×

Arab tilini Qatarda o’rganish uchun grant: oziq-ovqat, yotoqxona, darslik va yo’l xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

18.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qatar

O'QILGAN

10973 marta

Qatarda joylashgan nufuzli universitetlardan biri – Qatar Universiteti Arabic for Non-Native Speakers Center markazining arab tili kurslari uchun ajratilgan grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Arab tili dasturi boshlang’ich (beginner) darajasidan mukammal (advanced II) darajasigacha bo’lgan barcha darajalardagi o’quvchilar uchun kurslarni o’z ichiga oladi va arab tilidan boshlang’ich bilimga ega bo’lgan, kamida alifboni yaxshi biladigan o’quvchilarni qabul qiladi. Dasturga maktab, kollej, litseyni tamomlaganlar ham, universitetni tamomlaganlar ham hujjat topshirishlari mumkin. Kurslar bir yil davom etadi.

Grant kimlar uchun?

Arab tilini o'rganishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Kurslar uchun grant yutib olgan o’quvchilarga viza, turar joy, darsliklar, borish va kelish chiptalari xarajatlari qoplab beriladi. O’quvchi barcha sharoitlarga ega yotoqxonaga joylashtiriladi. Yotoqxonada har kuni uch mahal ovqat tayyorlanadi. 

Kursda o’z hisobidan qatnashish niyatidagi o’quvchilar har bir kredit soat uchun taxminan 365 AQSh dollari to’lov qilishi kerak. Kursda bir semestrda kamida 11 kredit soatli dars o’tilishi kerak, kontrakt to’lovi ham shu soatlarni qo’shib hisoblanadi. Grant yutmagan, o’z hisobidan o’qiydigan o’quvchilar uchun turar joy, oziq-ovqat, viza va yo’l chiptalari ham o’quvchining zimmasida bo’ladi. Batafsil

Talablar:

  • Kurslarda 18 yoshdan 40 yoshgacha bo’lgan, kamida maktab/kollej/litsey diplomiga ega nomzodlar hujjat topshirishlari mumkin. Universitetni tamomlagan nomzodlarga ustunlik beriladi.
  • Nomzod arab tilidan boshlang’ich bilimga ega bo’lishi kerak (zamonaviy standart arab tili).
  • Ilgari shu dastur uchun grant yutib olmagan bo’lishi kerak.
  • Nomzod arab yoki ingliz tilini universitet ma’muriyati bilan muloqot qilishga yetarli darajada bilishi shart.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida ariza so’ralmaydi. Arab tili kurslariga ariza topshirsangiz, arizangiz grant uchun ham ko’rib chiqiladi. Arab tili kurslariga 2021-yil 17-yanvardan boshlab 18-fevralgacha hujjat topshirish mumkin. Hujjatlar 17-yanvar kunidan boshlab bu yerda qabul qilinadi. Batafsil 

Kerakli hujjatlar:

  • Eng oxirgi o’qilgan muassasa diplomi va baholari. Bunda universitet/institut bitiruvchilari oliy ma’lumot haqidagi diplomni, maktab/kollej/litsey bitiruvchilari o’rta yoki o’rta maxsus ta’lim diplomini (shahodatnomasini) taqdim etishlari kerak.
  • CV. CV tayyorlanganda nomzodning telefon raqami davlat kodi bilan va elektron pochta manzili albatta kiritilishi zarur.
  • Pasport nusxasi.
  • Agar nomzodni diniy tashkilot, muassasa, vazirlik, oliy ta’lim muassasasi va boshqa aloqador tashkilot tavsiya qilayotgan bo’lsa, shu tashkilot/muassasadan tavsiyanoma ham berilishi kerak.

Murojaat uchun: info@qu.edu.qa, (+974)4403-3333

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!