×

AQSH: Talaba va oʻquvchilar uchun insholar tanlovi; mukofot 2000 dollargacha!


Grant

MUHLAT

30.04.2024

QOLGAN VAQT

10 kun

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

19323 marta

Xalqaro suv, sanitariya va gigiyena jamgʻarmasi (IWSH) 2024-yilgi IWSH Essay Scholarship Contest insholar tanloviga insholar qabul qilmoqda. Bu tanlov universitet talabalari va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida (maktab, kollej, litsey, texnikum va h.k.) oxirgi sinf/bosqichda oʻqiyotgan oʻquvchilar uchun moʻljallangan.

Har yili oʻtkaziladigan ushbu tanlovda nomzodlar berilgan mavzu asosida ingliz tilida insho yozishi kerak boʻladi.

Bu yilgi insho mavzusi: Why do you believe access to water and sanitation is a human right?

Bu yilgi tanlovning maqsadi odamlarni santexnika kundalik hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi bilan tanishtirish hamda oʻquvchi va talabalarni IWSH loyihalarining golabal taʼsiri bilan tanishtirishdir.

IWSH va uning faoliyati bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin (tahskilot amalga oshirgan ishlar bilan tanishish uchun Our Work boʻlimiga kiring).

Grant kimlar uchun?

Maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, kollej va litsey oʻquvchilari hamda universitet talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda gʻolib boʻlgan nomzodlarga quyidagi mukofotlar beriladi:

1-oʻrin (1 nafar):

  • 2000 AQSH dollari miqdorida mukofot beriladi.
  • IWSH rasmiy saytida inshosi eʼlon qilinadi.
  • Bir yil IAPMO ga aʼzo boʻladi.

2-oʻrin (3 nafar):

  • 1000 AQSH dollari miqdorida mukofot beriladi.
  • IWSH rasmiy saytida yozgan inshosi eʼlon qilinadi.

Talablar:

Tanlovga qatnashish qoida va shartlari quyidagicha:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari qatnashishi mumkin.
  2. Insho ingliz tilida yozilishi kerak.
  3. Universitet talabalari yoki oʻrta maxus/kasbiy taʼlim muassasalarining (maktab, kollej, litsey, texnikum va h.k.) oxirgi kursi/sinfida oʻqiyotgan oʻquvchilari ushbu tanlovda qatnasha oladi. Ishtirokchidan insho bilan birga hozirda koʻrsatilgan taʼlim muassasalaridan birida taʼlim olayotganini tasdiqlovchi hujjat topshirishi kerak boʻladi.
  4. Insholar 2024-yil 30-apreligacha qabul qilinadi.
  5. Insho yuqorida keltirilgan mavzuda, faqat muallif tomonidan yozilgan boʻlishi kerak.
  6. Insholar 800 soʻzdan kam va 1600 soʻzdan koʻp boʻlmasligi kerak. Muqova sahifasidagi maʼlumotlar va sahifa tagidagi iqtibos izohlari soʻzlarni sanashda hisobga olinmaydi.
  7. Bitta talaba/oʻquvchi faqat bitta insho topshira oladi.
  8. Insholar kompyuterda yozilishi, 2 interval, Times New Roman 12 shriftda yozilishi kerak. Sahifaning barcha taraflarida qoladigan boʻshliq joy 1 dyum (inch) boʻlishi kerak.
  9. Insholar Microsoft Word (.doc, .docx) formatida topshirilishi kerak, boshqa formatda topshirilgan insholar koʻrib chiqilmaydi.

Insholar ingliz tilida yoziladi. Yozilishi kerak bo’lgan inshoga qo’yilgan talablar bilan batafsil SHU YERDA tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Insholar 2024-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Insholaronlayn tarzda BU YERDA topshiriladi. Insho bilan birga quyidagilar ham yuborilishi kerak:

  • ishtirokchining toʻliq dars jadvali, taʼlim muassasasida olgan baholari yoki oʻqishga qabul qilinganlik haqidagi xati;
  • ishtirokchining surati;
  • oʻqituvchi, direktor/rektor yoki taʼlim muassasasi maslahatchisidan bitta tavsiyanoma.

Shuningdek, ariza shaklida soʻralgan shaxsiy maʼlumtlar hamkiritilishi kerak.

Gʻoliblar 2024-yilning kuzigacha eʼlon qilinadi.

MUHIM: Insho yozishga kirishishdan oldin tanlov shartlari bilan BU YERDA batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!