli soha boʻyicha bakalavr/magistr/PhD/doktorlik darajasiga ega boʻlishi lozim.

Treningga oid talab va cheklovlar bilan batafsil: shu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda qatnashish uchun ariza onlayn tarzda toʻldiriladi. Hujjat topshirish hozir yopiq. Tizim iyul oyi oxirida ochiladi. Dedlayn – 2019-yil 23-oktabr.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  1. Toʻldirilgan ariza. Namuna: shu yerda.
  2. Proposal (5 betgacha, 2 intervalda, Times New Roman shriftda 11-kegl oʻlchamda yoziladi). Namuna: shu yerda.
  3. 3 betgacha hajmda tasvir, illyustratsiya yoki boshqa qoʻshimcha hujjatlar (ixtiyoriy).
  4. 2 betgacha adabiyotlar roʻyxati.
  5. 2 betgacha nashr etilgan ishlar.
  6. 2 ta tavsiyanoma.

Savollar tugʻilsa savol-javoblar sahifasidan aniqlashingiz mumkin.

Nomzodlar san’at sohasiga oid yangi gʻoyasi, taqdim etilayotgan loyiha metodologiyasi, belgilangan vaqtda loyihaning amalga oshirilish imkoniyati va nomzodning ilmiy salohiyati, mavqei hamda oʻzlashtirish koʻrsatkichi kabilarga asosan saralanadi.

Natijalar 2020-yil mart oyi oxirida xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun: https://www.acls.org/Support-ACLS

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!