×

Asian Institute of Technology: Dengizning plastik chiqindilardan ifloslanishini kamaytirish boʻyicha magistrlik dasturi uchun toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

30.06.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Tailand

O'QILGAN

1098 marta

Yaponiya hukumati Taylandda joylashgan Osiyo texnologiya institutidagi (AIT)  Marine Plastic Abatement (Dengizning plastik chiqindilardan ifloslanishini kamaytirish) magistrlik dasturida oʻqishni xohlovchilarga toʻliq grant taklif etmoqda. Ushbu magistrlik dasturining tadqiqot sohalari bilan BU YERDA tanishing.

Mazkur magistrlik dasturi okeandagi plastik chiqindilar muammosiga qarshi texnologiyalar va aqlli boshqaruvi amaliyotlari orqali kurashish uchun Osiyolik atrof-muhit yetakchilarining yangi avlodini tarbiyalashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan.

Grant kimlar uchun?

Masgitraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • Oʻqish puli (tuition fee) va roʻyxatdan oʻtish haqi toʻliq qoplab beriladi.
  • Oylik stipendiya va turar joy uchun mablagʻ beriladi.
  • Tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.
  • Vizani yangilash xarajati qoplanadi.
  • Tadqiqot olib borish uchun mablagʻ ajratiladi.
  • Taylandga borish va vatanga qaytish  uchun aviachipta bilan taʼminlanadi.

Talablar:

Grantni qoʻlga kiritish uchun nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi lozim:

  • Nomzod rivojlanayotgan davlatlardan birining fuqarosi boʻlishi kerak (Oʻzbekiston shunday davlatlar sirasiga kiradi).
  • Marine Plastic Abatement magistrlik dasturining qabul talablariga mos boʻlishi lozim.
  • 4 yillik taʼlim asosida olingan bakalavrlik darajasiga ega boʻlishi kerak (bakalavriatning oxirgi kurs talabalari ham topshira oladi).
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak: kamida IELTS 6 yoki shunga teng boshqa xalqaro til sertifikati talab etiladi.
  • Nomzod Marine Plastic Abatement magistrlik dasturiga hujjat sopshirishi kerak (dastur 1 yillik).

Magistrlik dasturiga qabul qilinganlarning barchasiga grant ajratiladi va saralash jarayonida qabul qilinadigan talabalarning turli mamlakatlardan boʻlishiga ahamiyat beriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2021-yilning 30-iyuniga qadar onlayn tarzda BU YERDA qabul qilinadi.

Qabul jarayonida talab etiladigan asosiy hujjatlar quyidagilardir:

  • Bakalavrlik diplomi (oxirgi kurs talabalari qabul qilingach, oʻqishni boshlashdan oldin topshirishlari mumkin).
  • Bakalavriatdagi baholar.
  • Til sertifikati (IELTS 6 yoki shunga teng daraja).

Shuningdek, onlayn arizada soʻralgan boshqa maʼlumotlar va hujjatlar ham taqdim qilinishi kerak. Hujjatlar ingliz tilida boʻlishi lozim.

Magistrlik dasturi yoki grant haqidagi savollar yuzasidan admissions@ait.ac.th elektron pochtasiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!