×

Atlas Shrugged Essay Contest: Bosh mukofoti 10 000 dollar bo’lgan insholar tanlovi; sovrinli oʻrinlar 84 ta!


Grant

MUHLAT

06.11.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

11931 marta

The Ayn Rand Institute oliygohi mashhur yozuvchi – Ayn Rend asari asosida tashkil etiladigan Atlas Shrugged Essay Contest insholar tanloviga arizalar qabul qilmoqda. Tanlovda oʻrta taʼlim muassasasidagi 12-sinf (tashkilotchilar ruxsati bilan 11-sinf) oʻquvchilari, bakalavriat va undan keyingi bosqichlar talabalari ishtirok etishlari mumkin. Qatnashchilar yozuvchining “Atlas Shrugged (Atlas qad rostladi)” romani asosidagi 3 ta mavzudan biri bo’yicha esse yozishlari zarur. Mavzularni BU YERDAN topasiz.

Bu asarni oldin o’qimagan, ammo tanlovda ishtirok etish niyatidagi nomzodlar kitobni tashkilotning oʻzidan olishi mumkin. Bu uchun BU YERDAGI soʻrov shaklini toʻldiring. (Kitobni BU YERDAN ham bepul yuklab olishingiz mumkin).

Tanlovda qatnashish mutlaqo bepul.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichi va undan keyingi bosqichlar talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov sovrindorlari quyidagicha taqdirlanadi:

  • Birinchi o’rin – 10 000 AQSH dollari.
  • Ikkinchi o’rin (3 ta) – 2500 AQSH dollari.
  • Uchunchi o’rin (5 ta) – 500 AQSH dollari.
  • Finalistlar (25 ta) – 100 AQSH dollari.
  • Yarim finalga chiqqanlar (50 ta) – 50 AQSH dollari.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  1. Tanlov butun dunyo yoshlari uchun ochiq.
  2. Nomzod oʻrta taʼlim yoki oʻrta maxsus taʼlim muassasasida 12-sinfda tahsil olayotgan boʻlishi yoxud bakalavriat yoki undan keyingi bosqichlardan birida talaba boʻlishi kerak. Biroq oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim 11 yillik boʻlgan davlatlardan boʻlgan 11-sinf oʻquvchilari uchun ham tanlovda qatnashishga ruxsat etilishi mumkin (buni tanlov tashkilotchilari hal qiladi; agar maktabning 11-sinfida yoki kollej/litseyning oxirgi kursida oʻqiyotgan boʻlsangiz va bu tanlovda qatnashmoqchi boʻlsangiz, vaziyatni tushuntirib tashkilotchilarga email yozishingiz hamda qatnashishim mumkinmi deb soʻrashingiz mumkin).
  3. Har bir nomzod tanlovga bir yilda faqat bir marta ariza berishi mumkin.
  4. Esselar kamida 800, koʻpi bilan 1600 soʻzli boʻlishi, ingliz tilida yozilgan bo’lishi zarur (2 interval oraliqda yoziladi).
  5. Insholar ishtirokchining o’zi tomonidan yozilgan bo’lishi kerak. Plagiarizm nomzodning tanlovdan chetlatilishiga olib keladi.
  6. Insholar muallif o’z fikrini asoslay olishi, boshqalarni bunga ishontira olishiga qarab baholanadi.
  7. Ijodiy ishlar aniq, mantiqiy tartibda yozilgan bo’lishi kerak.
  8. Esselarda muallif Atlas Shrugged asarining falsafiy ma’nosini yaxshi tushunishini ko’rsatib bera olishi kerak.

Tanlov talablari va shartlari bilan BU YERDA batafsil tanishib chiqing.

Dasturga qabul jarayoni:

Insholar tanlovda ishtirok etish uchun nomzod esseni 2023-yil 6-noyabrgacha onlayn ariza orqali Ayn Rand Instituteʼga yuborishi zarur. Onlayn portal orqali inshoni topshirishda muammoga duch kelsangiz, essays@aynrand.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin. Natijalar 2023-yil fevralda e’lon qilinadi.

Tanlovga taqdim etilgan esselar ARI mulki hisoblanib, muallifga qaytarilmaydi. Talabga javob bermaydigan hajmdagi va ko’chirilgan (plagiat) ishlar tanlovdan chetlatiladi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin tanlov haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Murojaat uchun:

E-mail: essays@aynrand.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!