×

Atlas Shrugged Essay Contest: Mukofot jamgʻarmasi 40 ming dollar boʻlgan insholar tanlovi!


Grant

MUHLAT

01.08.2025

QOLGAN VAQT

51 kun

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

12269 marta

The Ayn Rand Institute oliygohi mashhur yozuvchi – Ayn Rend asari asosida tashkil etiladigan Atlas Shrugged Essay Contest insholar tanloviga arizalar qabul qilmoqda. Tanlovda oʻrta taʼlim muassasasidagi 9-sinf oʻquvchilari, bakalavriat va undan keyingi bosqichlar talabalari ishtirok etishlari mumkin. Qatnashchilar yozuvchining “Atlas Shrugged” asari asosida tuzilgan 3 ta insho savollarining har biriga javob tariqasida insho yozishlari zarur. Mavzular onlayn ariza to’ldirish vaqtida ko’rsatiladi.

Bu asarni oldin o’qimagan, ammo tanlovda ishtirok etish niyatidagi nomzodlar kitobni tashkilotning oʻzidan olishi mumkin. Bu uchun BU YERDAGI soʻrov shaklini toʻldiring. (Kitobni BU YERDAN ham bepul yuklab olishingiz mumkin).

Tanlovda qatnashish mutlaqo bepul.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichi va undan keyingi bosqichlar talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovning umumiy mukofot jamg’armasi 40000 AQSh dollarini tashkil etadi.

Atlas Shrugged tanlovi yilda 3 marta o’tkaziladi va har bir mavsumda arizalar 3 oy davomida qabul qilinadi.

Har bir mavsumda gʻoliblar quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-oʻrin uchun 3000 AQSh dollari;
  • 2-oʻrin uchun 2000 AQSh dollari;
  • 3-oʻrin uchun 1000 AQSh dollari.

Yil yakunida shu 3 ta mavsumda 1-o’rinni qo’lga kiritgan qatnashchilar o’rtasida 22000 AQSh dollari miqdoridagi bosh mukofot uchun tanlov o’tkaziladi.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • Tanlovda maktabning 9, 10, 11-sinf o’quvchilari, kollej va litsey o’quvchilari hamda oliy ta’lim muassasalarining barcha bosqichlari talabalari ishtirok etishi mumkin.
  • Insholar ingliz tilida yozilishi kerak.
  • Ishtirokchi onlayn arizada keltirilgan 3 ta savol (insho mavzulari) uchun belgilangan so’z miqdori chegarasidan chiqmagan holda insho yozishi zarur. Insho mavzulari va hajmiga talablar onlayn ro’yxatdan o’tgandan keyingina ko’rsatiladi.
  • Insholar ishtirokchining o’zi tomonidan yozilgan bo’lishi kerak. Plagiarizm nomzodning tanlovdan chetlatilishiga olib keladi.
  • Bitta ishtirokchi yil davomida o’tkaziladigan 3 mavsumning har birida ishtirok etish huquqiga ega – bir yilda faqat 1 marta ishtirok etish chegarasi mavjud emas. Lekin bitta ishtirokchi bir mavsumda faqat bitta ariza topshirishi mumkin.
  • Insholar javoblarning aniqligi, tuzilishi, asarni tushunganlik hamda berilgan mavzuni yoritish darajasi bo’yicha baholanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovning yozgi mavsumida ishtirok etish oxirgi muddat – 2025-yil 1-avgust. Onlayn ariza topshirish uchun bu yerga kirib, “Get started” tugmasini bosing.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin tanlov haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Murojaat uchun:

E-mail: essays@aynrand.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!