AQShning SheBegan Women’s Magazine jurnali barcha bosqichlarda oʻqishni xohlovchi xotin-qizlar uchun International Scholarship for Women 2020-2021 grant dasturini e’lon qiladi. Ushbu dasturga 2020-yilning kuzgi semesteridan boshlab AQSh universitetlarining bakalavriat, magistratura yoki PhD bosqichlarida oʻqish yoki postdoktorlik tadqiqotini olib borishni xohlovchilar hujjat topshirishi mumkin. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli ayol jinsiga mansub talabalarni iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash.
Grant kimlar uchun?
Barcha bosqichlarda oʻqishni xohlovchi xotin-qizlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodlarga bir yil muddatga quyidagi imkoniyatlar beriladi:
- Sunlife insurance company tomonidan tibbiy sugʻurta olib beriladi.
- Aviachipta uchun bir martalik 1600 USD mablagʻ va 1200 USD oylik stipendiya
- Bakalavriat talabalariga kontrakt pulini qoplash uchun 18 000 USD va 1 200 USD oylik stipendiya beriladi.
- Magistratura talabalariga kontrakt pulini qoplash uchun 28 000 USD va 1 600 USD oylik stipendiya beriladi.
- PhD bosqichi talabalariga kontrakt pulini qoplash uchun 26 000 USD va 1 800 USD oylik stipendiya beriladi.
- Postdoktorlik tadqiqotlariga 26 000 USD va ehtiyojdan kelib chiqib turlicha hajmda stipendiya beriladi.
- Oʻquv adabiyotlari uchun yiliga 1 000 USD beriladi.
Grant dasturi ilmiy maqolalarni nashr etish, sayohat, oʻqishning boshqa yillari uchun kontrakt toʻlovi, laboratoriya jixozlari va oila a’zolari uchun xarajatlar kabi boshqa sarflarni qoplamaydi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod Erondan tashqari istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
- Nomzod ayol jinsiga mansub boʻlishi kerak.
- Nomzod AQSh universitetlaridan biriga oʻqishga kirish zarur.
- Nomzod tanlangan universitetda qabul qilingan yosh va bosqich talablariga mos boʻlishi kerak.
- Nomzod 2020-yil 15-aprelgacha oʻqishga taklifnomani olgan boʻlishi lozim.
- Nomzod oʻrta, oʻrta-maxsus, bakalavr, magistr darajalaridan biri egasi boʻlishi kerak.
- Nomzod rant tugagach oʻz vataniga qaytishi kerak.
- Nomzod grant yutib olgandan keyin tashkilotchi bilan majburiy shartnoma imzolaydi, ya’ni u oʻz rejasini tuzishi va bajarish majburiyatini boʻyniga oladi.
- Nomzod ingliz tilini bilishi kerak.
Talablar bilan batafsil shu yerda tanishing.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant AQSh universitetlaridan birining AQSh universitetlarining bakalavriat, magistratura yoki PhD bosqichlarida oʻqish yoki postdoktorlik tadqiqotini olib borishuchun beriladi. Hozir 2020-yilning kuzidan boshlanadigan kurslarga hujjat topshirish mumkin. Oʻqishga hujjat topshirish va talablar, hujjatlar tarkibi hamda delayn sanalari tanlangan oliygohdan aniqlanadi. Grantga hujjat topshirish uchun 2020-yil 15-aprelgacha oʻqishga qabul qilinish kerak. Grantga dedlayn – 2020-yil 20-aprelgacha.
Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- Avval oʻqishga hujjat topshiring.
- Oʻqishga kirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablarini tanlanan universitetdan aniqlang.
- 2020-yil 15-aprelgacha oʻqishga taklifnomani oling.
- Undan soʻng grantga ariza bering.
- Hujjat topshirishdan avval Applcation submission sahifasini diqqat bilan oʻqib chiqing.
- Shu yerdan ariza shaklini yuklab olib, toʻldiring.
- AQSh universitetidan oʻqishga qabul qilinganlik haqidagi xat hamda kerakli hujjatlarni ilova qiling.
Hujjatlar tarkibi (taxminiy):
- Toʻldirilgan ariza.
- AQSh universitetidan oʻqishga qabul qilinganlik haqidagi xat
- Ingliz tili sertifikati.
- CV/Rezyume.
- 2 ta tavsiyanoma.
- Research proposal yoki oʻquv rejasi.
- Motivatsion xat.
Topshiriladigan hujjatlar bilan shu yerda batafsil tanishing.
Barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi, ingliz tilida boʻlmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Shuningdek, tanlangan sohaga qarab qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Toʻliq ma’lumotlarni sizni qiziqtirgan universitet sahifasidan aniqlang.
Bogʻlanish uchun: admin@shebegan.com manziliga murojaat qiling.