×

AQSh: Tulsa universiteti bakalavr kurslarida o’qish uchun 22 000 AQSh dollarigacha grant


Grant

MUHLAT

15.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

907 marta

AQShda joylashgan Tulsa Universiteti oliygohi tomonidan taqdim etiladigan International Leadership Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar Tulsa universitetida mavjud bakalavr kurslarida o’qish uchun ajratilgan. Universitetda ushbu yo’nalishlarda o’quv kurslari mavjud. Grantlar nomzodlarga yuqori test natijalari, baholar, yetakchilik tajribasi va darsdan tashqari erishilgan yutuqlariga asosan belgilanadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantlar nomzodning yutuqlariga asoslangan holda belgilanadi. Grant miqdori yiliga 4 000 AQSh dollaridan 22 000 AQSh dollarigacha bo’lishi mumkin. Grant avvaliga 1 yilga beriladi. Agar nomzod keyingi yil ham Tulsa universitetida o’qisa va birinchi yilda olgan baholari o’rtachasi 4 ballik GPA tizimida 2 balldan past bo’lmasa, keyingi yil ham grant beriladi. Tulsa universitetida o’qish va barcha yashash xarajatlari uchun bir yilga taxminan 65 000 AQSh dollari kerak bo’ladi. Batafsil

Talablar:

  • Grantlarni yutib olish uchun nomzod Tulsa universiteti bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi kerak.
  • Nomzod maktabni, akademik litseyni yoki kollejni tamomlagan bo’lishi yoki o’qishini Tulsa universitetiga qaysi o’quv semestri uchun hujjat topshirgan bo’lsa, shu semestr boshlanishigacha tamomlashi kerak.
  • Nomzodning baholari yuqori bo’lishi, yetakchilik sifatlarini ko’rsatib beruvchi mashg’ulotlarda ishtirok etishi va darsdan tashqari erishgan yutuqlari bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini kamida IELTS 6.0, TOEFL IBT 70(kod: 6883) yoki DuoLingo 100 yoki Cambridge English 162 sertifikatiga ega bo’lishi kerak (faqat bittasi).
  • Nomzod SAT (kod: 6883) yoki ACT (3444) testlarini ixtiyoriy ravishda topshirishi mumkin. Agar bu testlar natijalarini topshirmasangiz ham arizangizga salbiy ta’sir qilmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun bakalavr kursiga hujjat topshirish yetarli. Tulsa universiteti bakalavr kurslariga qabul bir nechta mavsumda bo’ladi. Arizalarni hozirdan boshlab 2021-yil 15-yanvargacha istalgan vaqt yuborish mumkin.

Hujjatlar topshirish uchun onlayn ariza to’ldirishingiz zarur. Arizalar bu yerda yoki bu yerda to’ldiriladi. Kerakli hujjatlar:

  • Til testi sertifikati;
  • SAT/ACT sertifikati (ixtiyoriy);
  • Baholar va diplom (shahodatnoma);
  • Tulsa universitetida 1 yil o’qish va yashashning barcha xarajatlariga yetarli mablag’ning mavjudligi haqida ma’lumotnoma. Bu taxminan 65 000 AQSh dollariga teng.

Savollaringiz bo’lsa, bu yerga bosing. Hujjat topshirish jarayoni bilan batafsil bu yerda tanishing.

Murojaat uchun international@utulsa.edu elektron manziliga xabar yo’llang.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!