×

Arizona Universiteti (AQSh): xorijlik talabalar uchun to’liq va qisman grantlar!


Grant

MUHLAT

01.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

7576 marta

AQSHdagi University of Arizona (UA) – Arizona Universiteti xorijlik talabalar uchun International Tuition Award grant dasturini taklif qilmoqda. Dastur shu oliygohning bakalavr bosqichiga o’qishga qabul qilingan/qilinadigan (freshmen) yoki o’qishini boshqa oliygohdan Arizona Universitetiga ko’chirgan (transfer students) chet ellik talabalar uchun mo’ljallangan. Stipendiyalar nomzodning shu vaqtga qadar erishgan akademik yutuqlari hamda SAT/ACT ko’rsatkichlariga qarab tayinlanadi. International Tuition Awards grant dasturining quyidagi ikki turi mavjud:

  • International Freshmen Scholarship Awards – birinchi kurs bakalavr talabalari uchun.
  • International Transfer Scholarship Awards – o’qishini boshqa oliygohdan shu universitetga ko’chirgan talabalar uchun.

Universitetda o’qish uchun sarflanadigan xarajatlar ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar/o’qiyotganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

International Freshmen Scholarship Awards dasturi talabaning o’qishda va kirish imtihonlarida erishgan yutuqlariga qarab belgilanadi. Grantning ikki turi mavjud:

  • Til sertifikati (IELTS/TOEFL/PTE Academic) va GPA (Grade Point Avarage) ko’rsatkichi bo’yicha belgilanadigan stipendiyalar (SAT yoki ACT testlarini topshirmaganlar uchun) – 4 000 AQSH dollaridan 10 000 AQSH dollarigacha
  • Til sertifikati (IELTS/TOEFL/PTE Academic), GPA (Grade Point Avarage) hamda SAT/ACT testlari natijalariga qarab belgilanadigan stipendiyalar – 12 000 AQSH dollaridan 35 000 AQSH dollarigacha. Talabaning o’qishdagi yutuqlari, xulqi va intizomiga qarab stipendiyalar 8 semestr (butun bakalavr kursi)gacha uzaytirilishi mumkin.
  • International Transfer Scholarship Awards – 5 000 AQSH dollari miqdorida bo’lib, talabaning o’rtacha baholari (GPA)ga qarab belgilanadi va talabaning o’qishdagi yutuqlari, xulqi va intizomiga qarab 4 semestr (2 yil)gacha uzaytirilishi mumkin.
  • Ajratilgan mablag’ ikki semester uchun teng bo’linadi.
  • Dekabrda o’qishni bitiradigan talabalar yillik stipendiyaning hammasini ololmaydilar (ularga faqat o’zlari o’qigan semester uchun mablag’ ajratiladi).

Stipendiyalarning belgilanish tartiblari ilovadagi jadvalda ko’rsatilgan. Stipendiyalarning miqdori haqida batafsil bu yerda tanishing.

Talablar:

  1. Grant uchun barcha xorijlik talabalar hujjat topshirishlari mumkin.
  2. Nomzod 2019 – yilning sentabrida boshlanadigan bakalavr kurslariga qabul qilingan bo’lishi/qabul qilinishi kerak.
  3. Nomzod AQSH fuqarosi yoki rezidenti bo’lmasligi, shtat fondidan boshqa biror stipendiya yoki moddiy yordam olmasligi, hamda Arizona’s Proposition 300 ro’yxatiga kirmasligi kerak;
  4. Mukofotlar faqat bakalavrlar uchun beriladi.
  5. Joriy yilning 1-apreliga qadar 2019-yilning kuzida boshlanuvchi kurslar uchun ariza va barcha kerakli hujjatlarni topshirishi zarur.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak (IELTS 6.5/TOEFL 79/PTE Academic 53 va undan yuqori)
  7. 1-kurs talabalari 2019 – yil 1-mayga qadar, o’qishini ko’chirayotganlar esa 1-iyunga qadar ro’yxatdan o’tish to’lovini (enrollment fee)ni to’lashlari kerak.
  8. Ilmiy daraja berilmaydigan kurslarga o’qishga kirgan va shartli ravishda qabul qilingan talabalar grantga hujjat topshira olmaydilar.
  9. Grant har yili bir marta – kuzgi semestrlarda tayinlanadi. (bahorgi semestrda o’qishga kirgan nomzodlar grant uchun hujjat topshira olmaydilar).

Quyidagi talablar bajarilgan holda stipendiyalar berish keyingi yillarga ham uzaytirilishi mumkin:

  1. Talabaning o’rtacha baholari (GPA) kamida 3.0 bo’lishi kerak;
  2. Talabalar har yili universitet tomonidan belgilangan 30 ta birlikni yakunlab baholarini olishlari (30 cumulative UA units) kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Stipendiyani yutib olish uchun alohida hujjat talab qilinmaydi. Grant uchun nomzod deb universitetga qabul qilingan talabalarning barchasi to’g’ridan – to’g’ri hisobga olinadi.

Universitetga kirish uchun kerakli hujjatlar:

  • Onlayn ariza.
  • Maktab attaestati, kollej/litsey diplomi nusxasi.
  • Baholardan ko’chirma.
  • Bitiruv ishi haqida qisqacha ma’lumot (self-report).
  • SAT/ACT.
  • Til sertifikati (IELTS 6.5/TOEFL 79/PTE Academic 53 va undan yuqori)

Grant haqidagi qo’shimcha ma’lumotni universitetning rasmiy sayti yoki savol-javoblardan topishingiz mumkin. Murojaat uchun: T: (520) 621-3237

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!