×

Asian Future Leaders Scholarship Program: Magistratura uchun to’liq grant, bepul turar joy va oylik 860 AQSh dollari stipendiya!


Grant

MUHLAT

31.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

4776 marta

Xitoyning Xanchjou hududida joylashgan Chjeszyan universiteti (The International College of Zhejiang University (ZJU) navbatdagi Asian Future Leaders Scholarship Program (AFLSP) grant dasturiga arizalar qabul qilish boshladi. Ushbu stipendiya dasturi ikki yilga moʻljallangan boʻlib, Osiyolik magistraturada o’qishni xohlovchi yoshlar uchun uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi.

Nomzod universitetda mavjud istalgan sohani tanlashi mumkin, lekin arizalarni qabul qilishda quyidagi yoʻnalishlarga ko’proq e’tibor qaratiladi:

  • Ijtimoiy aloqalar;
  • Iqtisodiyot;
  • Menejment;
  • Ommaviy axborot vositalari va xalqaro madaniyat;
  • Gumanitar fanlar;
  • Xalqaro tadqiqotlar va taʼlim.

Dars mashg’ulotlari talabaning tanloviga qarab ingliz yoki xitoy tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qo’lga kiritgan talabalarga esa quyidagi imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  1. Talabaning oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
  2. Kampusda bepul turar joy bilan ta’minlanadi.
  3. Ikki yilgacha (bir yilda oʻn oy) 6000 CNY (taxminan 862 ASh dollari) miqdordagi oylik stipendiya beriladi.
  4. Talabaning tibbiy sugʻurta harajatlari qoplab beriladi (Mos keluvchi tibbiy sugʻurta haqida maʼlumot: SHU YERDA).

*Eslatma: Stipendiya oʻqish muddatidan qatʼi nazar, faqat ikki yilga ajratiladi.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Osiyo davlatlaridan birining (Xitoy Xalq Respublikasidan tashqari) fuqarosi boʻlishi;
  2. Sog’lom boʻlishi;
  3. Bakalavr darajasiga ega (yoki bitiruvchi) va 35 yoshgacha (1983-yilning 30-aprelidan keyin tugʻilgan) boʻlishi;
  4. Yuqori natijalarga ega, adolatli, kirishimli, tolerant, masʼuliyatli va maqsadga intiluvchi boʻlishi;
  5. AFLSP dasturining vazifasi va maqsadini qadrlashi;
  6. Dasturga qabul qilingan nomzod ZJU kunduzgi boʻlimlaridan biriga talaba sifatida qabul qilinishi va universitet tomonidan tashkil etilgan turli tadbirlarda faol ishtirok etishi;
  7. Bai Xian Asia Institute tomonidan talabalar uchun taqdim etilgan a student commitment letterni imzolashi lozim.

Til bilish darajasiga qoʻyiladigan talablar:

  • Xitoy adabiyoti, tarixi, falsafasi, taʼlimi va huquqi dasturlari boʻyicha hujjat topshiruvchi nomzod HSK 4 darajasining kamida 210 ball yoki HSK 5 va undan yuqori; boshqa xitoy tilida oʻqitiladigan dasturlar uchun HSK4 kamida 190 ball yoki HSK5 va undan yuqori boʻlishi kerak; TOEFL, IELTS sertifikati sohiblariga birinchi navbatda eʼtibor qaratiladi.
  • Ona tilisi ingliz tili boʻlmagan nomzodlar uchun TOEFL iBT 90 ball, IELTS 6.5 (yoki undan yuqori) boʻlishi talab etiladi.

Nomzodlar baholari, til bilish darajalari, motivatsion xatlar, akademik kelib chiqishlari kabi meʻzonlarga asosan saralanadi. Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar pochta orqali ogohlantiriladilar.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 31-martga qadar qabul qilinadi.

Eslatma: 2019-yilning 26-yanvaridan 21-fevraligacha boʻlgan qishki tanaffus muddatida arizalar koʻrib chiqilmaydi.

Hujjatlarni topshirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

  1. Nomzodlar Talabalar uchun Xalqaro onlayn-ariza tizimi orqali ZJUga qabul uchun arizani toʻldirib, joʻnatishlari, keyin qogʻoz shaklda chop etib, imzo qoʻyishlari kerak. Izoh: dasturga kirgandan keyin “Magistrlik dasturi”ni belgilang. Tizimga kirish: SHU YERDA;
  2. Stipendiya dasturi portaliga kirish uchun Talabalar uchun Xalqaro onlayn-ariza tizimida koʻrsatgan login va parolingizdan foydalaning. Portalga kirganingizdan keyin sahifaning pastki chap tomonidagi «Asian Future Leaders Scholarship Program (AFLSP) ga ariza berish»ni bosing. Ariza shaklini toʻldirib, joʻnating (submit) va qogʻoz shaklini chop etib, imzo qoʻying. Portal: SHU YERDA;
  3. Nomzodlar quyidagi hujjatlarni qatʼiy belgilangan ketma-ketlikda va koʻrsatilgan muddatda The International College of Zhejiang University  (ZJU) Qabul Komissiyasiga taqdim etishlari yoki joʻnatishlari kerak:
  • ZJUga qabul uchun ariza (yaqinda olingan fotosurat bilan);
  • Asian Future Leaders Scholarship olish uchun ariza (yaqinda olingan fotosurat bilan);
  • Pasport nusxasi;
  • Student commitment letter. Yuklab olish: SHU YERDA;
  • Ilmiy daraja sertifikati (bakalavr diplomi) yoki uning notarial tasdiqlangan nusxasi tarjima qilingan holda. Agar bitiruvchi universitetni tamomlamagan boʻlsa, talabalikni tasdiqlovchi hujjat. Xitoy yoki ingliz tilida boʻlmagan hujjatni ushbu tillardan biriga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi;
  • Xitoy yoki ingliz tilida boʻlmagan hujjatni ushbu tillardan biriga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi;
  • Til sertifikati nusxasi. Xitoy tili dasturlariga nomzod HSK va IELTS/TOEFL (agar mavjud boʻlsa) sertifikati nusxalarini, ingliz tili dasturlariga nomzod IELTS/TOEFL sertifikati nusxasini topshiradi (ingliz tili ona tilisi boʻlgan nomzodlardan talab etilmaydi);
  • Personal Statement. Ingliz tilida va oʻqish, ish tajribasi, tadqiqot va stipendiya dasturiga ariza berish sabablarini qamrab olishi kerak. 1000 ta soʻzdan oshmagan hajmda boʻlishi lozim;
  • Professor yoki dotsent tomonidan berilgan ikkita tavsiyanoma. Tavsiyanomalar xitoy yoki ingliz tilida hamda professor/dotsentning imzosi, bogʻlanish uchun telefon raqami va elektron pochta manzili koʻrsatilgan holda boʻlishi kerak;
  • Ilmiy maqolalar va erishilgan yutuqlar (agar foydali boʻlsa);
  • Anketa qabul qilish uchun pul oʻtkazmasi (800 yuan, taxminan 14 AQSH dollari). Bank hisob raqami: SHU YERDA;
  • ZJU professori tomonidan chet ellik talabani taxminiy qabul qilish shakli (agar mavjud boʻlsa). Shaklni yuklab olish: SHU YERDA.

Hujjatlar jildi (papkasi) “Asian Future Leaders Scholarship” deb nomlanishi shart. Toʻliq boʻlmagan va elektron pochta orqali joʻnatilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi.

Hujjatlar quyidagi manzilga yuboriladi: International College Building, Yuquan Campus, Zhejiang University, Hangzhou, China, 3504-xona; Pochta indeksi: 310027; Telefon: 0086 571 87951456.

*Barcha hujjatlar ingliz yoki xitoy tilida boʻlishi zarur, bu tillarda yozilmagan hujjatlarni esa shu tillardan biriga tarjima qilish lozim. Shuningdek, dasturga taqdim etilgan hujjatlar qaytarilmaydi.

Oʻz vaqtida universitetdan roʻyxatdan oʻtmagan, tibbiy koʻrikdan oʻtmagan, oʻrnatilgan tartib-qoidalarga amal qilmagan talabalar uchun stipendiya berilmaydi. Toʻliq maʼlumot: SHU YERDA.

Bogʻlanish uchun: Ms. Xu, AFLSP koordinatori, International College, Zhejiang University;
Elektron pochta: joicexmj@zju.edu.cn;
Telefon: 0086 571 87951456
Faks: 0086 571 87951755
Rasmiy sayt: http://iczu.zju.edu.cn/english/.

Qoʻshimcha maʼlumotlar bilan Bai Xian Asia Institute rasmiy sayti yoki International College, Zhejiang University rasmiy saytida tanishish mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!