AQShing Vashington shahrida joylashgan American University universitetining bakalavr kurslari uchun ajratilgan Emerging Global Leader to’liq grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur doirasida 1 nafar talabaga to’liq grant ajratilishi rejalashtirilgan. Bundan maqsad Universitetga o’qishga qabul qilingan talabalar ichida eng munosib deb topilganiga o’qishni moddiy jihatdan yengillashtirish. Bu grant yuqori baholarga o’qigan, o’zida yuksak yetakchilik qobiliyatini namoyon qiladigan va dunyo masalalariga chuqur qiziqish bildiradigan iqtidorli talabaga beriladi.
American University’da mavjud fakultetlar bilan bu yerda tanishing.
Grant kimlar uchun?
Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Emerging Global Leader grantini yutib olgan talabaning o’qish kontrakti, turar-jot va oziq-ovqat xarajatlari, ya’ni talaba American University’ga to’lashi kerak bo’lgan xarajatlar (billable expenses) qoplab beriladi. Grant talaba o’qishni tugatgunigacha, ya’ni 4 yil davomida to’lab beriladi, lekin buning uchun talaba a’lo baholarga o’qishi zarur, aks holda grant to’xtatiladi.
Grant safar xarajatlari, tibbiy sug’urta va shu kabi Universitetga to’lanmaydigan xarajatlarni o’z ichiga olmaydi.
Talablar:
Emerging Global Leader granti quyidagi talablarga eng mos talabaga taqdim etiladi:
- Nomzod AQSh fuqarosi bo’lmasligi kerak.
- Nomzod yuqori maktab (9-12-sinflarga to’g’ri kelishi nazarda tutilgan), kollej yoki litseyni 2017-yildan keyin tamomlagan bo’lishi zarur.
- Nomzod AQSh yoki boshqa davlatdagi boshqa bakalavr kursida o’qishni boshlagan bo’lishi mumkin emas.
- Nomzod ingliz tilida erkin so’zlasha olishi shart. Ingliz tili chet tili hisoblangan davlat fuqarolari kamida IELTS 7 yoki TOEFL IBT 95 (PBT – kamida 600) natijalarga ega bo’lishlari kerak. TOEFL PBT natijalarini topshirayotgan nomzodlar imtihonni 2017-yil maydan keyin topshirgan bo’lishlari kerak.
Saralash jarayonida quyidagi talablarga mos nomzodlarga ustunlik beriladi:
- Nomzod o’qishini hali tugatmagan, so’nggi kursni 2019-yil bahorida tugatayotgan bo’lishi kerak.
- Nomzod hayoti davomida turli qiyinchiliklarga uchragan va ularni yengib o’tib, qiyin vaziyatda ham yaxshi natijalarga erishgan bo’lishi kerak.
- Nomzod 4 ballik GPA tizimida kamida 3.8 ball to’plagan bo’lishi yoki 9-12-sinflarda eng yuqori baholarga o’qigan 10% tengdoshlari safida bo’lishi kerak.
- Nomzod yetakchilik, ko’ngilli ishlar, jamiyat rivojiga xissa qo’shish kabi ishlarda faol bo’lgan bo’lishi lozim.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantga hujjat topshirish uchun onlayn ariza to’ldirish va undagi 1-4-savollarga javob berish zarur.
Hujjat topshirish jarayonida quyidagilar ham amalga oshirilishi kerak:
- Nomzod bankdan (qo’yilgan mablag’ miqdori haqida) xat va grant uchun Certification of Finances (AU CFIS) taqdim etishi zarur. Bu hujjatlarning har biri kamida 4000 AQSh dollarini qayd etishi kerak. Batafsil
- Nomzod IELTS yoki TOEFL testlari natijalarini ham jo’natishi zarur. Sertifikatlar admissionsdocuments@american.edu elektron manziliga yuborilishi kerak.
- Universitetning o’ziga ham ariza topshirish kerak, bunda kerakli hujjatlarni ham ilova qilish shart. Aytib o’tilgan barcha qadamlarni bosib o’tmagan va chala ariza topshirgan nomzodlarning arizalari ko’rib chiqilmaydi. Hujjatlar yetishmasligi yoki arizalarning kech topshirilishi ham arizaning bekor qilinishiga olib keladi.
Ma’lumot uchun intadm@american.edu elektron manziliga murojaat qilishingiz yoki rasmiy saytdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.