×

Arthur Kitchin Scholarships – magistratura bosqichi uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

10.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1929 marta

Shotlandiyaning Edinburg shahrida joylashgan University of Edinburgh oliygohi The School of Literatures, Languages and Cultures (LLC) maktabining 2019-2020 o’quv yilida boshlanadigan magistratura kursilarida (MSc programme) o’qishni xohlovchi talabalarni The LLC/ Arthur Kitchin Scholarships grant dasturiga hujjat topshirishga taklif etadi. Ushbu grant o’qish to’lovini mahalliy va Yevropa Ittifoqi talabalari uchun ajratilgan qismini to’lash uchun mo’ljallangan (YI tarkibiga kirmaydigan mamlakatlardan bo’lgan talabalar to’lovning qolgan qismini o’zlari qoplashlari zarur. 2019-yilgi The LLC/ Arthur Kitchin Scholarships dasturi bo’yicha 4 nafar talabaga grant berish rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabaga 2 yillik magistratura kursining (kunduzgi sirtqi tartibda) kontrakt to’lovi uchun o’qish to’lovini mahalliy va Yevropa Ittifoqi talabalari uchun ajratilgan qismini to’lash mo’ljallangan. Bunda talabaga yillik 10 700 funt sterlinggacha (taxminan 13 800 AQSh dollari) bo’lgan mablag’ ajratiladi (YI tarkibiga kirmaydigan mamlakatlardan bo’lgan talabalar to’lovning qolgan qismini o’zlari qoplashlari zarur).

Universitetda tahsil olish uchun sarflanadigan xarajatlar bilan bu yerda tanishing.

Talablar:

  • Nomzod dunyoning istalgan davlatidan bo’lishi mumkin (fuqarolikka oid cheklovlar yo’q).
  • Nomzod University of Edinburgh oliygohi The School of Literatures, Languages and Cultures (LLC) maktabining 2019-2020 o’quv yilida boshlanadigan magistratura kursilaridan biriga qabul qilingan bo’lishi/qilinishi zarur.
  • Nomzod a’lochi bo’lishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim.
  • Nomzod Buyuk Britaniyaning first-class honors degree darajasi yoki unga tenglashtirilgan darajaga (bu odatda O’zbekistondagi bakalavr/magistr darajasiga to’g’ri keladi) ega bo’lishi zarur. Batafsil
  • Nomzod tanlagan yo’nalishi bo’yicha ish tajribasiga ega bo’lishi, maqola va nashrlar chop ettirgan bo’lishi maqsadga muvofiq.

Nomzodga qo’yilgan talablar haqida batafsil ma’lumot bu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

  • Arthur Kitchin Scholarships grant dasturiga hujjat topshirish uchun nomzod avvalo University of Edinburgh oliygohi The School of Literatures, Languages and Cultures (LLC) maktabining 2019-2020 o’quv yilida boshlanadigan magistratura kursilaridan biriga qabul qilingan bo’lishi/qilinishi zarur. Universitetga arizalar onlayn tartibda topshiriladi. Bu jarayon nomzoddan 5 ish kuniga qadar vaqtni talab etadi. Universitetning 2019-yil sentabrda boshlanadigan magistratura kurslari uchun arizalar qabul qilish muddati 2019-yilning 10-aprelida nihoyasiga yetadi. Tavsiyanomalar esa joriy yilning 24-apreliga qadar taqdim qilinishi mumkin.
  • So’ngra nomzod https://www.myed.ed.ac.uk manzili orqali MyEd portaliga kirib, EUCLID dasturidan, The LLC/ Arthur Kitchin Scholarships grantiga topshirish uchun ariza shaklini topishi va uni to’ldirishi mumkin bo’ladi. Grantga arizalar 2019-yilning 1-mayiga qadar qabul qilinadi.
  • Ariza topshirishda muammoga duch kelgan nomzodlar http://www.ed.ac.uk/student-systems/support-guidance manzili orqali yordam olishlari mumkin.
  • Natijalar 2019-yilning 8-iyunida e’lon qilinadi.

Portaldan foydalanish va ariza topshirish jarayoni haqidagi batafsil ma’lumot savol – javoblarda. Ariza topshirish jarayoni haqida batafsil bu yerda bilib oling.

Universitetga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar:

  1. Ariza.
  2. Bakalavr diplomi.
  3. Baholar/diplom ilovasi
  4. Til sertifikati. IELTS 6.5 ball va undan baland, har bir bo’limdan kamida 6.0 ball yoki TOEFL iBT 92 ball va undan baland.
  5. 2 ta tavsiyanoma.
  6. Shaxsiy bayonot (Personal Statemant).
  7. Tadqiqot rejasi (agar talab qilinsa).
  8. Tanlangan yo’nalish bo’yicha qatnashilgan dasturlar, olingan mukofot/sertifikatlar, yozilgan maqola va nashrlar (agar mavjud bo’lsa).

Grant haqidagi batafsil ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin. Murojaat uchun:

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!