×

Rasm chizishni yoqtirasizmi? Rasmlar to’plam kitobiga muqova chizing va 1421 AQSh dollari yutib oling!


Grant

MUHLAT

31.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

6980 marta

Yaponiyada joylashgan komiks, anime va ilyustratsiyalar kabi tasviriy san’at asarlari yaratish va tarqatish bilan shug’ullanuvchi MediBang kompaniyasining ART Street Illustration Book Cover Illustration Contest  tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlov MediBang kompaniyasining veb sayti va MediBang nomli rasm chizish ilovasida “Platinum” tarifi bo’yicha ro’yxatdan o’tgan ijodkorlar chizgan ilyustratsiyalar jamlanib, “ART Street Illustration Book” nomli to’plam sifatida chop etilishi munosabati bilan e’lon qilingan. Tanlov ishtirokchilari ART Street Illustration Book kitobi uchun muqova chizishlari kerak. Kelib tushgan rasmlar ichidan eng yaxshisi ART Street Illustration Book to’plamiga muqova qilinadi.

Muqova uchun chizilgan asarlar Yaponiyada keng tarqalgan, yapon komiks, manga asarlarida qo’llaniladigan uslubda chizilishi kerak. Rasm kitob muqovasining old, yon va orqa tomonlari uchun umumiy qilib chizilishi kerak. Rasmni muqova sifatida joylashtirganda, bir qismi kitobning old, bir qismi yon, bir qismi orqa tomoniga to’g’ri kelishi zarur. Muqovaning old, yon va orqa tomonida bir-biridan alohida rasmlar bo’lmasligi kerak. Namunani ko’ring

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

G’olibga 150 000 yen (1 421 AQSh dollari) pul mukofoti beriladi. U chizgan rasmdan ART Street Illustration Book to’plamiga muqova sifatida foydalaniladi. To’plamning bir nusxasi g’olibga sovg’a sifatida pochta orqali jo’natiladi.

Talablar:

  • Tanlovda yosh va fuqaroligidan qat’i nazar barcha ishtirok etishi mumkin.
  • Bitta ishtirokchi istalgan miqdorda rasm yuborishi mumkin.
  • Muqova uchun chizilgan rasmda ta’qiqlangan tasvirlar yoki reklama elementlaridan holi bo’lishi kerak. Shu qoidalarga amal qilingan holda istalgan mavzuda rasm yuborish mumkin.
  • Rasm maxsus qolipga moslab chizilishi kerak. Qolipni keyingi bo’limda yuklab olishingiz mumkin. Qolipdan foydalangandan so’ng “frame” va “description” qismlarini o’chirib yuboring.
  • Rasm JPG, PNG, PSD yoki MDP formatida bo’lishi mumkin. Hajmi 30 MBdan oshmasligi kerak.
  • O’lchamlari eng kamida 300 dpi bo’lishi kerak.
  • Topshirilgan rasm yonlama (gorizontal) shakldagi, 1 betli yaxlit rasm bo’lishi kerak. Muqovaning old, yon va orqa qismi uchun alohida suratlar topshirish mumkin emas. Namunani ko’ring.
  • Rasmning yuqori sifatli original nusxasini saqlab qo’ying. G’olib chiqqan ishtirokchi asl nusxani jo’natishi kerak bo’ladi. Barcha talablar bilan bu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda 31-martgacha ishtirok etish mumkin. Ariza topshirish uchun bu yerga bosing. Hujjat topshirishdan avval bu yerdagi ma’lumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.

Muqova uchun rasm chizishda maxsus qolipdan foydalanishingiz zarur (bu majburiy). Bu yerda yuklang:

PSD formatida

MDP formatida

PNG formatida

Rasm chizishda tavsiyalar:

  • Rasmning muqovaning old qismiga to’g’ri keladigan qismiga asosiy obyektlar, masalan, qahramonning yuzi, asosiy voqea yoki rasmning asosiy mazmuni ko’rsatilgan tasvirni joylashtiring.
  • Rasmdagi muhim tasvirlar muqovaning ingichka yon qismiga to’g’ri kelmasligi kerak, chunki bunda ular ko’rinmay qoladi.
  • Rasm muqovaning old, yon va orqa qismlarida ham o’z mazmuni, tushunarliligi va go’zalligini yo’qotmaydigan usulda chizilishi kerak.
  • Rasm chizganda, uning ma’lum qismini muqovaning yon qismi sifatida maxsus belgilamang. Muqovaning old va orqa sahifalari yon qismida ajraladigan rasm chizmang. Chop etish vaqtida surat old, yon va orqa qismlar uchun buklanganda surat siz mo’ljallagandan boshqacha joylashishi va umumiy dizayn buzilishi mumkin. Shuning uchun, bitta yaxlit surat chizing va muqovaning qismlarini alohida belgilamang. Barcha talablar bilan bu yerda tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!