×

Jurnalistlik bo’yicha hamkorlik dasturi: barcha xarajatlar qoplanadi


Grant

MUHLAT

15.10.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1626 marta

AQShning Vashington shahrida Aspen Institute ta’lim va siyosiy tadqiqot tashkiloti bo’lib, hozirda shu tashkilot tomonidan rivojlanish mutaxassislari (development professionals) uchun tashkillashtirilgan hamkorlik dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu dastur mediya, aloqa va yetakchilik imkoniyatlarini rivojlantirish maqsadida tashkillashtirilgan va bir yilga mo’ljallangan. Dastur davomida qatnashchilar dunyoning barcha hududlaridan bo’lgan o’quvchilar uchun o’z bilim va tajribalaridan kelib chiqqan holda media materiallari tayyorlashlari kerak bo’ladi. Dasturga 25 nafar qatnashchi qabul qilinishi rejalashtirilgan, ulardan 15 nafari oziq-ovqat xavfsizligi, xalqaro salomatlik, rivojlanish iqtisodiyoti, salomatlik va inson huquqlari hamda iqlim o’zgarishi sohalari mutaxassisi bo’lishlari, 10 nafari esa jinsiy va reporoduktiv salomatlik bo’yicha mutaxassis bo’lishlari zarur.

Grant kimlar uchun?

Maxsus soha mutaxassislari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur davomida qatnashchilar xizmat safarlarida bo’lishlari kutiladi, tashkilotchilar esa barcha safar xarajatlari va xizmat davomida to’lanishi kerak bo’lgan barcha to’lovlarni to’lab berishadi.

Talablar:

Dastur yosh mutaxassislar uchun mo’ljallangan bo’lib, unda qatnashayotgan mutaxassislar o’z sohalari bo’yicha yetarlicha tajribaga va yutuqlarga ega bo’lishlari zarur. Dasturda qatnashish nomzoddan to’liq stavkada ishlash yoki dastur uchun maxsus biror joyga ko’chib o’tishni talab qilmaydi, lekin nomzodlar dasturga qabul qilingach material tayyorlash, mahalliy va xalqaro nashrlar bilan intervyularda qatnashish va turli konferensiyalarda ishtirok etish uchun ancha vaqt sarflashlari kerak bo’ladi. Dastur qatnashchilari jurnalistlikka yaqin vazifalarni bajarishsa ham, ularni dasturga jalb qilishdan maqsad ularning ko’rsatilgan sohalardagi muhim bilimlaridan foydalanish, shuning uchun qatnashilar yuqorida sanab o’tilgan sohalar mutaxassislari bo’lishi shart. Jurnalistlar, PR mutaxassislari  yoki yozuvchilar dasturga qabul qilinmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzod tomonidan hujjat topshirish jarayoni ilk saralashdan keyin boshlanadi. Agar dasturga qatnashmoqchi bo’lsangiz, oldin sizni biladigan biror ilmiy rahbar yoki o’qituvchi sizni dastur uchun tavsiya qilishi zarur. Nomzodingiz ko’rib chiqilgach, sizdan ariza topshirish so’raladi. Bunda siz ikkita insho ham taqdim etishingiz kerak bo’ladi. Bu bosqichdan ham muvaffaqqiyatli o’tgan nomzodlar suhbatdan o’tkazilib, suhbatdan eng yaxshi o’tgan nomzodlar ichidan dastur uchun qatnashchilar tanlab olinadi. Shuning uchun, hujjat topshirishning ilk bosqichi hisoblangan nomzod qo’yish jarayonidan birinchi o’tilmaguncha keyingi ma’lumotlar taqdim etilmaydi.

Sizni dastur uchun tavsiya etishi kerak bo’lgan shaxs bu yerdagi maxsus arizani to’ldirishi zarur. Bunda tavsiyachining ham, nomzodning ham shaxsiy ma’lumotlari so’raladi. Ariza formasini to’ldirish jarayonida tavsiya qiluvchi nomzodni qayerdan tanishi, uni nima uchun tavsiya qilayotgani va nomzodning erishgan yutuqlari haqida ham yozishi kerak bo’ladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!