×

AQSh University of Minnesota: Bakalavr bosqichi uchun 100 000 AQSh dollargacha grant!


Grant

MUHLAT

01.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2510 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Minnesona shtatida joylashgan University of Minnesota 2020-oʻquv yilida boshlanadigan kurslar uchun Global Excellence Scholarships (merit-based awards) dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet bakalavr bosqichlarining 1-kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant toʻrt yilgacha beriladi. Har yili grantga 30% 1-kurs talabalari loyiq topiladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of Minnesota bakalavriat yoʻnalishlarida kontrakt toʻlovi 2019-oʻquv yili uchun taxminan 35 752 AQSh dollar. Yashash, turar joy, oziq-ovqat, oʻquv qurollari va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlar uchun esa chet ellik talaba bir yilga 54 223 AQSh dollar mablagʻ sarflaydi.

Grant yutib olgan nomzodlarga 4 yilgacha muddatga kontrakt pulini qisman qoplash uchun har yilga 10 000, 15 000 yoki 25 000 AQSh dollardan umumiy 100 000 AQSh dollargacha mablagʻ beriladi. Grant muddatini har yiliga uzaytirish ushun oʻzlashtirish koʻrsatkichi a’lo darajada boʻlishi talab qilinadi.

Dastur nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni nomzodning oʻzi toʻlashi lozim boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod universitetning bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod F-1 viza statusida boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Bakalavriatga IELTS kamida 6.5 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning barcha bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Oʻqishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlarning hammasi grantga da’vogar hisoblanadi. Shuning uchun grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi.

Oʻqishga hujjat topshirish uchun dedlayn 1-yanvargacha, ammo grant yutish uchun 2019-yil 1-noyabrgacha hujjat topshirgan ma’qul.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Dastlab shu yerdan qanday qilib hujjat topshirish haqida oʻqib chiqing.
  • 1-kursga qabul talablari bilan: shu yerda tanishing.
  • Onlayn ariza toʻldirish: shu yerda amalga oshiriladi. Ariza toʻldirish uchun 55 AQSh dollar badal toʻlash kerak. Badal toʻlanmaguncha ariza koʻrib chiqilmaydi.
  • Arizangiz holatini Application Tracker  orqali tekshirib boring.

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Onlayn toʻldirilgan ariza.
  • Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 6.5 yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
  • ACT/SAT sertifikati. Majburiy emas, ammo grant olish imkoniyatini oshiradi.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma talab qilinishi mumkin.
  • AQSh yoki boshqa xalqaro oʻqish standartlariga mos kelmaydigan attestat/diplom topshirilganda 1 yillik Foundation kursidan oʻtish talab qilinishi mumkin.
  • Qoʻshimcha esse yoki motivatsion xat soʻralishi mumkin.

Barcha topshiriladigan hujjatlar tarkibi: shu yerda berilgan. Ariza berishdan oldin ularni batafsil oʻrganib chiqing. Oʻqishga kelayotganda barcha rasmiy hujjatlarning asl nusxalari soʻraladi. Ularni muhrlangan konvertda sinov agentligi orqali joʻnatilishi kerak.

Nomzodlar grantga yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichi, aʼlo baholari va ACT hamda SAT imtihoni baholari kabi mezonlar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun:

http://umn.force.com/admissions/KnowledgeTCAdmissionsAskaQuestion

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!