×

AQSh Wichita State University: Bakalavriat kurslari uchun 4 yilgacha qisman grantlar


Grant

MUHLAT

01.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1003 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Kanzas shtatida joylashgan Wichita State University 2021-yilining bahorida boshlanadigan kurslar uchun Global Select Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning bakalavr kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant toʻrt yilgacha beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Wichita State University bakalavriat kurslarida oʻqish uchun kontrakt toʻlovi yiliga 14 800-29 900 USDni tashkil etadi.

Grant yutib olgan nomzodlarga 4 yilgacha muddatga kontrakt pulini 36% qismi chegirma qilinadi. Batafsil ma’lumotlar bilan: shu yerda tanishing.

Dastur grant yutib olgan nomzodning yashash, oʻquv qurollari va tibbiy sugʻurta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni va kontraktning qolgan qismini nomzodning oʻzi toʻlashi lozim boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod universitetning bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur. GPA 4,0 dan kamida 3,0-3,3 boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6.0 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.
  • Universitetda oʻqitiladigan intensiv ingliz tili kurslariga hujjat topshirgan talabalar grantga ariza bera oladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning barcha bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Universitetga oʻqish uchun hujjat topshirgan nomzodlarning hammasi grantga da’vogar hisoblanadi. Ularga grant berish bilan Xalqaro Boʻlim shugʻullanadi. Shuning uchun grantga alohida ariza berish shart emas.

Oʻqishga hujjat topshirish uchun dedlayn muddatlari turlicha. Bahorgi semestrga hujjat topshirish dedlayni 2020-yil 1-noyabrgacha.

Hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Dastlab shu yerda berilgan hujjat topshirish tartibi bilan tanishib chiqing. Hujjat topshirish va tekshirish uchun 75 dan 250 USDgacha badal toʻlash kerak.
  • Keyin onlayn tarzda ariza toʻldiriladi. Arizani ta’lim agenti orqali ham topshirish mumkin. Qogʻoz variantda topshirish uchun esa, Application Formni yuklab olib, chop etish va aviapochta orqali joʻnatish mumkin.
  • Topshirladigan hujjatlarni tayyorlang.
  • Barcha hujjatlarning PDF formatidagi skan nusxasi topshiriladi.

Kerakli hujjatlar tarkibi:

Qaysi kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab boshqa hujjatlar talab qilinishi mumkin. Savollar tigʻilganda operator@wichita.edu manzili orqali aniqlang. Barcha hujjatlarni PDF formatida ism-sharif bilan saqlash va joʻnatish kerak. Masalan: Nodira Rustamova Transcript.pdf kabi. Rasmiy hujjatlarning qogʻoz variantini oʻqishga borayotganda olib borasiz.

Nomzodlar grantga, yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichi va aʼlo baholari ACT va SAT ballari, ingliz tilini bilishi kabi mezonlar asosida saralanadilar.

Natijalar hujjatlar qabul qilingandan keyin tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun: operator@wichita.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!