×

Arizona State University: Bakalavriat bosqichi uchun 35 000 AQSh dollarigacha grantlar!


Grant

MUHLAT

01.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2507 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Arizona shtatida joylashgan University of Arizona bakalavriat kurslari uchun Global Wildcat Award grant dasturi doirasida bir nechta grantlarga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitet bakalavr bosqichlarining 1-kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grantlar toʻrt yilgacha beriladi. Grantga nomzod talabaning SAT yoki ACT imtihonlaridan baholari yuqori boʻlishi talab etiladi. Universitet quyidagi grantlarni taklif etadi:

  • Freshman Global Wildcat Award (bahor)
  • Freshman  Global Wildcat Award (kuz)
  • Transfer Global Wildcat Award (bahor va kuz)
  • Global Wildcat Award for Conditionally Admitted Students (bahor va kuz).

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet bakalavriat yoʻnalishlarida kontrakt toʻlovi 2020-2021-oʻquv yili uchun taxminan 36 600 AQSh dollari.

Grant yutib olgan nomzodlarga 4 yilgacha muddatga kontrakt pulini qisman qoplash uchun:

  • Freshman Global Wildcat Award (bahorgi semestr) – 2 000 USD dan 20 000 USD.
  • Freshman Global Wildcat Award (kuzgi semestr) – 2 000 USD dan 35 000 USD.
  • Transfer Global Wildcat Award – 12 000 USD gacha.
  • Global Wildcat Award for Conditionally Admitted Students talabaning salohiyatidan kelib chiqib belgilanadi.

Grantlar nomzodning o’rtacha baholari hamda SAT/ACT baliga asosan belgilanadi.

Dastur talabaning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun yashash, turar joy, oziq-ovqat, oʻquv qurollari va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlarni nomzodning oʻzi toʻlashi lozim boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  2. Nomzod universitetning bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur. GPA 4,0 dan kamida 2,75 ball talab qilinadi.
  4. Nomzod SAT yoki ACT boʻyicha yuqori ballga ega boʻlishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi.
  6. Nomzod attestat/kollej/litsey diplomiga ega boʻlishi lozim.

Talablar haqida batafsil maʻlumotni shu yerdan olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning barcha bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Oʻqishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlarning hammasi grantga da’vogar hisoblanadi. Shuning uchun grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi.

Oʻqishga hujjat topshirish uchun dedlayn muddatlari semestrlarga koʻra farq qiladi. Bahorgi semestrga 2020-yil 1-noyabrgacha va qishgi semestrga 2021-yil 1-yanvargacha  oʻqish uchun hujjat topshirish mumkin.

Hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Dastlab shu yerdan qanday qilib hujjat topshirish haqida oʻqib chiqing.
  • Onlayn ariza toʻldirish shu yer orqali amalga oshiriladi.
  • Ingliz tili talablari bilan ham tanishing.
  • Ariza koʻrilishi uchun badal toʻlash kerak.
  • Keyin soʻralgan hujjatlarni tizimga yuklang.
  • Undan soʻng diplom ilovasini yuklang. Diplom ilova/baholar varagʻini pochta orqali quyidagi manzilga joʻnatish kerak:

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Onlayn toʻldirilgan ariza.
  • Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili testi sertifikati.
  • ACT/SAT sertifikati.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
  • AQSh yoki boshqa xalqaro oʻqish standartlariga mos kelmaydigan attestat/diplom topshirilganda 1 yillik Foundation kursidan oʻtish talab qilinishi mumkin.
  • Esse yoki motivatsion xat soʻralishi mumkin.

Barcha topshiriladigan hujjatlar tarkibi: shu yerda berilgan. Ariza berishdan oldin ularni batafsil oʻrganib chiqing.

Nomzodlar grantga ACT va SAT imtihoni baholari, yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichi va aʼlo baholari kabi mezonlar asosida saralanadilar.

Ma’lumot uchun shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!