×

AQSh universitetidan bepul grafik dizayn kursi


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

5756 marta

Grafik dizayn atrofimda juda ko’p ko’rinishlarda namoyon bo’lishi mumkin: u ekranlarda ham, bosma nashrlarda ham mavjud, ammo u har doim rasm va so’zlardan iborat bo’ladi. California Institute of Art tomonidan bepul taqdim etilayotgan besh kurslik grafik dizayn kursi ma’lumot yetkazishning ana shu usulini o’rganish istagidagilar uchun ajoyib imkoniyat. Ushbu kurslarda grafik dizaynni yaratish uchun zarur bo’lgan asosiy ko’nikmalar ochib beriladi, dizayn yaratish jarayoni, tarixiy kontekst, tasvir yaratish va tipografiya kabilar haqida batafsil ma’lumot beriladi. Ushbu beshtalik kursning har bir qismi nihoyasiga yetganda, o’rganilgan dars bo’yicha talabaning mahoratini oshirish va professional portfel uchun mos bo’lgan loyihalar amalga oshiriladi.

Ushbu asosiy ko’nikma o’quvchilarga grafik dizayn bo’yicha rasmiy o’qish uchun imkoniyat yaratadi va interfeys dizayni, harakat grafikasi va tahririyat dizaynida kelgusida ishlash uchun boshlang’ich bosqich bo’ladi. Ushbu onlayn kurs Coursera platformasiga joylashtirilgan.

Courserada guruh sifatida joylashtirilgan kurslar o’zi qanday bo’ladi? Coursera’da biror ixtisoslik asosida birlashgan kurslar mavjud bo’lib, ular biror ixtisoslik uchun zaruriy ko’nikmalarni egallashga yordam beradigan bir qator kurslardan iborat bo’ladi. Boshida biror ixtisoslik kurslari turkumidan biriga yozilsangiz, turkumdagi boshqa kurslarga ham to’g’ridan-to’g’ri ro’yxatdan o’tgan hisoblanasiz. Kurslarni tugatganlik to’g’risida sertifikatga ega bo’lish imkoniyati ham mavjud.

 

Grafik dizayn kursi ham ixtisoslikka yo’nalgan turkum kurslardan iborat bo’lib, tarkibida quyidagi kurslar mavjud:

  1. Fundamentals of Graphic Design
  2. Introduction to Typography
  3. Introduction to imagemaking
  4. Ideas from the History of Graphic Design
  5. Brand New Brand.

Grant kimlar uchun?

Grafik dizaynni o’rganishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu kurs to’liq onlayn ko’rinishda. Kursdagi ma’lumotlarni ko’rib chiqish va o’rganish bepul, ammo kursni tugatganlik to’g’risida sertifikat uchun to’lov amalga oshirish kerak. Ushbu to’lovni to’lashda qiyinchilikka duch kelayotganlar uchun Coursera’ning grant dasturi ham mavjud. Ushbu grant bilan batafsil bu yerda tanishing.

Talablar:

  1. Kurslar ingliz tilida olib boriladi.
  2. Grafik dizayn ixtisosligi tarkibidagi jami beshta tamomlashga taxminan 6 oy vaqt ketadi.
  3. Kurslarni tamomlaganlik haqida sertifikatga ega bo’lsh uchun barcha imtihonlardan muvaffaqqiyatli o’tish kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Kurslarga istalgan vaqt bu yerda ro’yxatdan o’tish mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!