×

AQSh: Seattle Universityda bakalavr bosqichini oʻqish uchun 60 000 AQSh dollargacha grantlar


Grant

MUHLAT

15.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2454 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Sietl shtatida joylashgan Seattle University  bakalavriat kurslari uchun Scholarships for International Students dasturi doirasida bir nechta grantlarga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitet bakalavr bosqichlarining 1-kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grantlar toʻrt yilgacha beriladi. Grantga nomzod talabaning SAT yoki ACT imtihonlaridan baholari yuqori boʻlishi talab etiladi. Universitet quyidagi grantlarni taklif etadi:

  • Trustee’s Scholarship for International Students.
  • President’s Scholarship for International Students.
  • Provost’s Scholarship for International Students.
  • Dean’s Scholarship for International Students.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Seattle University bakalavriat yoʻnalishlarida kontrakt toʻlovi 2019-2020-oʻquv yili uchun taxminan 45 765 AQSh dollar.

Grant yutib olgan nomzodlarga 4 yilgacha muddatga kontrakt pulini qisman qoplash uchun:

  • Trustee’s Scholarship for International Students. Har yilga 15 000 USD dan 4 yilga 60 000 USD.
  • President’s Scholarship for International Students. Har yilga 12 000 USD dan 4 yilga 48 000 USD.
  • Provost’s Scholarship for International Students. Har yilga 9 000 USD dan 4 yilga 36 000 USD.
  • Dean’s Scholarship for International Students. Har yilga 7 000 USD dan 4 yilga 28 000 USD.

Dastur nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun yashash, turar joy, oziq-ovqat, oʻquv qurollari va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlarni nomzodning oʻzi toʻlashi lozim boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  2. Nomzod universitetning bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur. GPA 4,0 dan kamida 3,0 ball talab qilinadi.
  4. Nomzod SAT yoki ACT boʻyicha yuqori ballga ega boʻlishi kerak. SAT Evidence-Based Reading and Writingdan kamida 500 ball, ACT esa kamida 20 ball boʻlishi zarur.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Bakalavriatga IELTS kamida 7,0/TOEFL kamida 92 ball boʻlishi talab qilinadi.
  6. Nomzod attestat/kollej/litsey diplomiga ega boʻlishi lozim.
  7. English Language and Culture Bridge (ELCB) program dasturida oʻqiydigan nomzodlar bu grantga aria bera olmaydi.

Talablar haqida batafsil maʻlumotni shu yerdan va shu yerdan olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning barcha bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Oʻqishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlarning hammasi grantga da’vogar hisoblanadi. Shuning uchun grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi.

Oʻqishga hujjat topshirish uchun dedlayn muddatlari semestrlarga koʻra farq qiladi. Ayni vaqtda qishgi semestrda oʻqish uchun hujjat topshirish mumkin, dedlayn: 15-noyabrgacha.

Hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Dastlab shu yerdan qanday qilib hujjat topshirish haqida oʻqib chiqing.
  • Onlayn ariza toʻldirish Common Application and Seattle University Member Supplement boʻlimi orqali amalga oshiriladi.
  • Ariza koʻrilishi uchun 55 AQSh dollar badal toʻlash kerak. Badal toʻlanmaguncha ariza koʻrib chiqilmaydi.
  • Keyin soʻralgan hujjatlarni tizimga yuklang.
  • Undan soʻng diplom ilovasini yuklang. Diplom ilova/baholar varagʻini pochta orqali quyidagi manzilga joʻnatish kerak:

Seattle University Admissions Office, 901 12th Ave, Seattle WA 98122.

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Onlayn toʻldirilgan ariza.
  • Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS kamida 7,0/TOEFL kamida 92 ball yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
  • ACT/SAT sertifikati. SAT Evidence-Based Reading and Writingdan kamida 500 ball, ACT esa kamida 20 ball boʻlishi kerak.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
  • AQSh yoki boshqa xalqaro oʻqish standartlariga mos kelmaydigan attestat/diplom topshirilganda 1 yillik Foundation kursidan oʻtish talab qilinishi mumkin.
  • Esse yoki motivatsion xat soʻralishi mumkin.

Barcha topshiriladigan hujjatlar tarkibi: shu yerda berilgan. Ariza berishdan oldin ularni batafsil oʻrganib chiqing.

Nomzodlar grantga ACT va SAT imtihoni baholari, yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichi va aʼlo baholari kabi mezonlar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun: admissions@seattleu.edu yoki

Wade Bird

Assistant Director of International Admissions

Telefon: 206.296.5808

Email: birdw@seattleu.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!