×

AQShda yoshlar uchun xalqaro sammit


Grant

MUHLAT

05.10.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

3792 marta

Jahon Banki tomonidan “Unleashing the Power of Human Capital” mavzusida tashkillashtirilgan xalqaro sammitda ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Bu sammit Jahon bankining maqsadlari hisoblangan qashshoqlikni yo’qotish va umumiy ravnaqqa erishish, hamda BMTning Barqaror Taraqqiyot Maqsadlari (Sustainable Development Goals)ga muvofiq holda tashkil etilgan. Sammitning maqsadi bolalarning ta’lim va kerakli parvarish olishi hamda kattalarda zaruriy mahorat va ko’nikmalarni shakllantirish masalalariga innovativ yechimlar topish.  Sammitda dunyoning barcha hududlari vakillari o’zlarining iqtisodiyotda inson kapitalini oshirish bo’yicha innovativ g’oyalari bilan ishtirok etishadi. Sammitda quyidagi mavzular bo’yicha ishtirok etishingiz mumkin:

Pillar I: Building the foundations of human capital. Mavzular:

  1. Infant care and/or maternal health
  2. Childhood and/or early youth education
  3. Childhood health and/or nutrition

Pillar II: Maximizing individual potential. Mavzular:

  1. Life-long learning & training
  2. Adult & elderly health

Sammit AQShning Vashington shahrida 2018-yilning 3-4-dekabr kunlari bo’lib o’tadi.

Grant kimlar uchun?

18-35 yoshdagilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Finalga chiqqan individual ishtirokchilar va finalchi jamoadan bir ishtirokchining sammitda qatnashish, 3 kun davomida Vashingtondagi turar joy va transport xarajatlarini qoplab beradi. Lekin sammitda qatnashish uchun Vashingtonga borish va kelish xarajatlari qoplanmaydi.

Talablar:

Sammitda qatnashish istagidagi nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishlari kerak:

  1. Nomzod Jahon Bankiga a’zo davlatlardan biri fuqarosi bo’lishi kerak. Bu davlatlar ro’yxatida O’zbekiston ham bor.
  2. Nomzodlarning yoshi 2018-yil 5-oktabrda 18-35 yoshda bo’lishi zarur. G’oyalarni yakka tartibda yoki 3-4 kishilik guruh sifatida taqdim etish mumkin. Har bir shaxs yoki guruh faqat bittadan g’oya bilan ishtirok etishi mumkin.
  3. Sammit oldi saralash jarayoni Musobaqa deb yuritiladi. Musobaqada qatnashish uchun irq, millat, davlat yoki jinsga oid cheklovlar yo’q. Lekin Jahon Bankida ishlaydigan shaxslar musobaqada qatnashishlari mumkin emas. Qatnashish shartlari va talablari haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

Musobaqaga taqdim etiladigan loyihaga talablar

Musobaqada qatnashish uchun har bir shaxs yoki guruh bittadan g’oya taqdim etishlari zarur. G’oya taklif ko’rinishida berilishi va bu taklif quyidagi texnik talablarga javob berishi zarur:

  1. Takliflar ingliz tilida yozilishi zarur.
  2. Taklif kiritilgan hujjatda g’oyaning umumiy mazmuni ifodalangan 3-5 gapli tanishtiruv qismi bo’lishi kerak. Bu matnda g’oya mavzusi, harakatlar yo’natiltirilayotgan muammo va g’oya bu muammoga qanday yechim taklif qilishi yoritib berilishi zarur.
  3. Taklifning umumiy uzunligi 1000-2500 so’z atrofida bo’lishi va hajmi 4 sahifadan oshmasligi kerak. Bu chegaraga barcha suratlar, grafiklar, sarlavha va izohlar ham kiradi.
  4. Taklif hujjatining birinchi sahifasida quyidagi ma’lumotlar yozilishi shart: a) qatnashchining, yoki bir guruhning barcha qatnashchilarining ism-shariflari; b) ular qaysi davlat nomidan qatnashishayotgan bo’lsa, shu davlatning nomi, c) hujjatning hajmi (ya’ni nechta so’zdan iboratligi).

Dasturga qabul jarayoni:

Sammitda 3-4 kishilik kichik guruhlar yoki yakka shaxslar qatnashishlari mumkin. Qatnashchilar bolalar ta’lim va tarbiyasi hamda kattalar mahoratini oshirish muammosiga innovativ yechim bo’la oladigan biror xizmat, mahsulot, dastur yoki loyiha ishlab chiqishlari va bu loyiha yuqorida ko’rsatilgan kategoriyalar ostidagi biror bir muammoning yechimiga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Eng umidli deb topilgan loyihalar saralab olingach, loyiha mualliflari AQShning Vashington shahrida bo’lib o’tadigan xalqaro sammitda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’lishadi. Agar musobaqada qatnashmoqchi bo’lsangiz, yuqoridagi talablarga javob bergan holda taklif tayyorlagach, uni 2018-yil 5-oktabrdan kechiktirmagan holda bu yer orqali taqdim eting. Bunda sizdan o’zingiz va/yoki jamoangiz haqida qisqacha ma’lumot berish so’ralishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni

Sammitgacha saralash bir 3 bosqichda o’tkaziladi.

Birinchi bosqichda qatnashchilar tomonidan arizalar va ular taklif qilayotgan g’oyalar 2018-yil 5-oktabrgacha qabul qilinadi. Bu takliflar ichidan eng yaxshi deb topilganlari saralab olingach, sammit tashkilotchilari noyabr oyida keyingi bosqichga o’tgan qatnashchilar bilan bog’lanib, ular taqdim etgan g’oyalar bo’yicha fikr va maslahatlar berishadi.

Ikkinchi bosqichda saralashda berilgan maslahat va fikrlarga amal qilgan holda o’z takliflarini eng samarali takomillashtirgan qatnashchilar tanlab olinadi.

Uchinchi bosqich final hisoblanib, saralash jarayoni shu yerda nihoyasiga yetadi va shu yergacha yetib kelgan qatnashchilar dekabrda bo’ladigan sammitdagi namoyishga tayyorgarlik ko’ra boshlashadi. Sammitga g’olib jamoalardan faqat bittadan qatnashchi borishi mumkin, bunda guruhlar o’zlari uchun vakil saylashlari kerak boladi. Sammitning ikkinchi kuni qatnashchilarning namoyishlariga bag’ishlanadi. Qatnashchilar o’z g’oyalarini omma oldida namoyish qilihhayotganda voqea to’g’ridan-to’g’ri efirga uzatiladi. Namoyish so’nggida hay’at a’zolari tomonidan bir nafar, tomoshabinlar tomonidan bir nafar g’olib aniqlanadi.

Ma’lumot uchun youthsummit@worldbank.org elektron manziliga murojaat qilishingiz yoki rasmiy saytdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!