×

AQSH: Talaba va oʻquvchilar uchun insholar tanlovi; mukofot 2000 dollargacha!


Grant

MUHLAT

30.04.2026

QOLGAN VAQT

78 kun

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

25574 marta

Xalqaro suv, sanitariya va gigiyena jamgʻarmasi (IWSH) 2026-yilgi IWSH Essay Scholarship Contest insholar tanloviga insholar qabul qilmoqda. Bu tanlov universitet talabalari va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida (maktab, kollej, litsey, texnikum va h.k.) oxirgi sinf/bosqichda oʻqiyotgan oʻquvchilar uchun moʻljallangan.

Har yili oʻtkaziladigan ushbu tanlovda nomzodlar berilgan mavzu asosida ingliz tilida insho yozishi kerak boʻladi.

Bu yilgi insho mavzusi: Why should the government and private sector come together to provide improved access to safe sanitation?

Shuningdek, nomzodlar ushbu mavzu boʻyicha insho yozishda eʼtiborni santexnikaga (plumbing) qaratishi kerak.

Tanlov mavzusi, inshoda nimalar qamrab olinishi va santexnika sogasi qanday yoritilishiga oid batafsil maʼlumot bilan BU YERDA tanishing.

IWSH va uning faoliyati bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, kollej va litsey oʻquvchilari hamda universitet talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda gʻolib boʻlgan nomzodlarga quyidagi mukofotlar beriladi:

1-oʻrin (1 nafar):

  • 2000 AQSH dollari miqdorida mukofot beriladi.
  • IWSH rasmiy saytida inshosi eʼlon qilinadi.
  • Bir yil IAPMO ga aʼzo boʻladi.

2-oʻrin (3 nafar):

  • 1000 AQSH dollari miqdorida mukofot beriladi.
  • IWSH rasmiy saytida yozgan inshosi eʼlon qilinadi.

Talablar:

Tanlovga qatnashish qoida va shartlari quyidagicha:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari qatnashishi mumkin.
  2. Insho ingliz tilida yozilishi kerak.
  3. Universitet talabalari yoki oʻrta maxus/kasbiy taʼlim muassasalarining (maktab, kollej, litsey, texnikum va h.k.) oxirgi kursi/sinfida oʻqiyotgan oʻquvchilari ushbu tanlovda qatnasha oladi. Ishtirokchidan insho bilan birga hozirda koʻrsatilgan taʼlim muassasalaridan birida taʼlim olayotganini tasdiqlovchi hujjat topshirishi kerak boʻladi.
  4. Insholar 2026-yil 30-apreligacha qabul qilinadi.
  5. Insho yuqorida keltirilgan mavzuda, faqat muallif tomonidan yozilgan boʻlishi kerak.
  6. Insholar 800 soʻzdan kam va 1600 soʻzdan koʻp boʻlmasligi kerak. Muqova sahifasidagi maʼlumotlar va sahifa tagidagi iqtibos izohlari soʻzlarni sanashda hisobga olinmaydi.
  7. Bitta talaba/oʻquvchi faqat bitta insho topshira oladi.
  8. Insholar kompyuterda yozilishi, 2 interval, Arial yoki Times New Roman 12 shriftda yozilishi kerak. Sahifaning barcha taraflarida qoladigan boʻshliq joy 1 duym (inch) boʻlishi kerak.
  9. Insholar Microsoft Word (.doc, .docx) formatida topshirilishi kerak, boshqa formatda topshirilgan insholar koʻrib chiqilmaydi.

Insholar ingliz tilida yoziladi. Yozilishi kerak bo’lgan inshoga qo’yilgan talablar bilan batafsil SHU YERDA tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Insholar 2026-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Insholar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi (sahifa oxiriga tushing). Arizada soʻralgan shaxsiy maʼlumotlarning barchasi kiritilishi kerak. Insho bilan birga quyidagilar ham yuborilishi kerak:

  • ishtirokchining toʻliq dars jadvali, taʼlim muassasasida olgan baholari yoki oʻqishga qabul qilinganlik haqidagi xati;
  • ishtirokchining surati;
  • oʻqituvchi, direktor/rektor yoki taʼlim muassasasi maslahatchisidan bitta tavsiyanoma (Letter of support).
  • Ishtirokchining rasmi.

Gʻoliblar 2026-yilning kuzigacha eʼlon qilinadi.

MUHIM: Insho yozishga kirishishdan oldin tanlov shartlari bilan BU YERDA batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!