×

AQSh: Yoshlar uchun barcha xarajatlari qoplanadigan 10 kunlik trening!


Grant

MUHLAT

17.04.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

8119 marta

AQShning Nyu York shahrida joylashga Miracle Corners of the World notijorat tashkiloti 2020-yilgi Young Leaders Access Program dasturi uchun arizalar qabul qilinmoqda. Dastur oʻz jamiyatida lider boʻlishni xohlovchi yoshlar uchun moʻljallangan. Dastur 2020-yilning 21-30-iyul kunlari New York shtatining New York City va Vermontning Burlington shaharlarida boʻlib oʻtadi. Dastur qantashchilarga oʻzlarining ijobiy gʻoyalarini amalga oshirish uchun mahorat va koʻnikmalarni shakllantirish imkonini beradi.

Dastur 3 bosqichdan iborat shaklda amalga oshiriladi.

  1. Yozgi trening. Dastur AQShning Burlington, Vermont va Nyu York shaharlarida amalga oshiriladigan 10 kunlik treyning bilan boshlanadi. Treyning davomida ishtirokchilar liderlik mahorati, global fuqarolik va biror proyektni boshidan oxirigacha davom ettira olish mahorati kabi masalalarga qaratiladi.
  2. Proyekt rejasini tuzish. Ishtirokchilar dasturga biror bir ijtimoiy muammo va uni hal qilish haqidagi fikri bilan kelishi kerak. Dastur davomida ishtirokchilar shu muammoni yechish/hal qilish boʻyicha ishlaydilar va 2-bosqichda ushbu muammoni hal qilish rejasini tuzishadi. Bu bosqich 12 oy davom etadi.
  3. Mentorlik va ishtirokchilarni qoʻllab quvvatlash. Ushbu bosqichda ishtirokchilar tomonidan tuzilgan rejalarni amalga oshirish uchun tashkilot tomonidan turli maslahat va koʻmak beriladi.

Grant kimlar uchun?

18-26-yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur tashkilotchilari ishtirokchilarning AQShdagi yozgi treningda (10 kunlik) ishtirok etishi bilan bogʻliq quyidagi xarajatlarini qoplab beradi:

  • AQSh ichidagi dastur yuzasidan yoʻl xarajatlari qoplanadi;
  • Treyning davomida turar joy va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarlari ariza bera oladi. Biroq nomzod AQSHda istiqomat qilayotgan boʻlishi kerak (oʻqish, ish yoki boshqa qonuniy asosda).
  • Nomzod oʻz jamiyati rivoji uchun jon kuydiruvchi shaxs boʻlishi kerak.
  • Nomzod jamiyatida mavjud birorta muammoni aniqlay olishi kerak.
  • Nomzod 18-26 yosh orasida boʻlishi kerak.
  • Nomzod yozma va ogʻzaki ingliz tili yaxshi boʻlishi kerak.
  • Nomzod 10 kunlik yozgi treyningga qatnasha olishi va oʻz rejasi asosida ishlay olishi kerak.
  • Nomzod viza olishga toʻsqinlik qiladigan holatlarga ega boʻlmasligi kerak.
  • Nomzod mentorlik maslahatini olish, tashkilot bilan masofadan birgalikda ishlash uchun internetda ishlash koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.

Talablar bilan batafsil shu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2020-yil 17-fevraldan 2020-yil 17-aprelgacha qabul qilinadi.

Ushbu dasturga arizalar onlayn tarzda topshiriladi. Bu uchun nomzod onlayn arizani toʻldirishi kerak. Onlayn ariza quyidagilardan iborat:

  • Nomzod haqidagi umumiy ma’lumot.
  • Insho savollari. Quyidagi savollar mavjud: 1. Identify an issue in your community that concerns you. How would you address this issue? 2. Describe one time you have faced a challenge and used a leadership skill to come up with a solution.
  • Rezyume Times New Roman 12 shriftda yozilishi, qatorlar orasi 1 interval boʻlishi va 1 sahifadan oshib ketmasligi kerak.
  • Ikkkita tavsiyanoma.
  • Shartlar bilan tanishish va mos yoki mos emasligini aniqlash hamda shartlarni qabul qilish. Onlayn ariza topshirishning oxorida shartlar chiqadi va nomzod uni oʻqib chiqishi kerak.

Ma’lumot uchun: shu yerga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!