×

AQShda haq to’lanadigan amaliyot – oyiga 1000 AQSh dollari


Grant

MUHLAT

30.06.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

5946 marta

AQShda joyashgan Birmingem san’at muzeyi (Birmingham Museum of Art) san’at, san’at tarixi, muzeyshunoslik yoki shunga o’xshash sohada o’qiyotgan bakalavriat, magistratura yoki PhD talabalariga haq to’lanadigan amaliyot o’tash va shu orqali o’z amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish imkoniyatini taqdim etadi. Amaliyot 2018-yilning sentabr oyidan boshlanadi.

Amaliyot o’tash muddati – 1 yil. Shu bir yil davomida amaliyotchi Muzeyning 4ta – Kuratorlik, Ta’lim, Ro’yxatga olish va Rivojlantirish (Curatorial, Education, Registration, and Development) bo’limlarida amaliyot o’taydi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat, magistratura yoki PhD bosqichida san'at, san'at tarixi, muzeyshunoslik yoki shunga o'xshash sohada o'qiyotganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dasturda qatnashishni qo’lga kiritganlar quyidagi imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  • Oyiga 1000 AQSh dollari miqdorida ish haqi to’lanadi;
  • Amaliyot to’liq stavkali hisoblanmaydi (ya’ni kun bo’yi muzeyda ishlanmaydi).

Talablar:

Ushbu dasturga ariza topshirmoqchi bo’lgan nomzod san’at, san’at tarixi, muzeyshunoslik yoki shunga o’xshash sohada o’qiyotgan bakalavriat, magistratura yoki PhD talabasi bo’lishi kerak.

Topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar:

  • Onlayn ariza.
  • Qisqa motivatsion xat.
  • Nomzod nega ushbu amaliyotga qiziqqanini, ushbu dasturdan nima kutayotganini va o’zi Muzey faoliyatiga qabday hissa qo’sha olishini izohlovchi qisqa izoh (500 so’zdan oshmasligi kerak).
  • 2ta tavsiyanoma.
  • Hozirgacha olingan baholar ro’yxati.
  • CV va boshqa nomzodning mahorati, ish tajribasini ko’rsatuvchi hujjatlar.

Yuqorida sanab o’tilgan hujjatlarning deyarli barchasi onlayn tarzda ariza topshirilayotganda so’raladi. Onlayn arizaga ilova qila olmaydigan, lekin ahamiyatli bo’lgan hujjatlar aforschler@artsbma.org elektron manziliga yoki quyidagi manzilga yuborilishi mumkin:

Anne Forschler-Tarrasch
Birmingham Museum of Art
2000 Rev. Abraham Woods, Jr. Blvd.
Birmingham, AL, 35203-2278.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!