×

AQSh: Talabalar tanlovi; mukofot – 5000 AQSh dollari


Grant

MUHLAT

17.08.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2877 marta

Dunyoda “Corporate Real Estate Executive” deb nomlanadigan kasb borligidan xabaringiz bormi? Bu soha vakillari “Corporate Real Estate”, ya’ni tashkilotlar va kompaniyalar o’z faoliyatini yurgizadigan binolarning holatini boshqarish bilan shug’ullanadilar. Bu kasb egalari biror kompaniya yuritiladigan binoni kengaytirish, qisqartirish, yangilash va o’zgartirish kabi ishlar bilan shug’ullanadilar. Ularning vazifalari mijoz ishonib topshirgan binoni mijozning barcha talablari, ehtiyojlari, imkoniyati va vaziyatga moslab eng qulay holga keltirish. Qisqa qilib aytganda, ular qo’shma tarzda egallab kelinayotgan ko’chmas mulkni tartibga solib turishadi. Qo’shma ko’chmas mulk boshqaruvchisi broker yoki rieltor emas, lekin u shu ish bilan shug’ullanuvchilarni ham boshqaradi. Uning vazifalaridan eng asosiysi vaziyatni tubdan o’zgartirib yuborishi mumkin bo’lgan o’zgarishlarni tahmin qila olish va mulkni shunga mos holda paydo bo’ladigan qiyinchilik va ehtiyojlarga javob bera oladigan holga keltirish. Bu kasbning muhimligi kun sayin ortib boryapti va ko’proq boshqaruvchilarga talab paydo bo’lmoqda. CoreNET – Google, Unilever, Shell, Jahon Banki kabi dunyodagi eng yetakchi va yirik hamkorlar bilan ishlab kelayotgan qo’shma ko’chmas mulk agentligi hisoblanadi. Shu agentlik qo’shma ko’chmas mulk boshqaruvi sohasini iqtidorli yoshlar orasida ommalashtirish va shu orqali barcha soha vakillarini shunday kasb bor ekanidan va uning yuqori potensialidan xabardor etish maqsadida talabalar uchun tanlov e’lon qildi. Tanlovda barcha davlatlardan, barcha yo’nalishlardan bo’lgan talabalar ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda jamoa bo’lib qatnashiladi. Jamoalarning vazifasi ularga mijoz deb tasavvur qiligan biror yirik kompaniyaga ta’sir qiluvchi o’zgarishlar va ertaga kelib chiquvchi va bugungidan ancha farq qilishi mumkin bo’lgan vaziyatni tahmin qilgan holda kompaniyaga binoni boshqarish masalasida maslahat berish. Yirik kompaniyalarning barchasida hozir yechilishi zarur bo’lgan muammolar mavjud, qatnashchining vazifasi esa shunday yechimlarni ishlab chiqish. Tanlov finalida 2-4 kishidan iborat 3 nafar jamoa qoladi. Ular 2018-yilning 14-17-oktabr kunlari AQShning Boston shahrida bo’lib o’tadigan rasmiy sammitga yo’l oladilar. CoreNet Global North America Summit’ida 3000dan ortiq professional boshqaruvchilar ishtirok etadilar. G’olib deb topilgan jamoa pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlovning rasmiy mavzusi:Identify the potential technology disruptors most likely to impact your client’s global corporate real estate footprint and create short-term and long-term strategies that put corporate real estate at the forefront of technological innovation – and enable business success.”

Grant kimlar uchun?

Talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda g’olib chiqqan jamoaga 5000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti beriladi.

Undan tashqari, qatnashchilar Bostondagi sammitda ishtirok etish uchun ketadigan barcha safar xarajatlari, oziq-ovqat va turar joy bilan ta’minlanadilar.

Talablar:

Qatnashchilar quyidagi talablarga mos bo’lishlari kerak:

  1. Qatnashchi guruh a’zolari bakalavr yoki magistratura kurslari talabalari bo’lishlari kerak. Qatnashchilarning qaysi sohada o’qiyotganlarining ahamiyati yo’q.
  2. Qatnashchilarning ish tajribasi 7 yildan oshmasligi kerak.
  3. Har bir guruhning o’qish joyidan maslahatchisi bo’lishi kerak va u sammitga guruh a’zolari bilan birga borishi zarur bo’ladi. Har bir guruh o’ziga guruh yetakchisi tayinlashi kerak. CoreNet va guruh o’rtasidagi yozishmalar faqat yetakchi bilan bo’ladi.

Tanlov haqidagi batafsil ma’lumotni bu yerdan topasiz.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga kirgan jamoalar quyidagi savollarga javob berishlari kerak (javobning hajmi 350 so’zdan oshmasligi zarur):

  1. Based on the “Business Case” description above, how will your team prepare to compete in Boston? What are your initial plans to research the technological disruptors discussed in this document in order to gain additional insights?
  2. Submit 5-10 questions that you would like answered by the professionals with whom you will interact in Boston in order to better understand the challenges and opportunities of this project.
  3. What unique strengths does your team possess that will enable you to deliver a sound strategy to the CEO? What makes you a winning team and why should you be selected to compete?
  4. In your team’s opinion, what is the single greatest challenge facing multinational corporations today? What is the single greatest opportunity facing multinational corporations today?

Birinchi saralashda shu savollarga eng yaxshi javob bergan jamoalar (3 ta) saralanadi. 2018-yil 7-sentabrda keyingi bosqichga o’tgan jamoalar e’lon qilinadi. Agar saralashdan o’tgan jamoa Bostonga bormaslikka qaror qilsa, AcademicChallenge@CoreNetGlobal.org elektron manziliga bu haqda xabar berishi kerak. 2018-yil 16-oktabrda (sammit vaqtida) shu jamolar o’z taqdimotlarini namoyish etishadi. Taqdimot uchun 15 daqiqa vaqt ajratiladi. Taqdirlash marosimi ham shu kun bo’lib o’tadi.

Saralash jarayoni

Saralash 4 ta me’zon asosida amalga oshiriladi:

  1. Innovatsiya va ijodiy yondashuv (40 ball).
  2. Amalga oshish va amalda qo’llash darajasi (30 ball).
  3. Value Creation.
  4. Sifat va taqdimot izchilligi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!