×

AQSh: Simmons Universitetida bakalavriat bosqichini oʻqish uchun 120 000 AQSh dollargacha grantlar


Grant

MUHLAT

01.02.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

10608 marta

Eslatma: Bu universitet bakalavriatga faqat ayollar-qizlarni qabul qiladi, o’g’il bolalar bu universitetning bakalavriat dasturlariga topshira olmaydi.

AQSHning Boston shahrida joylashgan Simmons universiteti bakalavriat bosqichida oʻqishni va bakalavriatga oʻqishni koʻchirishni xohlovchilar uchun kotrakt summasiga chegirma shaklida grantlar taklif qiladi. Bu grantlar yuqori ilmiy salohiyatli, ilmiy tadqiqotlar olib borishga qiziqadigan, kirish imtihonlarida yuqori natijalar qayd etgan talabalarni moliyaviy jihatdan qoʻllab – quvvatlash uchun tashkil etilgan.

Grantlar universitetda mavjud istalgan bakalavrlik dasturi uchun beriladi. Hozirda 2022-yil bahorgi semestrda oʻqishni boshlash uchun hujjatlar qabul qilinmoqda.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida oʻqishni va oʻqishni koʻchirishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Taklif etilayotgan chegirmali grantlar quyidagilardan iborat:

  • First-Year Scholarships – bu grantlar Simmons universitetida 1-kursdan oʻqishni boshlovchi talabalar uchun moʻljallangan boʻlib, kotrakt toʻlovidan bir yilga 30 000 AQSH dollarigacha chegirma qilishni nazarda tutadi (4 yil uchun 108 000 dollar). Bularga Trustee Scholarship, Presidential Scholarship, Provost Scholarship, Dean’s Scholarship, Director’s Scholarship, and Achievement Scholarship grantlari.
  • Transfer Scholarships – bunday grantlar oʻqishini Simmons universitetiga koʻchirgan bakalavriat bosqichi talabalariga beriladi. Grant kontrakt summasidan yiliga 10 000 dollardan 20 000 dollargacha chegirma qilishni nazarda tutadi.

Dastur nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun yashash, turar joy, oziq-ovqat, oʻquv qurollari va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlarni nomzodning oʻzi toʻlashi lozim boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod universitetning uzluksiz taʼlim shaklidagi (full-time) bakalavriat kursiga hujjat topshirishi va qabul qilinishi kerak.
  3. Nomzod oʻrta/oʻrta maxhsus ta’limga ega boʻlishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak. Nomzoddan IELTS yoki TOEFL sertifikatini topshirish talab etiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Yuqoridagi grantlar uchun alohida hujjat topshirilmaydi. Universitetning biror bakalavrlik dasturiga topshirgan barcha nomzodlar ushbu grantlarga talabgor sifatida koʻrib chiqiladi.

Oʻqishga hujjat topshirish uchun dedlayn muddatlari semestrlarga koʻra farq qiladi. Hozirgi 1-kursga hujjat topshirish muddatlari quyidagicha:

  • 2024-yil bahorgi semestrdan 1-kurs sifatida oʻqishni boshlash uchun qabul: arizalar 2023-yil 1-noyabrgacha qabul qilinadi.
  • 2024-yil kuzgi semestrdan 1-kurs sifatida oʻqishni boshlash uchun 1-erta qabul (Fall Early Action 1): arizalar 2023-yil 1-noyabrgacha qabul qilinadi.
  • 2024-yil kuzgi semestrdan 1-kurs sifatida oʻqishni boshlash uchun 2-erta qabul (Fall Early Action 2): arizalar 2023-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi.
  • 2024-yil kuzgi semestrdan 1-kurs sifatida oʻqishni boshlash uchun odatiy qabul (Regular Decision): arizalar 2024-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Shuningdek, oʻqishni koʻchirish uchun alohida muddatlar mavjud boʻlib, bu muddatlar bilan BU YERDA tanishing.

Oʻqishga hujjatlarni maxsus platformada onlayn shaklda topshirish yoki ugadm@simmons.edu elektron manziliga yuborish mumkin.

Universitetga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar (umumiy):

  1. Common Application arizasi.
  2. 2 ta tavsiyanoma.
  3. Til sertifikati (IELTS yoki TOEFL). Til sertifikati balliga aniq talab koʻrsatilmagan, lekin ball qancha yuqori boʻlsa, shuncha yaxshi.
  4. SAT/ACT testi natijalari (bu hujjatlar majburiy emas, topshirish ixtiyoriy).
  5. Maktab, kollej/litseyda olingan baholari. Baholar ingliz tilida boʻlmasa, ingliz tiliga tarjima qilinishi kerak.
  6. Duolingo English Test (bu majburiy emas).

Barcha hujjatlar ingliz tilida taqdim etilishi zarur. Ingliz tilida boʻlmagan hujjatlarning original tildagi nusxasi va notarial tasdiqlangan inglizcha tarjimasi talab etiladi.

Hujjatlar tarkibi haqida batafsil maʼlumotni BU YERDAN olishingiz mumkin.

Xorijiy talabalarning qabuli masalalariga Mia Zilahy masʼul boʻlib, hujjat topshirish boʻyicha savollar bilan unga mia.zilahy@simmons.edu elektron manzili orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Grant haqidagi qoʻshimcha ma’lumotlarni universitetning rasmiy saytidan aniqlash mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!