×

AQSh: xotin-qizlar uchun barcha xarajatlari qoplanadigan 5 kunlik seminar!


Grant

MUHLAT

30.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

3153 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Nyu Meksiko shtatida joylashgan School for Advanced Research (SAR) tashkiloti SAR Advanced Seminar: Women And Development In The Global South seminarida qatnashishga taklif etadi. Ushbu seminar lider, tadqiqotchi ayollar uchun moʻljallangan boʻlib, jamiyatda ayollarning hayoti, turmush tarzini yaxshilash uchun tashkil qilingan. Seminar Vera R. Campbell Foundation tomonidan moliyalashtiriladi. Seminarda oilada ayollarga zoʻrlik ishlatish masalalari va ayollarning huquqlarini himoya qilish muammolari hal etiladi. Grant 5 kun davomida seminarda qatnashuvchi 10 nafar nomzodning barcha xarajatlarini qoplaydi. Seminarda rivojlanayotgan davlatlar vakillari ishtirok eta oladilar.

Grant kimlar uchun?

Xotin-qizlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Seminarda ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritgan nomzodlarning Amerika Qoʻshma Shtatlarida seminarda qatnashish vaqtida yashash va borib-kelish uchun barcha xarajatlari qoplab beriladi. Batafsil: SHU YERDA.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Oʻzbekiston fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
  2. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  3. Nomzod ayol kishi boʻlishi kerak.
  4. Nomzod tadqiqotchi yoki gender sohasi boʻyicha amaliyotchi boʻlishi lozim.
  5. Nomzod ayollarning oiladagi zoʻravonlik qurboni boʻlishi va ularning huquqlarining buzilishi muammolari boʻyicha bilimga ega boʻlishi kerak.
  6. Intiluvchan va mavzu boʻyicha bilimlarini yanada chuqurlashtirish istagida boʻlgan nomzodlar qabul qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Seminarga arizani toʻliq toʻldirilgan holda soʻralgan hujjatlar bilan birga spray@sarsf.org elektron pochtasiga joʻnatish kerak. Hujjatlar 2019-yil 30-aprelga qadar qabul qilinadi.

Hujjatlar tarkibi:

Ariza. Arizani koʻrsatilgan barcha qismlari koʻrsatilgan holda toʻldirish kerak. Ariza quyidagi maʼlumotlarni qamrab oladi:

  • 150 soʻzgacha annotatsiya.
  • Taklif (seminar loyihasi). Loyiha 6 betgacha hajmda va ikki intervalda quyidagi talablarga rioya qilib yoziladi:
  • Seminar mavzusi va muhokama uchun savollar.
  • Mavzu antropologiya va/yoki antropologiyadan tashqari fanlar uchun qanday ahamiyatga egaligi.
  • Seminar mavzusini nima uchun koʻrib chiqish uchun muhimligi.
  • Seminarning dolzarbligi.
  • Seminarda kimlar qatnashishi mumkinligi.
  • Seminardan kutilayotgan natijalar.
  • Qisqacha adabiyotlar roʻyxati.
  • Rezyume yoki tarjimai hol.

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  1. Taklif (seminar loyihasi)ning taqdimoti.
  2. Seminarning ahamiyati.
  3. SAR ning maqsad va vazifalariga taklif etilayotgan mavzuning mosligi.
  4. Tadqiqotning sifati.
  5. Seminarning aynan hozir (yoki yaqin boshqa muddat) ichida oʻtkazilishi nima uchun muhimligi.
  6. Tashkilotchi (nomzod)ning qobiliyati.
  7. Seminarda qatnashuvchilarning seminar mavzusiga mos kelishi.

2019-yilning iyun oyida elektron pochta orqali maʼlum qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

Elektron manzil: spray@sarsf.org

Telefon: 505-954-7237

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!