×

AQSh The University of Arizona: Bakalavriat bosqichini oʻqish uchun 20 000 AQSh dollargacha grantlar


Grant

MUHLAT

01.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1423 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Arizona shtatida joylashgan University of Arizona bakalavriat kurslari uchun 2021-yilgi Global Wildcat Award dasturi doirasida Freshman Global Wildcat Award (bahorgi semestr) grantiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet bakalavr bosqichlarining 1-kurslariga bahorgi semestrdan oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grantlar toʻrt yilgacha beriladi. Grantga nomzod talabaning SAT yoki ACT imtihonlaridan baholari yuqori boʻlishi talab etiladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet bakalavriat yoʻnalishlarida kontrakt toʻlovi 2020-2021-oʻquv yili uchun taxminan 36 600 USD.

Grant yutib olgan nomzodlarga 4 yilgacha muddatga kontrakt pulini qisman qoplash uchun Freshman Global Wildcat Award (bahorgi semestr) granti doirasida 2 000 USD dan 20 000 USDgacha mablag’ ajratiladi.

Dastur nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun yashash, turar joy, oziq-ovqat, oʻquv qurollari va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlarni nomzodning oʻzi toʻlashi lozim boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  2. Nomzod universitetning bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur. GPA 4,0 dan kamida 2,75 ball talab qilinadi.
  4. Nomzod SAT yoki ACT boʻyicha yuqori ballga ega boʻlishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Umumiy holda ingliz tili bo’yicha kamida IELTS 6,0 – 6,5 ball, TOEFL 70-79 balla sertifikati talab qilinadi.
  6. Nomzod attestat/kollej/litsey diplomiga ega boʻlishi lozim.

Talablar haqida batafsil maʻlumotni shu yerdan olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning barcha bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Oʻqishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlarning hammasi grantga da’vogar hisoblanadi. Shuning uchun grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi.

Oʻqishga hujjat topshirish uchun dedlayn muddatlari semestrlarga koʻra farq qiladi. Bahorgi semestrga dedlayn 2020-yil 1-noyabrgacha.

Hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Dastlab shu yerdan qanday qilib hujjat topshirish haqida oʻqib chiqing.
  • Onlayn ariza toʻldirish shu yer orqali amalga oshiriladi.
  • Ingliz tili talablari bilan ham tanishing.
  • Ariza koʻrilishi uchun badal toʻlash kerak.
  • Keyin soʻralgan hujjatlarni tizimga yuklang.
  • Undan soʻng diplom ilovasini yuklang. Diplom ilova/baholar varagʻini pochta orqali quyidagi manzilga joʻnatish kerak:

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Onlayn toʻldirilgan ariza.
  • Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili testi sertifikati.
  • ACT/SAT sertifikati.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
  • AQSh yoki boshqa xalqaro oʻqish standartlariga mos kelmaydigan attestat/diplom topshirilganda 1 yillik Foundation kursidan oʻtish talab qilinishi mumkin.
  • Esse yoki motivatsion xat soʻralishi mumkin.

Barcha topshiriladigan hujjatlar tarkibi: shu yerda berilgan. Ariza berishdan oldin ularni batafsil oʻrganib chiqing.

Nomzodlar grantga ACT va SAT imtihoni baholari, yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichi va aʼlo baholari kabi mezonlar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!