×

AQSh The Washington Post Summer Newsroom Internships: Talabalar uchun yozgi amaliyot dasturi; oylik maosh – 3000 AQSh dollari!


Grant

MUHLAT

07.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1828 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining The Washington Post tashkiloti talabalarni Summer Newsroom Internships dasturida qatnashishga taklif etadi. Dastur The Washington Post tomonidan moliyalashtiriladi. Dastur OAV bilan ishlaydigan/ishlagan/amaliyot oʻtagan kichik, oxirgi kursda oʻqiydigan, yoki tayanch doktoranturaga oʻqishga kirgan talaba-jurnalistlar uchun moʻljallangan. Amaliyot yoz oylarida boʻlib oʻtadi. Dasturda avval kamida bir marta OAV bilan ishlagan yoki OAVda amaliyot oʻtagan nomzodlar ishtirok eta oladi.

Dasturda amaliyotchilar quyidagi vazifalarni bajaradilar:

  • Reporters.
  • Visual Journalists.
  • Multiplatform Editors.
  • Multiplatform Producers.
  • News and Digital Designers.
  • Graphics Reporters and Developers.
  • Audience Producers.
  • Audio Producers.

Grant kimlar uchun?

Kichik, oxirgi kursda oʻqiydigan, yoki tayanch doktoranturaga oʻqishga kirgan talaba-jurnalistlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tashkilotchilar grant yutib olgan nomzodning dasturda ishtirok etadigan yoz oylari davomida haftasiga 750 USD (oyiga taxminan 3000 USD) mablagʻ ajratadi. Dastur nomzodning turar joy xaralatlarini qoplamaydi. Batafsil.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Ushbu dasturga OAV bilan ishlaydigan/ishlagan/amaliyot oʻtagan kichik, oxirgi kursda oʻqiydigan, yoki tayanch doktoranturaga oʻqishga kirgan talaba-nomzodlar ariza topshirishi mumkin.
  2. Nomzod avval kamida bir marta OAV bilan ishlagan yoki OAVda amaliyot oʻtagan boʻlishi lozim.
  3. Nomzod ingliz tilini juda yaxshi bilishi lozim.
  4. Nomzod soha kerakli bilim va tajribaga ega boʻlishi zarur.

Batafsil ma’lumot: shu yerda va shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2020-yil 7-oktabrgacha qabul qilinadi. Dasturga ariza onlayn tarzda topshiriladi. Ariza va barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi kerak. Ariza toʻldirishda hamma maydonlarga soʻralgan ma’lumotlarni yozish kerak.

Grantga ariza berish bilan bogʻliq savollar tugʻilganda newsinterns@washpost.com manziliga murojaat qiling. Ammo yodda tuting, murojaatingiz oʻzingizga qarshi ishlashi, ya’ni, siz haqingizdagi fikrlarni salbiy tomonga oʻzgarishiga sabab boʻlishi mumkin.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Ariza onlayn tarzda toʻldiriladi.
  2. Tizimga CV/resume yuklash kerak.
  3. Tizimga biografiyangiz haqida 500ta soʻzgacha hajmda esse yozib joylash lozim.
  4. 3 ta oxirgi e’lon qilingan ish (nashr, inrervyu, reportaj va h.k.) topshiriladi.
  5. Tavsiyanoma beradigan odamlarning kontekt ma’lumotlarini yozish lozim boʻladi.

Savollar boʻyicha savol-javoblarni oʻqib chiqing.

Natijalar 30-noyabrda maʼlum qilinadi.

Bogʻlanish uchun: newsinterns@washpost.com.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!