×

ARTZEPT 2020 dizaynlar tanlovi: bosh sovrin – 10 000 yevro!


Grant

MUHLAT

31.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

2125 marta

Dizayner va rassomlar uchun ZEPTER International Design Award – ARTZEPT 2020 dizayn tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu tanlov Zepter Foundation nomli fond muzeyi binosining tashqi tomonidagi fasad uchun yaratilgan 3D grafik bezaklarni yig’ish va taqdirlash uchun tashkil etilgan. Tanlovda ishtirok etish uchun muzey binosining tashqarisidagi devorning bo’yi 629 sm., eni 697 sm. bo’lgan to’g’ri to’rtburchak shaklidagi bo’sh qismiga tasviriy bezak o’ylab topishlari kerak. Quyida biror tasvir bilan bezatilishi kerak binoning ko’rinishi berilgan:

 

Tanlovga taqdim etilgan ishlar shu devorga ishlash mumkin bo’lgan vizual bezak bo’lishi kerak. Bu chizilgan surat, fotusurat, fotomontaj, kompyuter dasturlarida yaratilgan surat va simulyatsiyalar va vizual ijodning boshqa ko’rinishlarida bo’lishi mumkin. Devor uchun o’ylab topilgan bezak kreativ va mazmunli bo’lishi zarur. Aynan nima chizilishi ijodkorning didi va qiziqishlaridan kelib chiqishi mumkin. Asosiy shartlardan biri – binolarning tashqaridagi devorlari, odatda, ob-havo sharoitlariga chidamli bo’lgan materiallardan qurilgan bo’ladi, tanlov ishtirokchisi esa shuni hisobga olgan holda, shunday devorga ishlashning iloji bo’ladigan bezakni maxsus yaratishi lozim.

Grant kimlar uchun?

Grafik va tasviriy ishlar bilan shug’ullanuvchi ijodkorlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Asosiy sovrin bilan taqdirlangan ijodkorga 10 000 yevro pul mukofoti
  • Ikkinchi o’rin egasiga umumiy qiymati 4 000 yevroga teng bo’lgan Zepter mahsulotlari taqdim etiladi. Sovg’alarni g’olibning o’zi katalogdan tanlab oladi.
  • Uchinchi o’rin egasiga umumiy qiymati 3 000 yevroga teng bo’lgan Zepter mahsulotlari taqdim etiladi. Sovg’alarni g’olibning o’zi katalogdan tanlab oladi.

Zepter kompaniyasi mahsulotlari bilan bu yerda tanishing.

Talablar:

Tanlov shartlari:

  • Tanlovga chizilgan surat, fotusurat, fotomontaj, kompyuter dasturlarida yaratilgan surat va simulyatsiyalar va vizual ijodning boshqa ko’rinishlardagi 3 D bezaklar taqdim etilishi zarur.
  • Nomzod yaratilgan bezakning umumiy ko’rinishini, hamda batafsil izohlarini taqdim etishi zarur. Bunda bezak qanday shaklda, o’lchamda bo’lishi, qanday mahsulotga chop etilishi, qanday ustki qoplama ishlatilishi va boshqa ma’lumotlar ta’minlanishi zarur. Bezakni suratda ko’rsatilgan binoga devori bilan birga chizish (yaratish) zarur. Surat devorga ishlanganda qanday ko’rinishini aniq ko’rsatish uchun yuborilgan suratda devorning o’zi ham tasvirlanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

1-qadam. Bu yerda onlayn ariza to’ldiring.

2-qadam. Tanlov uchun tayyorlangan bezakni yuqori sifat va o’lchamdagi PDF fayl sifatida gordana.biba.markovic@gmail.com va pressoffice@zepteritaly.com elektron pochtalariga yoki https://wetransfer.com sayti orqali yuboring.

Natijalar bu yerda e’lon qilinadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!