×

AQShda amaliyot o’tash uchun to’liq grant


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

4926 marta

Atlas Corps tashkilotining xalqaro hamkorlik dasturi har yili eng umidli ijtimoiy liderlarni hamkorlikka chaqiradi. Dasturning maqsadi ijobiy ijtimoiy o’zgarishlarga o’z hissasini qo’shmoqchi bo’lgan iqtidorli yosh kadrlarni saralab olish va ularning turli martabali tashkilotlarda amaliyot o’tashiga yordam berishdir. Atlas Corps doirasidagi amaliyot dasturlari 12 oydan 18 oygacha davom etadi va yilning turli oylarida boshlanadi.

Amaliyot o’tash sohasi aniq belgilab qo’yilmagan. Nomzodlar amaliyo o’tashi mumkin bo’lgan tashkilotlar nachagina. Ushbu tashkilotlar ro’yxati bilan SHU YERDA tanishing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr darajasiga va ish tajribasiga ega ko’ngillilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Amaliyotchilarning quyidagilarga ketadigan harajatlari dastur doirasida qoplab beriladi:

  1. Tibbiy sug’urta.
  2. Atlas Corps Global Leadership Lab ga a’zo bo’lish.
  3. Aviachiptalar va viza harajatlari.
  4. Oziq-ovqat, ijarada yashash va mahalliy yo’l harajatlarini qoplashga yetarli oylik mablag’.

Talablar:

  1. Nomzod 2 yoki ko’proq yillik ish tajribasiga ega bo’lishi kerak.
  2. Bakalavr darajasiga ega bo’lishi lozim.
  3. Ingliz tilida erkin muloqot qila olishi kerak (og’zaki, yozma va o’qish).
  4. 35 yosh yoki undan kichik bo’lish kerak.
  5. Amaliyot tugagach o’z vataniga qaytishga tayyor bo’lishi kerak.
  6. Dastur doirasida beriladigan oylik mablag’ hisobigagina yashashga tayyor bo’lish lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar yil davomida uzluksiz qabul qilinadi. Amaliyotchilarni qabul qiluvchi tashkilotlarga saralash yanvar, mart, may, iyul, sentabr va oktabr oylarida o’tkazilishi sababli ko’ngillilar iloji boricha tezroq ariza topshirishlari tavsiya etiladi. Ariza topshirish va uning ko’rib chiqilishi murakkab jarayon hisoblanib unda quyidagi bosqichlar mavjud:

1.      Onlayn ariza topshirishning Birinchi qismi: nomzod o’z akkauntini yaratib dastur doirasidagi talablarga javob berishini ko’rsatadi va keyinchalik o’zi haqida ma’lumotlarni kiritadi. Nomzodning dastur talablariga javob berilishi tasdiqlangach qo’shimcha ma’lumotlar so’raladi.

2.      Onlayn arizaning Ikkinchi qismi (chaqiruv qog’oziga ko’ra): Atlas Corps arizaning birinchi qismidan saralab olingan nomzodlarni ikkinchi qismga taklif etadi. Bu qismda nomzodning shaxsini aniqlashtirishga e’tibor qaratiladi. Nomzodning professional faoliyati va shaxsi bilan tanish shaxslar tomonidan tavsiyanomalar so’raladi.

3.      Atlas Corps tomonidan suhbat (chaqiruv qog’oziga asosan): Atlas Corps arizalarning ikkinchi qismini ko’rib chiqadi va navbatdagi saralashdan o’tgan nomzodlar bilan Skype orqali suhbat o’tkazadi.

4.      Mezbon tashkilotlarga saralash bosqichi: Atlas Corpsning onlayn suhbatidan muvaffaqqiyatli o’tgan nomzodlar amaliyotchilarni qabul qiluvchi tashkilotlarning talablariga asosan guruhlab chiqiladi va shu tashkilotlarga tavsiya etiladi.

5.      Mezbon tashkilotlar tomonidan suhbat: amaliyotchilarni qabul qilishi kerak bo’lgan tashkilotlar Atlas Corps tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar bilan video suhbatlar o’tkazadi.

6.      Yakuniy natijalar va viza olish: tashkilotlar o’zlari tanlagan nomzodlarni Atlas Corpsga ma’lum qiladilar. Qabul qilingan amaliyotchilar AQSh elchixonalariga J-1 viza uchun murojaat qilishlari kerak. Atlas Corps amaliyotchilarga viza olishga ko’mak beradi.

Nomzodlar ariza topshirganlaridan natijalar e’lon qilingunga qadar bir necha oy vaqt ketadi. Arizalar yaxshilab tekshirilgach, iloji boricha tezroq topshirilishi tavsiya etiladi.

Grant e'lon qilgan tashkilot:

Atlas Corps

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!