×

AQSh: Xotin-qizlar uchun Vashingtonda 3 kunlik sammit – grant 1000 AQSh dollari va bepul ishtirok; joy – 400 ta!


Grant

MUHLAT

15.02.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

3562 marta

United Nations Foundation tomonidan 2010-yilda ayollarning ijtimoiy tengligini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan Girl Up Harakati butun dunyodan 400 dan ortiq xotin-qizlarni Amerika Qoʻshma Shtatlari Vashington shtati Kolumbiya okrugida 15-17-iyul kunlari boʻlib oʻtadigan 3 kunlik 2019 Girl Up Leadership Summitda qatnashishga taklif etadi. Sammitning barcha xarajatlari tashkilot tomonidan qoplanadi. Sammitda ayollarning huquqlarini himoya qilish va gender tengligini taʼminlash bilan shugʻullanuvchi ayollar ishtirok etishlari mumkin. 3 kun mobaynida yosh liderlar tajribali spikerlar olib boradigan seminarlar, savol-javob va munozaralarda fikr almashadilar.

Grant kimlar uchun?

13-22 yoshgacha boʻlgan xotin-qizlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Qatnashish uchun stipendiyani qoʻlga kiritgan nomzodlarga transport, ovqatlanish uchun qilingan xarajatlarini qoplash maqsadida 1000 AQSh dollari stipendiya beriladi hamda sammitda roʻyxatdan oʻtish puli – 119 AQSH dollar toʻlab beriladi. Batafsil: SHU YERDA.

Talablar:

Sammitda ishtirok etmoqchi boʻlgan nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. 13-22 yoshgacha boʻlgan ayol jinsiga mansub nomzodlar ariza topshirishlari mumkin.
  2. Millat va fuqarolikka oid cheklovlar mavjud emas.
  3. Nomzod katta yoshlilar uchun oʻzi ishlab chiqqan dasturga ega boʻlishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilida muloqot qila olishi kerak.

Nomzodlar gender muammolaridan xabardorligi, ijtimoiy faolligi, oʻziga ishonganligi va liderligi, ingliz tilini bilishi, ishlab chiqqan dastur mazmuniga koʻra saralanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2019-yil 15-fevralgacha qabul qilinadi. Ariza onlayn tarzda SHU YERDA toʻldiriladi.

Arizada shaxsga id savollarga javob berish bilan bir qatorda quyidagi savollarga ham javob berilishi kerak bo’ladi:

  1. Why is attending the 2019 Girl Up Leadership Summit important to you? (150-300 words)
  2. What is one skill you hope to gain by attending the 2019 Girl Up  Leadership Summit? How will you take this skill back to your community? Be as specific as possible. (150-300 words)

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!