×

Stenford universiteti (AQSH): Magistratura va doktorantura uchun 100 tagacha to’liq grant va oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

09.10.2024

QOLGAN VAQT

116 kun

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

61431 marta

AQShda joylashgan Stenford universitetida magstratura va doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun Knight-Hennessy Scholars” grant dasturini taklif etiladi. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Ushbu grant har yili e’lon qilinadi.

Bu grant odatda har yili 100 nafargacha talabaga ajratiladi.

Maʼlumot uchun: Stenford universiteti duyoning eng nufuzli universitetlaridan biridir. Jumladan, 2024-yil may oyi holatiga koʻra, Stenford universiteti dunyodagi eng kuchli oliygohlar roʻyxatida 2-oʻrinni egallab turibdi (THE reytingi boʻyicha).

Grant kimlar uchun?

Magistratura yoki doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qo’lga kiritgan nomzodlar quyidagi imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  • Kontrakt puli va oʻqish bilan bogʻliq boshqa badallar toʻliq toʻlab beriladi.
  • Turar joy, oziq-ovqat, mahalliy transport va boshqa kundalik xarajatlarni qoplashga yetarli miqdordagi oylik stipendiya beriladi.
  • O’qish boshlanganda AQShga borish va oʻqish tugaganda AQShdan qaytish aviachiptalari xarajati to’lab beriladi.
  • Joylashib olish va/yoki kerakli texnologiyalarni xarid qilish uchun mablagʻ ajratiladi (faqat oʻqishga qabul qilingan yil uchun).
  • 2- va 3-kursda ushbu grant sohiblari akademik rivojlanish uchun ham mablagʻ ajratilishini soʻrab ariza berishi mumkin (konferensiyalarga qatnashish, borish va h.k. toʻlovlari uchun).

Talablar:

Nomzod grantga hujjat topshira olishi uchun quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • Nomzod Knight-Hennessy Scholars grantiga hujjat topshirishdan tashqari, Stenford universitetining magistrtura yoki PhD dasturlaridan (DMA, JD, MA, MBA, MD, MFA, MPP, MS yoki PhD dasturi va boshqalar) biriga ham hujjat topshirishi va qabul qilinishi lozim.
  • Bu grant Stenford universitetida 2025-yil sentabrdan boshlab oʻqish uchun va maksimal 3 yilgacha boʻlgan muddatga ajratiladi. Shuningdek, 2024-yil Stenfordagi biror PhD dasturiga qabul qilingan va 2025-yilning kuzidan PhD dasturining 2-bosqichida oʻqishni boshlaydigan talabalar ham ushbu grantga ariza topshirish mumkin.
  • 2018-yil yanvarda yoki undan keyin bakalavrlik diplomini (darajasini) qoʻlga kiritgan boʻlish / qoʻlga kiritish kerak. 20218-yil yanvardan oldin bakalavrlik diplomini qoʻlga kiritganlar ariza topshira olmaydi.
  • Nomzod Stenford universitetidagi oʻzi tanlagan dasturning qabul talablariga javob berishi lozim.
  • Nomzod oʻzi topshirayotgan / topshirgan magistrik yoki PhD dasturi talab etuvchi til sertifikati va boshqa turdagi sertifikatlarni (agar dasturda talab etilgan boʻlsa) Knight-Hennessy Scholars grantiga ham topshirishi lozim. Magistrlik / PhD dasturida hech qanday sertifikat talab qilinmasa, grantga ham bunday sertifikat topshirilmaydi.
  • Shuningdek, quyidagi dasturlarga ariza topshiruvchilar ushbu grantga ariza topshira olmaydi:
    – Honors Cooperative Program
    – Master of Liberal Arts
    – Doctor of Science of Law (JSD)

Grantga ariza topshirish uchun nomzodga qoʻyilgan talablar bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Stenford universitetidagi magistratura/PhD dasturlarining ham oʻz talablari mavjud. Bu talablar yoʻnalishga qarab bir oz farq qilishi mumkin. Biroq barcha magistratura/PhD dasturlari uchun quyidagi umumiy talablar mavjud:

  • Nomzod TOEFL til sertifikatiga ega boʻlishi kerak va ariza topshirish paytida sertifikat olinganiga 18 oydan oshmagan boʻlishi lozim. IELTS qabul qilinmaydi. TOEFL balli uchun qoʻyilgan minimum talablar quyidagicha:
    – Doktorantura (PhD) bosqichining barcha yoʻnalishlari uchun: TOEFL iBT 100;
    – Humanities, Social Sciences, Education sohalar boʻyicha magistrlik dasturlari uchun: TOEFL iBT 100;
    – School of Engineering magistratura dasturlari uchun: TOEFL iBT 89.
    Shuningdek, baʼzi yoʻnalishlar GRE General Test sertifikatini, ayrim yoʻnalishlar esa oʻz fani boʻyicha test topshirishni talab qilishi mumkin.
  • Nomzodlar bakalavrlik darajasiga ega boʻlishi yoki oʻqish boshlangunicha bakalavrlik darajasini qoʻlga kiritishi lozim. BATAFSIL.

Universitetdagi magistratura va PhD dasturlariga qolgan qabul talablari, kerakli hujjatlar, hujjat topshirish jarayoni kabi maʼlumotlarni BU YERDA kerakli yoʻnalishni tanlash bilib orqali olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Stenford universitetining magistrlik/doktorantura dasturlaridan biriga hujjat topshirish va ushbu grantga hujjat topshirish bir-birdan alohida amalga oshiriladi. Knight-Hennessy Scholars grantiga arizalar 2024-yil 1-iyunidan 2024-yil 9-oktabrgacha onlayn tarzda qabul qilinadi.

Steforddagi magistrlik va PhD kurslariga qabulning ochilish va yopilish sanasi yoʻnalishga qara farq qiladi (aksariyati uchun qabul 2024-yil dekabr oyi boshigacha davom etadi). Mazkur grantg oid  qabul sanalari bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.

Grant uchun topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar:

  • Onlayn ariza (onlayn ariza shakli 2024-yil 1-iyunda ochiladi). BU YERDA ariza shakli qanday boʻlishini koʻrib olishingiz mumkin.
  • Bakalavrlik/magistrlik davrida olingan baholar.
  • Xalqaro standardlashtirilgan test natijalari.
  • Bir betli rezyume.
  • Ikkita tavsiyanoma.
  • Uchta qisqa savolga javob va bitta insho. Savollar va insho mavzusi hamda ular uchun maksimal soʻzlar soni bilan BU YERDA tanishing.
  • Keyinchalik alohida taklifga koʻra, 2 daqiqadan oshmaydigan video. Mazkur video yuqoridagi hujjatlar bilan birga topshirilmaydi. Hujjatlar qabul qilingandan keyin 500 tagcha nomzod saralab olinadi va shu nomzodlardan tanishtiruv videosi yuborish soʻraladi. Video va unga qoʻyilgan talablar bilan BU YERDA tanishing.

Tanishtiruv videosi topshirilgach, nomzodlar orasidan 150 nafargacha talabgorlar saralab olinadi va 2024-yil boʻlib o’tadigan Immersion Weekend”  tadbiriga taklif etiladi. Bundan maqsad – finalchilarni real hayotda ko’rish va ularni yanada yaxshiroq o’rganish. Ushbu tadbirga borib kelish xarajatlari ham tashkilotchilar tomonidan qoplanadi (xarajat miqodri juda katta bo’lsa, bir qismi qoplab beriladi).

Magistrlik va PhD dasturlariga qabul jarayoni, kerakli hujjatlar va boshqa maʼlumotlar bilan BU YERDA kerakli magistrlik yoki PhD dasturini tanlab, uning sahifasiga kirish orqali tanishishingiz mumkin.

Grant boʻyicha savollar yuzasidan murojaat qilish uchun kontaktlarni BU YERDAN topasiz.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!