AQSHdagi University of Arizona (UA) – Arizona Universiteti xorijlik talabalar uchun International Tuition Award grant dasturini taklif qilmoqda. Dastur shu oliygohning bakalavr bosqichiga o’qishga qabul qilingan/qilinadigan (freshmen) yoki o’qishini boshqa oliygohdan Arizona Universitetiga ko’chirgan (transfer students) chet ellik talabalar uchun mo’ljallangan. Stipendiyalar nomzodning shu vaqtga qadar erishgan akademik yutuqlari hamda SAT/ACT ko’rsatkichlariga qarab tayinlanadi. International Tuition Awards grant dasturining quyidagi ikki turi mavjud:
- International Freshmen Scholarship Awards – birinchi kurs bakalavr talabalari uchun.
- International Transfer Scholarship Awards – o’qishini boshqa oliygohdan shu universitetga ko’chirgan talabalar uchun.
Universitetda o’qish uchun sarflanadigan xarajatlar ro’yxati bilan bu yerda tanishing.
Grant kimlar uchun?
Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar/o’qiyotganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
International Freshmen Scholarship Awards dasturi talabaning o’qishda va kirish imtihonlarida erishgan yutuqlariga qarab belgilanadi. Grantning ikki turi mavjud:
- Til sertifikati (IELTS/TOEFL/PTE Academic) va GPA (Grade Point Avarage) ko’rsatkichi bo’yicha belgilanadigan stipendiyalar (SAT yoki ACT testlarini topshirmaganlar uchun) – 4 000 AQSH dollaridan 10 000 AQSH dollarigacha
- Til sertifikati (IELTS/TOEFL/PTE Academic), GPA (Grade Point Avarage) hamda SAT/ACT testlari natijalariga qarab belgilanadigan stipendiyalar – 12 000 AQSH dollaridan 35 000 AQSH dollarigacha. Talabaning o’qishdagi yutuqlari, xulqi va intizomiga qarab stipendiyalar 8 semestr (butun bakalavr kursi)gacha uzaytirilishi mumkin.
- International Transfer Scholarship Awards – 5 000 AQSH dollari miqdorida bo’lib, talabaning o’rtacha baholari (GPA)ga qarab belgilanadi va talabaning o’qishdagi yutuqlari, xulqi va intizomiga qarab 4 semestr (2 yil)gacha uzaytirilishi mumkin.
- Ajratilgan mablag’ ikki semester uchun teng bo’linadi.
- Dekabrda o’qishni bitiradigan talabalar yillik stipendiyaning hammasini ololmaydilar (ularga faqat o’zlari o’qigan semester uchun mablag’ ajratiladi).
Stipendiyalarning belgilanish tartiblari ilovadagi jadvalda ko’rsatilgan. Stipendiyalarning miqdori haqida batafsil bu yerda tanishing.
Talablar:
- Grant uchun barcha xorijlik talabalar hujjat topshirishlari mumkin.
- Nomzod 2019 – yilning sentabrida boshlanadigan bakalavr kurslariga qabul qilingan bo’lishi/qabul qilinishi kerak.
- Nomzod AQSH fuqarosi yoki rezidenti bo’lmasligi, shtat fondidan boshqa biror stipendiya yoki moddiy yordam olmasligi, hamda Arizona’s Proposition 300 ro’yxatiga kirmasligi kerak;
- Mukofotlar faqat bakalavrlar uchun beriladi.
- Joriy yilning 1-apreliga qadar 2019-yilning kuzida boshlanuvchi kurslar uchun ariza va barcha kerakli hujjatlarni topshirishi zarur.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak (IELTS 6.5/TOEFL 79/PTE Academic 53 va undan yuqori)
- 1-kurs talabalari 2019 – yil 1-mayga qadar, o’qishini ko’chirayotganlar esa 1-iyunga qadar ro’yxatdan o’tish to’lovini (enrollment fee)ni to’lashlari kerak.
- Ilmiy daraja berilmaydigan kurslarga o’qishga kirgan va shartli ravishda qabul qilingan talabalar grantga hujjat topshira olmaydilar.
- Grant har yili bir marta – kuzgi semestrlarda tayinlanadi. (bahorgi semestrda o’qishga kirgan nomzodlar grant uchun hujjat topshira olmaydilar).
Quyidagi talablar bajarilgan holda stipendiyalar berish keyingi yillarga ham uzaytirilishi mumkin:
- Talabaning o’rtacha baholari (GPA) kamida 3.0 bo’lishi kerak;
- Talabalar har yili universitet tomonidan belgilangan 30 ta birlikni yakunlab baholarini olishlari (30 cumulative UA units) kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Stipendiyani yutib olish uchun alohida hujjat talab qilinmaydi. Grant uchun nomzod deb universitetga qabul qilingan talabalarning barchasi to’g’ridan – to’g’ri hisobga olinadi.
Universitetga kirish uchun kerakli hujjatlar:
- Onlayn ariza.
- Maktab attaestati, kollej/litsey diplomi nusxasi.
- Baholardan ko’chirma.
- Bitiruv ishi haqida qisqacha ma’lumot (self-report).
- SAT/ACT.
- Til sertifikati (IELTS 6.5/TOEFL 79/PTE Academic 53 va undan yuqori)
Grant haqidagi qo’shimcha ma’lumotni universitetning rasmiy sayti yoki savol-javoblardan topishingiz mumkin. Murojaat uchun: T: (520) 621-3237