×

Asian Development Bank: Young Professionals Program dasturi (ish va amaliyot)


Grant

MUHLAT

31.03.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Afg'oniston

O'QILGAN

6912 marta

Asian Development Bank’ning «Young Professionals Program» dasturi yoshlarni 3 yillik haq to’lanadigan amaliyot (ish) ga taklif etadi. Bunda nomzod 3 yil davomida ADBning ofislari va joylardagi filiallaridan birida faoliyat yuritadi. Keyinchalik ADBda doimiy xodim sifatida qolish mumkin.

Grant kimlar uchun?

Iqtisod, Moliya, Biznes boshqaruvi, muhandislik, atrof-muhit, huquq, ijtimoiy fanlar, ommaviy siyosat va ADB'da mavjud boshqa sohalarga oid kamida bakalavrlik diplomiga ega bo'lganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

ADB nomzodlarni ishlaydigan hududidan kelib chiqiqb, yaxshi oylik maosh va turli iqtisodiy to’lovlar bilan ta’minlaydi. Nomzodning oyligi uning tajribasi va salohiyatidan kelib chiqib belgilanadi. Odatda oylik yiliga 80 ming dollardan 97 ming dollargacha belgilanadi.

Talablar:

  • Nomzod iqtisod, Moliya, Biznes boshqaruvi, muhandislik, atrof-muhit, huquq, ijtimoiy fanlar, ommaviy siyosat va ADB’da mavjud boshqa sohalarga oid kamida bakalavrlik diplomiga ega bo’lishi kerak;
  • Quyidagi sohalardan birida kamida 2 yillik tajribaga ega bo’lishi kerak: macro or development economics, climate change, commercial/investment banking or corporate investment, education, energy, environment, financial sector, public health, public-private partnership, rural development, transport, urban planning, water operations, and agriculture and natural resources.
  • Nomzod ADBga a’zo davlatlardan birining fuqarosi bo’lishi kerak (O’zbekiston a’zo. To’liq ro’yxat SHU YERDA (https://www.adb.org/about/members))
  • Nomzodning yozma va og’zaki ingliz tilisi yaxshi bo’lishi hamda bu tilda qiyinchiliksiz muloqot qila olishi kerak.
  • Turli millatlar va turli madaniy kelib chiqishga ega bo’lganlar bilan bemalol ishlay olishi kerak;
  • ADBda ishlaydigan qarindoshi bo’lmasligi kerak;
  • ADBda faoliyat boshlayotganda 32 yoshdan oshmagan bo’lishi kerak;
  • Xalqaro tajribaga ega bo’lganlik nomzodga qo’shimcha imtiyoz berishi mumkin.

ADB da ishlovchi xodimlarning raqobatbardoshliligini belgilashda hisobga olinadigan jihatlar bilan SHU YERDA (https://www.adb.org/sites/default/files/page/42368/adb-international-staff-levels-1-4.pdf) batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar onlayn tarzda topshiriladi.

Grant e'lon qilgan tashkilot:

Asian Development Bank

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!