×

Asian Development Bank (ADB)- Japan Scholarship Program (JSP): magistratura va doktarantur uchun to’liq grantlar


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

2589 marta

Asian Development Bank (ADB) /Japan Scholarship Program (JSP) Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi a’lochi va umidli yoshlarni moliyaviy qo’llab- quvvatlash maqsadida bir qator grantlar taklif etadi. Grantlar iqtisodiyot, menejment, aniq fanlar va texnika yo’nalishlari bo’yicha hamkor oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish uchun ajratiladi. Har yili bank tomonidan 150 ga yaqin grantlar ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktarantura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant dasturi g’olib bo’lgan talabani quyidagilar bilan ta’minlaydi:

  1. Kontrakt to’lovini 100 foiz qoplaydi;
  2. Turar joy va kundalik xarajatlar uchun stipendiya ajratadi;
  3. O’quv qurollari va kitoblar uchun mablag’ ajratadi;
  4. Tibbiy sug’urtalaydi;
  5. Safar harajatlarini to’laydi.

ADB-JSP grant dasturi bir o’quv yilida bir marta ajratiladi. Agar talaba o’qishda tirishqoqligi, intizomi bilan namuna bo’lib yuqori natijalarga erishsa, keyingi yillarga ham uzaytiriladi. Aks holda grant bekor qilinadi. Grant magistratura kurslari uchun uzog’i bilan 2 yil va doktarantura kurslari uchun 3 yilgacha beriladi.

Talablar:

  1. Nomzod ADB ro’yxatidagi davlat fuqarosi bo’lishi kerak (ro’yxatda O’zbekiston ham bor);
  2. Nomzod ADB bilan hamkor oliygohlardan biriga qabul qilingan bo’lishi kerak;
  3. Nomzod 35 yoshdan katta bo’lmasligi kerak;
  4. Nomzod kamida bakalavr darajasiga ega bo’lishi kerak;
  5. Nomzod a’lochi bo’lishi kerak;
  6. Nomzod o’qishni tugallagach ona yurtiga qaytib, uning rivojiga hissa qo’shishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda ishtirok etish uchun nomzoddan alohida hujjatlar talab etilmaydi. Quyidagilarni universitetga yuboriladigan hujjatlarga qo’shib yuborish yetarli:

  1. Ariza.
  2. Nomzodning daromadi haqida ma’lumotnoma (agar ishlasa).
  3. Nomzodning oilasi (ota-onasi)ning daromadi haqida ma’lumotnoma.

ADB-JSP dasturi dunyo bo’ylab ko’plab oliygohlar bilan hamkorlik qilganligi sababli universitetga kirish uchun talab qilinadigan hujjatlarning alohida ro’yxati mavjud emas. Bu ma’lumotni nomzod ADB-JSP bilan hamkor oliygohlar ro’yxatidan o’zi tanlagan universitetning rasmiy saytiga kirib topishi mumkin.

Grant dasturida ishtirok etish uchun nomzod ADB bilan hamkor oliygohga barcha kerakli hujjatlarni topshirishi zarur. Hujjatlarga qo’shimcha qilib ADB-JSP Scholarship ariza shakli ham to’ldirib jo’natilishi kerak. Shuningdek, nomzodning oxirgi daromadi haqida ma’lumotnoma (agar ishlasa) va uning oilasi (ota- onasi)ning daromadi haqidagi ma’lumotnoma ham talab etiladi.

Grant dasturi uchun saralash faqatgina hamkor universitetlardan biriga qabul qilingan va ADB-JSP dasturiga ariza topshirgan talabalar o’rtasida bo’ladi. Qarorni ADB-JSP hay’ati va universitet va’killari birgalikda qabul qilishadi. Nomzodning universitetga qabul qilingani unga grant ajratilganligini anglatmaydi.

Nomzod barcha hujjatlarda keltirilgan ma’lumotlarning to’g’riligiga ishonch hosil qilishi kerak. Aks holda ariza qabul qilinmasligi yoki grant bekor qilinishi mumkin.

Nomzodlarga o’zlari o’qishni rejalashtirayotgan vaqtdan (spring/fall semestr) kamida 6 oy avval grant uchun ariza topshirishlari tavsiya etiladi.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni savol- javoblardan olishungiz mumkin.

Murojaat uchun

ADB–Japan Scholarship Program
Office of Cofinancing Operations,
Asian Development Bank
Tel: +632 636 2444
Fax: +632 636 2456

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!