×

AQSh: Bakalavriatda o’qish va o’qishni ko’chirish dasturi; yiliga 10 ming AQSh dollarigacha grant


Grant

MUHLAT

01.10.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

9245 marta

AQShning Iova shtat universiteti (Iowa State University) bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar hamda bakalavr bosqichida o’qiyotgan, lekin o’qishini Iova shtat universitetiga ko’chirishni xohlovchilar uchun grant daturlarini e’lon qiladi. Ushbu dasturga 2019-yilning bahorgi semesteridan boshlab o’qishni xohlovchilar topshirishi mumkin. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o'qishni xohlovchilar yoki bakalavr bosqichida o'qiyotgan hamda o'qishini ko'chirmoqchi bo'lganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant dasturlari ikki kategoriyaga bo’linadi: bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun va o’qishni ko’chirishni xohlovchilar uchun.

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilarga nomzodning ko’rsatkichlariga qarab yiliga 2000 AQSh dollaridan 10 ming AQSh dollarigacha mablag’ ajratiladi. Bu mablag’ universitetda o’qish pulini qoplashga yo’naltiriladi. Grant maksimum 8 semester (4 yil davomida) beriladi va keyingi semesterda grantning berilishi uchun talaba oldingiz semesterda fanlarni yaxshi o’zlashtirishi kerak.

O’qishni ko’chirishni xohlovchilarga yiliga 8 ming AQSh dollari miqdoridagi Gold grant yoki 4 ming AQSh dollari miqdoridagi Cardinal grant ajratiladi. Mablag’ univeritetda o’qish pulini qoplashga yo’naltiriladi. Grant maksimum 5 semester davomida beriladi va keyingi semesterda grantning berilishi uchun talaba oldingiz semesterda fanlarni yaxshi o’zlashtirishi kerak.

Talablar:

Bakalavr bosqichida o’qib, grant olmoqchi bo’lgan nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • Talaba AQSh fuqarosi bo’lmasligi, ya’ni xalqaro talaba bo’lishi kerak;
  • Talaba universitetdagi bakalavrlik dasturlaridan biriga qabul qilingan bo’lishi kerak. Bakalavrlik dasturlari bilan SHU YERDA tanishing.
  • SAT yoki ACT testlaridan birini topshirgan bo’lishi kerak.
  • 2019-yilning 15-yanvarigacha Iova shtat universitetining bakalavr dasturlaridan biriga qabul qilingan bo’lishi kerak.

Bakalavrlik dasturiga qabul qilinish uchun umumiy talablar quyidagilardan iborat:

  • Nomzod ingliz tilini bilishi kerak. Ingliz tili uchun minimum talablar quyidagicha: IELTS 6.0 (barcha qismlar 5.5 dan yuqori bo’lishi shart); TOEFL IBT 71 (Speaking va Writing natijalari 17 dan past bo’lmasligi kerak), TOEFL PBT 530 bo’lishi kerak.
  • Kamida 12 yil ta’lim olgan bo’lishi kerak (maktab va kollej/litseyda).
  • Kollej/litseydagi fanlarni o’zlashtirish darajasi 5 lik tizimda eng kami 3.7 bo’lishi kerak.
  • SAT yoki ACT testi bakalavrlik dasturlaridan biriga qabul qilinish uchun majburiy qilib belgilanmagan. Lekin ushbu testni topshirganlik nomzodning qabul qilinishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Talablar bilan batafsil SHU YERDA tanishing.

O’qishini Iova shtat universitetiga ko’chirib, grant qo’lga kiritishni xohlovchilar quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • Nomzod o’qigan fanlar Iova universitetiga o’qish tizimiga o’zgartirilganda 66 kreditdan oshib ketmasligi kerak.
  • Til bilish talablariga javob berishi kerak: IELTS 6.0 (barcha qismlar 5.5 dan yuqori bo’lishi shart); TOEFL IBT 71 (Speaking va Writing natijalari 17 dan past bo’lmasligi kerak), TOEFL PBT 530 bo’lishi kerak.
  • Hozirgacha o’tilgan fanlarni o’zlashtirish darajasi 4 lik tizimda 3 dan past bo’lmasligi kerak.
  • Nomzod quyidagi sohalardan birida yuqori natijalarga ega bo’lishi hamda yutuq;arga erishgan bo’lishi kerak: matematija va fan; turli san’at turlari; qo’shimcha mashg’ulotlar; ijtimoiy xizmatlar; tadbirkorlik liderlik; innovatsiya.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi. Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar grant uchun alohida hujjatlar topshirish talab etilmaydi. Bakalavr dasturlaridan biriga hujjat topshirgan va SAT yoki ACT testi natijalarini taqdim qilgan nomzodlar avtomatik tarzda ushbu grant nomzodi sifatida ko’rib chiqiladi. Grant bilan SHU YERDA batafsil tanishing.

O’qishni ko’chirmoqchi bo’lganlar esa onlayn tarzda quyidagi hujjatlarni topshirishi kerak:

  • Resume yoki CV.
  • Bitta tavsiyanoma.
  • 500 so’zdan oshmagan va nomzodni grantga loyiq ekanligini isbotlovchi insho.
  • SAT yoki ACT testi natijalari majburiy emas, lekin bo’lsa, nomzodga grant ajratilishi uchun ijobiy ta’sir qiladi. Insho va boshqa hujjatlar onlayn ariza to’ldirishda taqdim qilinadi.
  • Bunda nomzod  Undergraduate Application for Admission bo’limiga barcha so’ralgan hujjarlarni taqdim qilish orqali ariza topshirish kerak. Keyin grant uchun International Merit Scholarship Application Form arizani to’ldirish kerak.

Ushbu grant bilan SHU YERDA batafsil tanishing.

Eslatmalar

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!