×

AQSh: Tadqiqotchi xotin-qizlar uchun 30 000 AQSh dollarigacha grant!


Grant

MUHLAT

15.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1214 marta

Amerika Qoshma Shtatlarining AAUW The American Association of University Women tashkiloti International Fellowships grant dasturi uchun arizalar qabul qilinmoqda. Bu grantlar AQSh fuqarolari boʻlmagan ayollarga AQSh ning akkreditatsiya qilingan universitetlarida magistratura yoki doktoranturada oʻqish yoki doktorlikdan keyingi tadqiqot (postdoctoral research) olib borish uchun beriladi. Dasturdan maqsad ayollarni moddiy va ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash va ularning jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlash.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktoranturada oʻqishni yoki tadqiqot olib borishni xohlovchi xotin-qizlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan har bir ayolga bir yilga:

  • Magistratura/birinchi ilmiy daraja (first professional degree) bosqichida toʻliq stavkada oʻqish uchun 18000 AQSh dollar;
  • Doktorantura bosqichida toʻliq stavkada oʻqish uchun 20000 AQSh dollar;
  • Doktorlikdan keyingi tadqiqot olib borish uchun 30000 AQSh dollardan grant beriladi.

Grant sifatida berilgan mablagʻ 14%lik soliqqa tortiladi.

Grant bir yil muddatga, ya’ni 2020-yilning 1-iyulidan 2021-yilning 30-iyunigacha boʻlgan muddat uchun beriladi, lekin uni keyingi yil yana tiklash mumkin (renewable).

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod AQSh fuqarosi boʻlmasligi va agar hozir AQShda yashayotgan boʻlsa ham vizasi vaqtinchalik boʻlishi kerak. Immigrantlik vizasiga ega nomzodlarga grant berilmaydi.
  2. Nomzod bakalavr darajasiga (doktorantura uchun – magistrlik diplomi qoʻshiladi, tadqiqot uchun – doktorlik diplomi qoʻshiladi) ega boʻlishi kerak.
  3. Nomzod ilgari AAUW’ning mahalliy hamkorlik dasturlarida qatnashmagan boʻlishi kerak. Oldin ham shu grantga hujjat topshgan, lekin grant ajratilmagan nomzodlar qayta hujjat topshirishlari mumkin.
  4. Nomzod 2019-yil 1-iyuldan 2020-yil 30-iyungacha boʻlgan vaqt davomida oʻqishi yoki tadqiqoti bilan toliq stavkada shugʻullanishga tayyor boʻlishi kerak.
  5. Nomzod grant tugagandan soʻng karyera qilish uchun vataniga qaytib ketishi kerak boʻladi va u shunga tayyor boʻlishi zarur.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Ingliz tilini chet tili sifatida oʻrgangan nomzodlar 2016-yil yoki undan keyin kamida TOEFL PBT’dan 550, TOEFL IBT’dan 79 yoki Revised TOEFL Paper-delivered testdan 60 ball olgan boʻlishi kerak. ATOEFL natijalarini AAUW’ga yoʻnaltirish uchun 9231 kodidan foydalaning. Bundan boshqa til imtihonlari natijalari, shu jumladan, IELTS ham qabul qilinmaydi.
  7. Magistratura va doktoranturada oʻqish maqsadida grantga ariza berayotgan nomzodlar 2018-yil 15 noyabrgacha AQShning akkreditatsiya qilingan OTM (Oliy Ta’lim Muassasasi)laridan biriga hujjat topshirgan boʻlishlari va arizada shu OTM nomini koʻrsatib oʻtishlari kerak.
  8. Magistraturada oʻqish deganda J.D., M.F.A., L.L.M., M.Arch, M.D., D.D.S. kabi (faqat bular emas, shu kabi) ilmiy darajalar uchun oʻqitiladigan kurslar nazarda tutilgan.
  9. Doktoranturada oʻqish deganda D. or Ed.D. kabi ilmiy darajalar uchun oʻqitiladigan kurslar nazarda tutilgan.
  10. Doktorlikdan keyingi tadqiqot olib borish maqsadida grantga hujjat topshirayotgan nomzodlar doktorlik ilmiy darajasiga ega ekanlklarini isbotlay olishlari va 2018-yil 15-noyabrgacha Ph.D., Ed.D., D.B.A., D.M.) yoki M.F.A. kabi tadqiqotchi doktorlik ilmiy darajasini olishlari kerak. Undan tashqari, ular arizada qayerda tadqiqot qilmoqchi ekanliklarini ham koʻrsatib oʻtishlari lozim.
  11. Nomzod oʻqishi yoki tadqiqot olib borishi rejalashtirilgan muddat 1 yildan kam boʻlmasligi kerak. 2020-yil apreldan oldin tugaydigan kurslar yoki tadqiqotlar uchun bu grant dasturi doirasida moddiy ta’minot ajratilmaydi.
  12. Nomzod oʻqishni rejalashtirayotgan magsitratura yoki doktorantura kursi an’anaviy usulda, ya’ni auditoriyada va universitet binosida yuzma-yuz mashgʻulot olib boriladigan dastur boʻlishi shart. Onlayn yoki masofadan turib oʻqitiladigan kurslar uchun grant ajratilmaydi.

Barcha talablar haqida: shu yerdan ma’lumot olish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish onlayn tarzda amalga oshiriladi. Ariza berish: shu yerda. Ariza berayotganda grantlar roʻyxatidan “International Fellowships” grantini tanlaysiz. Dedlayn – 15-noyabr.

Ariza toʻldirish jarayonida quyidagilar soʻraladi:

  1. Nomzod uchun qoʻyilgan talablarga mos ekaningizni tekshiruvchi testdan oʻtish.
  2. Sizni yaxshi taniydigan uch shaxsdan uchta tavsiyanoma. Tavsiya beruvchilar sizni ishdan yoki oʻqishdan taniydigan va shaxsingiz va potensialingizga toʻgʻri baho bera oladigan shaxslar boʻlishi kerak.
  3. Olgan eng oxirgi ilmiy darajangizni tasdiqlovchi hujjat (diplom). Unga baholar ham ilova qilinadi. Ingliz tilida boʻlmagan hujjatlar ingliz tiliga rasman tarjima qilinishi kerak. diplomga qilingan baholar ilovasida barcha fanlar roʻyxati va baholari yozilgan boʻlishi zarur. Agar siz oʻqigan OTMning ilovalari odatda bunday formatda boʻlmasa, OTM ma’muriyatidan siz oʻqishni bitirgan sanani tasdiqlovchi rasmiy xat talab etiladi. Agar ariza berish vaqtida hali oʻqishni tamomlab diplom olib ulgurmagan boʻlsangiz, OTMdan uning shu OTM talabasi ekanligingizni tasdiqlovchi hujjat va shu vaqtgacha olingan baholar talab etiladi. Bunda ham baholar ilovasiga yuqorida aytilgandek talablar qoʻyiladi.
  4. Qisqaroq aytilganda, oʻz ilmiy darajangizni tasdiqlash uchun diplom va baholaringizni, yoki rasmiy xatni koʻrsatishi kerak. Barcha talablar va tafsilotlar bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.
  5. TOEFL baholari hisoboti (report).
  6. Agar siz hujjat topshirgan AQSh universiteti sizni oʻqishga qabul qilgan boʻlsa, buni isbotlovchi barcha materiallarni, agar hali qabul qilinganlik haqida natijalar e’lon qilinmagan boʻlsa, hujjat topshirilgan kamida bitta OTM nomini koʻrsatishi kerak.
  7. CV/rezyume.

Dasturga qabul jarayoni shaffof boʻlishi uchun aynan qanday mezonlar asosida saralash boʻlishi koʻrsatilmaydi. Lekin nomzodlarning natijalariga diplom, tavsiyanomalar, erishilgan yutuqlar, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlovchi harakatlarda ishtirok etganlik, ariza vaqtida qayerda yashayotganlik kabi faktorlar ta’sir qiladi.

Ma’lumot uchun: aauw@applyists.com

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!