×

AQSh: University of Minnesotada bakalavr bosqichi uchun 60 000 AQSh dollargacha grant!


Grant

MUHLAT

01.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1943 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Minnesona shtatida joylashgan University of Minnesota 2020-oʻquv yilida boshlanadigan kurslar uchun #YouAreWelcomeHere Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet bakalavr bosqichlarining 1-kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant toʻrt yilgacha beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of Minnesota bakalavriat yoʻnalishlarida kontrakt toʻlovi 2019-oʻquv yili uchun taxminan 35 752 AQSh dollar. Yashash, turar joy, oziq-ovqat, oʻquv qurollari va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlar uchun esa chet ellik talaba bir yilga 54 223 AQSh dollar mablagʻ sarflaydi.

Grant yutib olgan nomzodga kontrakt toʻlovidan har yilga 15 000 USD, 4 yilga jami 60 000 USD chegirma qilinadi.

Grant kontraktni qisman qoplaydi. Yashash xarajatlari va kontraktning qolgan qismini talaba toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar vakillari ariza bera oladilar.
  2. Nomzod universitetning bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Bakalavriatga IELTS kamida 6.5 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.
  5. Nomzod oʻrta maktabni AQShdan tashqari davlatda oʻqigan boʻlishi lozim.
  6. Nomzod yaxhi/a’lo baholara oʻqigan boʻlishi kerak.
  7. Nomzod attestat/kollej/litsey diplomiga va kursning maxsus talablariga mos kelishi lozim.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning bakalavriat yoʻnalishlarida oʻqish uchun beriladi. Ariza berishdan avval universitetga qabul uchun hujjat topshirish lozim. Oʻqishga ariza berish uchun dedlayn muddati 2019-yil 1-noyabrgacha, grantga esa 15-noyabrgacha.

Hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Dastlab shu yerdan qanday qilib hujjat topshirish haqida oʻqib chiqing.
  • 1-kursga qabul talablari bilan: shu yerda tanishing.
  • Onlayn ariza toʻldirish: shu yerda amalga oshiriladi. Ariza toʻldirish uchun 55 AQSh dollar badal toʻlash kerak. Badal toʻlanmaguncha ariza koʻrib chiqilmaydi.
  • Arizangiz holatini Application Tracker  orqali tekshirib boring.
  • Grantga ariza berish. 2019-yil 15-dekabrgacha passport@umn.edu manziliga 500-1000 ta soʻzdan iborat esse yoki 2-5 daqiqalik video joʻnating. Esse yoki videoda nmadaniyatlar almashuvi, AQShda oʻqish davomida vaqtingizni qanday oʻtkazmoqchilsiz va qaysi loyiha ustida ishlashni xohlashingiz haqida fikr bering.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi quyidagicha:

  • Onlayn toʻldirilgan ariza.
  • Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 6.5 yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
  • ACT/SAT sertifikati.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma talab qilinishi
  • AQSh yoki boshqa xalqaro oʻqish standartlariga mos kelmaydigan attestat/diplom topshirilganda 1 yillik Foundation kursidan oʻtish talab qilinishi mumkin.
  • Qoʻshimcha esse yoki motivatsion xat soʻralishi mumkin.

Barcha topshiriladigan hujjatlar tarkibi: shu yerda berilgan. Ariza berishdan oldin ularni batafsil oʻrganib chiqing. Oʻqishga kelayotganda barcha rasmiy hujjatlarning asl nusxalari soʻraladi. Ularni muhrlangan konvertda sinov agentligi orqali joʻnatilishi kerak.

Nomzodlar grantga yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichi, aʼlo baholari va ACT hamda SAT imtihoni baholari, esse kabi mezonlar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun:

http://umn.force.com/admissions/KnowledgeTCAdmissionsAskaQuestion; passport@umn.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!