×

AQSh: South Dakota State University bakalavriat kurslarida oʻqish uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

15.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1271 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Minnesota shtatida joylashgan South Dakota State University bakalavriat kurslari uchun Jackrabbit Guarantee Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitet bakalavr bosqichlarining 1-kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grantlar toʻrt yilgacha beriladi. Grantga nomzod talabaning ACT yoki SAT imtihonidan baholari yuqori, a’lo boʻlishi talab etiladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet bakalavriat yoʻnalishlarida kontrakt toʻlovi 2020-21 oʻquv yili uchun taxminan 12 933 AQSh dollardan boshlanadi.

ACT yoki SAT imtihonlaridan ballari yuqori boʻlgan nomzodlarga 4 yilgacha muddatga kontrakt pulini qisman qoplash uchun quyidagicha miqdorda chegirma qilinadi.

  • 1 000 USD – ACT 22-23/ 1100-1150.
  • 1 500 USD – ACT 24-25 / SAT 1160-1230.
  • 2 000 USD – ACT 26-27 /SAT 1240-1300.
  • 3 000 USD – ACT 28-31/SAT 1310-1440.
  • 4 000 USD – ACT 32-36/SAT 1450-1600.

Dastur kontraktni qisman qoplaydi. Shuning uchun kontraktning qolgan qismi va boshqa xarajatlarni nomzodning oʻzi toʻlashi lozim boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  2. Nomzod universitetning bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur. GPA 3,0 dan kamida 2,6-3,0 ball talab qilinadi.
  4. Nomzod SAT yoki ACT boʻyicha yuqori ballga ega boʻlishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Bakalavriatga IELTS kamida 5,5 yoki TOEFL kamida 61 ball boʻlishi talab qilinadi.
  6. Nomzod 12 yillik ma’lumotni tasdiqlovchi attestat/kollej/litsey diplomiga ega boʻlishi lozim.

Talablar haqida batafsil maʻlumotni shu yerdan olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning barcha bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Oʻqishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlarning hammasi grantga da’vogar hisoblanadi. Shuning uchun grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi.

2021-yil bahorgi semester uchun hujjat topshirish dedlayni: 15-noyabrgacha. Ammo hujjatlarni imkon qadar erta topshirish lozim.

Hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Dastlab shu yerdan qanday qilib hujjat topshirish haqida oʻqib chiqing.
  • Onlayn ariza toʻldirish shu yerda amalga oshiriladi.
  • Soʻralgan hujjatlarni tizimga yuklang va joʻnating.
  • Savollar tugʻilsa intlstud@sdstate.edu manziliga murojaat qiling.

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Onlayn toʻldirilgan ariza.
  • Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS kamida 5,5/TOEFL kamida 61 ball yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
  • ACT/SAT sertifikati talab qilinishi mumkin.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
  • AQSh yoki boshqa xalqaro oʻqish standartlariga mos kelmaydigan attestat/diplom topshirilganda 1 yillik Foundation kursidan oʻtish talab qilinishi mumkin.

Barcha topshiriladigan hujjatlar tarkibi: shu yerda berilgan. Ariza berishdan oldin ularni batafsil oʻrganib chiqing.

Nomzodlar grantga yuqori ACT/SAT koʻrsatkichi va aʼlo baholari kabi mezonlar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun: sdsu.intlstud@sdstate.edu.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!